• MUSTAQIL ISHI
  • Zamonaviy elektrotexnika qurilmalarini tavsifi Zamonaviy elektrotexnika qurilmalarini tarixi
  • Mustaqil ishi bajardi: Botirov Salimbek Qabul qildi: Navoiy- 2021 Mavzu: Zamonaviy elektrotexnika qurilmalarini tavsifi, tarixi va rivojlanish kelajagi. Reja




    Download 27,15 Kb.
    Sana13.05.2024
    Hajmi27,15 Kb.
    #229031
    Bog'liq
    Mustaqil ishi bajardi Botirov Salimbek Qabul qildi Navoiy- 202-www.hozir.org


    Mustaqil ishi bajardi: Botirov Salimbek Qabul qildi: Navoiy- 2021 Mavzu: Zamonaviy elektrotexnika qurilmalarini tavsifi, tarixi va rivojlanish kelajagi. Reja

    Navoiy Kon - Metallurgiya Kombinati

    Navoiy Davlat Konchilik Instituti

    Energo-mexanika fakulteti

    7S"A"-19 TJA guruh

    Elektrotexnika fanidan

    MUSTAQIL ISHI

    Bajardi:Botirov Salimbek

    Qabul qildi: ___________________
    Navoiy- 2021

    Mavzu: Zamonaviy elektrotexnika qurilmalarini tavsifi, tarixi

    va rivojlanish kelajagi.

    Reja:


    1. Zamonaviy elektrotexnika qurilmalarini tavsifi


    2. Zamonaviy elektrotexnika qurilmalarini tarixi


    3. Zamonaviy elektrotexnika qurilmalarini rivojlanish kelajagi


    4. Xulosa

    Elektronika — fan va texnika sohasi bo'lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar hamda asboblar yaratish usullarini o‘rganish, ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Elektronika elektromagnit maydon nazariyasi, kvant mexanikasi, qattiq jism tuzilishi nazariyasi va elektr o'tkazuvchanlik hodisalari kabi fizikbiiimlargaasoslanadi. Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, hozirgi kungacha to‘rt bosqichni bosib o‘tdi. Birinchi bosqich asboblari: rezistorlar, induktivlik g'altaklari, magnitlar, kondensatorlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga o‘xshash) passiv elementlardan iborat edi.
    Ikkinchi bosqich Li de Forest tomoniaan 1906-yilda triod lampasining ixtiro qilinishidan boshlandi. Triod elektr signallami o'zgartiruvchi va eng muhimi, quvvat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob boidi. Elektron lampalar yordamida kuchsiz signallami kuchaytirish imkoniyati hisobiga radio, telefon so‘zlashuvlarni, keyinchalik esa, tasvirlarni ham uzoq masofalarga uzatish imkoniyati (televideniye) paydo bo‘ldi. Bu davrning elektron asboblari passiv elementlar bilan birga aktiv elementlar — elektron lampalardan iborat edi. Uchinchi bosqich Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan 1948-yilda elektronikaning asosiy aktiv elementi bo'lgan bipolyar tranzistorning ixtiro etilishi bilan boshlandi. Bu ixtiroga Nobel mukofoti berildi. Tranzistor elektron lampaning barcha vazifalarini bajarishi bilan birga uning: past ishonchlilik, ko‘p energiya sarflash, katta o ‘lchamlari kabi asosiy kamchiliklaridan xoli edi. Tolrtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida elektron qurilma hamda tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataldi.
    Mikroelektronika — fizik, konstruktiv-texnologik va sxemotexnik usullardan foydalanib yangi turdagi elektron asboblar - IMSlar va ularning qo'llanish prinsiplarini ishlab chiqish yo‘lida izlanishlar olib borayotgan elektronikaning bir yo‘nalishidir. Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining rivojlanish darajasi tom ma’noda mikroelektronika va nanoelektronika mahsulotlarining ularda qo'llanilish darajasiga bog‘liq Birinchi IMSlar 1958-yilda yaratildi. IMSlaming hajmi ixcham, og‘irligi kam, energiya sarii kichik, ishonchliligi yuqori bo'lib, hozirgi kunda uch konstruktiv-texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, yarimo'tkazgichli va gibrid. 1965-yildan buyon mikroelektronikaning rivoji
    G. Murqonuniga muvofiq bormoqda, ya’ni har ikki yilda zamonaviy IMSlardagi elementlar soni ikki marta ortmoqda. Hozirgi kunda elementlar soni 104-10° ta bo'lgan o'ta yuqori (O'YU IS) va giga yuqori (GYU IS) IMSlar ishlab chiqarilmoqda.
    Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish davri mobaynida IMSlarning keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya qiluvchi mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element bazaning imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo'lish muhim. Integral mikroelektronika rivojining fizik chegaralari mavjudligi sababli, hozirgi kunda an’anaviy mikroelektronika bilan birqatorda elektronikaning yangi yo'nalishi — nanoelektronika jadal rivojlanmoqda. Nanoelektronika o'lchamlari 0,1 dan 100 nm gacha bo'lgan yarimo'tkazgich tuzilmalar elektronikasi bo'lib, mikroelektronikaning mikrominiatyurlash yo'lidagi mantiqiy davomi hisoblanadi. U qattiq jism fizikasi, kvant elektronikasi, fizikaviy-kimyo va yarimo'tkazgichlar elektronikasining so'nggi yutuqlari negizidagi qattiq jismli texnologiyaning bir qismini tashkil etadi. So'nggi yillarda nanoelektronikada muhim amaliy natijalarga erishildi, ya’ni zamonaviy telekommunikatsiya va axborot tizimlarning negiz elementlarini tashkil etuvchi: geterotuzilmalar asosida yuqori samaradorlikka ega lazerlar va nurlanuvchi diodlar yaratildi; fotoqabulqilgichlar, o'ta yuqori chastotali tranzistorlar, birelektronli tranzistorlar, turli xil sensorlar hamda boshqalar yaratildi. Nanoelektron O'YIS va GYIS mikroprotsessorlarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Shvetsiya Qirolligi fanlar akademiyasi ilmiy ishlarida tezkor tranzistorlar, lazerlar, integral mikrosxemalar (chiplar) va boshqalami ishlab chiqish bilan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asos solgan olimlar: J.I. Alferov, G. Kremer, Dj.S. Kilbini Nobel mukofoti bilan taqdirladi. Integral mikroelektronika va nanoelektronika bilan bir vaqtda funksional elektronika rivojlanmoqda. Elektronikaning bu yo'nalishi an’anaviy elementlar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar va kondensatorlar)dan voz kechish va qattiq jismdagi turli fizik hodisa (optik, magnit, akustik va h.k.)lardan foydalanish bilan bog'liq. Funksional elektronika asboblariga akustoelektron, magnitoelektron, kriogen asboblar va boshqalar kiradi.
    Hozirgi zamon elektro energetikasi — mamlakatning yetakchi sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlabchiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni o'ynaydi. Inson o'z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan foydalanadi. Elektr energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib turadi:
    a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug'lik, atom) energiya turlaridan olinishi nihoyatda sodda;
    b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsiyenti (FIK) bilan uzatish va yuklamalarga oson taqsimlash mumkin;
    v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin;
    g) turli quvvatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash mumkin;
    d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga o'zgartirish sodda;
    e) signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon, telegrafiya, radioaloqa).
    Elektr energiyaning bu xususiyatlari qisqa tarixiy muddatda nafaqat elektro-energetikaning asosiy masalalarini, balki noelektr texnikalarni yangi sifat darajaga ko’tarishga imkon berdi. Elektrotexnika fanining zamirida elektrotexnik, radiotexnik, elektro-mexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan hisoblash texnikasi tez sur'atlar bilan rivojlandi, Elektro-texnikaning yuzaga kelishi o'zgarmas tok manbaining yaratilishi va elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar bilan bog'liq. Qadim o'tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya tog' rudalarining parchalari temir jismlami tortish xususiyatini payqadilar va bu hodisani magnetizm deb atadilar.
    Miletlik Fales eramizdan avvalgi VIII—VII asrlardanoq qahrabo ishqalanish natijasida elektrlanishi va unda elektr maydon paydo bo'lishini .ta’kidlagan. Elektr va magnit hodisalar qadim dunyodan ma'lum, lekin bu hodisalar to'g'risidagi fan 1600 yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magnit hodisalar to'g'risida tadqiqotlarini e'lon qilgandan keyin boshlandi. Elektr to'g'risidagi fanni rivojlanish bosqichida elektr hodisalarning tabiatini o'rganishga bag’ishlangan M.V. Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, Sh. Kulonlaming amaliy tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Elektr va magnit hodisalarni o’zaro bog'langanligini rus olimi F. Epinus 1758 yilda o'z ma'ruzasida aytib o'tgan. 1785 yilda fransuz olimi Sh.Kulon o'z nomi bilan atalgan qonunni kashf etdi. U elektr maydoni kuchlanganligi tushunchasini kiritdi. Elektr zanjir tushunchasi 1794 yilda A. Volta tomonidan kiritilgan.
    Volt ustuni esa 1800 yilda yeiratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov 1802 yilda elektroximiya bo'yicha birinchi tadqiqotlarini o ’tkazgari va u elektroximiy
    1889 yil rus injeneri M.O. Dolivo — Dobrovol skiy elektr energiyaning uch fazali tizimi qismlari (generator, transformator)ni ishlab chiqqan va kuchlanishi 15 kV, quwati 150 kVA bo’lgan elektr energiyani 175 km masofaga uzatishni amalga osliirgan. 1872 yilda rus olimi A. Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan. Dunyoda birinchi bo'lib A. Popov radio aloqani amalga oshirgan, 1887 — 8 8 yillarda nemis olimi G. Gers elektromagnit to'lqinlami mavjudligini eksprimental ravishda isbot etdi. Relyativistik elektrodinamikaning rivojlanishi 1905— 1908 yillarda G. Lorens va G. Minkovskilarning izlanishlari bilan bog'liq. O’ta o’tkazuvchanlik hodisasi nemis olimi G. Kamerling Onessom tomonidan 1911 yilda kashf etilgan. "Elektrotexnikaning nazariy asoslari" faniga bevosita aloqasi bo'lgan matematik va umumnazariy ishlar to'g'risida quyidagi ma'lumotlami berish mumkin. Fransuz matematigi J.Dalamber, Peterburg fanlar akademiyasi akademiklari L. Eyler va D. Bemullilar bilan birgalikda to’lqin tenglamalari nazariyasini hamda matematik fizika asoslarini yaratishdi. Laplasning to'g'ri o'zgartirish formulasi 1782 yilda taklif etilgan. Hajm integralini sirt integraliga o'zgartirish formulasini M.V. Ostrogradskiy 1828 yilda bergan.
    Differensial tenglamalami operator usulida integrallashni rus matematigi M. Vashenko — Zaxarchenko taklif etgan. O'rama (svertka) teoremasi birinchi bor P.L. Chebishev tomonidan 1867 yil, Dyuamel integrali esa 1883 yil berilgan. Ma'lum harakatning turg'unlik nazariyasini akademik A.M. Lyapunov bayon etgan. Operator usuli elektrotexnika faniga O. Xevisayd tomonidan 1892 — 1912 yillarda tadbiq e tilgan. Sinusoidal tok elektr zanjirlarini simvolik usulda hisoblash usulini amerika olimi. Ch. Shteynmets 1894 yilda taklif etgan. Garmonik balans usulida nochiziq elektr zanjirlarni hisoblash usulini fransuz olimi M. Joli 1911 yil joriy etgan. Sekin o'zgaradigan amplitudalar usulini 1927 yil golland olimi B. Vander —Pol taklif etgan. Kichik parametrlar usulini esa 1928 yil fransuz olimi G. Puankare taklif etgan. Nochiziq tebranishlar nazariyasidagi fundamental ishlarni akademiklar L. Mandelshtamm, N. Papaleksi va A. Andronov 1937 yil amalga oshirdilar. Nochiziq zanjirlarni cbastotaviy usulda tahlil etishni rus olimlari N.M. Krilov va N.N. Bogolyubov birinchi bo'lib taklif etdilar. Elektr zanjirlar sintezini birinchi bor nemis olimlari I.O. Sobel (1924 y.), amerika olimi R. Foster (1924 y.) rus olimlari S. Yevlanov (1937 y) hamda B.V. Bulgakov (1949 y.) nazariy jihatdan asosladilar.

    Elektr zanjirlarni si gnal graflar bilan tahlil qilishni rus olimi B.N. Petrov (1945 y.) va amerika olimi S. Mezon (1953 y.) taklif etishgan. Maydon nazaiiyasi masalalarini yechishda integral tenglamalami qo'llashni ms olimlari G.A. Granberg, V.M. Alexin, O.V. Tozoni, ELEKTRONIKAV. Kotel nikovlar (1948 y.) taklif etdilar, 1904 yilda Peterburg politexnika institutida professor V.F. Mitkevich "Elektr va magnit xossalari" fanidan, 1915 yilda Moskva Bauman oliy texnologiya o'quv yurtida professor K.A Krug "O'zgaruvchan toklar nazariyasi" fanidan ma'ruzalar o'qidi. O'zbekistonda energetika та elektrotexnika fanlarini o’rganish va rivojlantirish XX —asming 30 yillaridan boshlandi. Respublikadagi energetika va eiektrotexnikaning asosiy ilmiy yo'nalishlari N. Shcherdin va akademik X. Fozilov rahbarligida belgilandi va elektr stansiyalar elektr tizimi va jihozlarmi takornillashtirish, puxtaligini oshirish, sameiradorligmi ko’tarishga qaratildi. Elektr tizimlarini hisoblashning ixcham usullari (X.Fozilov, K.R. Allayev, T.X. Nosirov, 1960 - 70 yillar) taldif etildi. Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta o ’lchamli nochiziq tenglamalami yechish (S. Solihov) masalalari tadqiq qilindi. An'anaviy energiya hamda tiklanuvchi energiyadan kompleks foydalanish (R.A. Zoxidov) masalalari xalq xo’jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 1970 —1980 yillarda akademik J .Abdullayev tomonidan energetika tizimlarida o'lchash texnikasi aniqligi, puxtaligi va samaradorligini oshirish bo'yicha muhim tadqiqotlar amalga oshirildi. Shu yillarda o'zbek olimlari (M.Z.Xomidxonov, S.Z.Usmonov, N.M.Usmonxodjayev, M.Xusanov, O.O.Xoshimov, K.Mo'minov) I avtomatlashgan. elektr yuritmalarning y.ingi avlodini hamda ko'p rotorli asinxron motorlami (A.Dadajonov) yaratishga muvaffaq bo'ldilar. Elektr tamioqlari optimal rejimlarini boshqarish asoslari (ELEKTRONIKA Payziyev) yaratildi. Nazariy elektrotexnika sohasida nochiziq elektr zanjiriari va tizimlari nazariyasi (G.R. Raximov, Z.I. Ismoilov, P.F. Xasanov) hamda avtoparametrik tebranishlar zanjirlarida o'zgaruvchan tok fazalar soni va chastotasini o'zgartirish nazaiiyasi (A.S.Karimov, M.I. Ibodullayev) takomillashtirildi. Tarqoq parametrli zanjirlar nazariyasi va ular asosida elektrotexnik hamda elektr o'lchash o'zgaitkichlarini takornillashtirish (M.F. Zaripov) yo'nalishlarida ijobiy natijalarga erishildi. Elektr o'lchashlar fanida yangi xarakteristikalarga ega chastotasi o'zgaruvchan o'zgartgiclilar va o'lchash ko'priklari nazariyasi Sh Sh. Zoxidov tomonidan takomillashtirildi.


    Elektrotexnika materiallarining rivojlanish tendensiyasi Hozirgi paytda fan va texnika rivojlangan, texnologik jarayonlar takomillashgan bir vaqtda elektr texnika ham yangi bosqichlarga ko’tarilib, turli xildagi materiallar ishlab chiqarilmoqda va o’zlashtirilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan elektr texnika materiallarining yangi xossalarga ega turlari ko’p miqdorda tayyorlanmoqda. Yangi turdagi materiallarni yaratishga ularning fizik, kimyoviy va mexanik xossalarini chuqur o’rganish orqali erishilmoqda
    Elektrotexnika materiallarining rivojlanishi
    Elektrotexnika materiallarining rivojlanishi Elektr texnika uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish va tekshirishda mutaxassis turli-tuman xossaga ega bo’lgan elektr texnika materiallari bilan to’qnashadi. Bu materiallar elektr mashinasi va jihozlarida kuzatiladigan elektromagnit jarayonida ishtirok etadi. Elektr texnika materiallaridan ma’lum darajada elektr, mexanik va magnit xossalar talab etiladi

    Elektr texnika materiallari asosiy turlari6


    Elektr texnika materiallari asosan 4 turga bo’linadi.
    1. o’tkazgich,
    2. dielektrik,
    3. yarim o’tkazgich
    4. magnit materiallariga
    Elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr tokini havo va kabel orqali uzatuvchi uzatgichlar bilan iste’molilarga yetkazib berishda o’tkazuvchi materiallar ishlatiladi. Bu materiallar katta elektr o’tkazuvchanlikka ega sof metallardan tayyorlanadi

    O’tkazgichlar


    Agar metallarning qarshiligi katta bo’lishi talab etilsa, u holda metallar aralashmasidan iborat qotishmalardan foydalaniladi. Izolyatsion materiallar yoki dielektriklar apparat uskunalarda elektr toki oqimini cheklash uchun ishlatilgani sababli, ular juda katta elektr qarshilikka ega bo’lishi shart. Dielektrik sifatida juda ham ko’p turdagi organik va anorganik materiallar qo’llaniladi. Bu materiallar gaz, suyuq va qattiq agregat holatda bo’lishi mumkin
    Yarim o’tkazgichlar o’zining elektr o’tkazuvchanligi jihatidan o’tkazgich bilan dielektrikl orasida joylashgan bo’lib, zamonaviy texnikada keng qo’llaniladi. Materiallarda yarim o’tkazuvchanlik xossalari, ko’pincha, tayyor mahsulot olish paytida hosil bo’ladi

    Yarim o’tkazgichlar


    Magnitli elektr texnika asbob-uskunalarida magnit oqimini hosil qilish yoki o’tkazish maqsadida magnit materiallari qo’llaniladi.Bu materiallardan ma’lum darajada magnit xossalari talab etiladi. Bu xususiyat temir yoki uning turli (nikelli, kobaltli va hokazo) qotishmalarida mavjuddi
    Elektr texnikaning rivojlanishi elektr texnika materiallariga bog’lig bo’lib, u o’z navbatida yangi xossali materiallar ishlab chiqish kerakligini taqozo etadi. Xossalari yaxshilangan, issiqqa chidamli izolyatsiya va magnit materiallari kichik hajmli, yengil va ixcham elektr mashina va apparatlarni yaratish imkonini beradi.
    Yuqori ish haroratiga ega bo’lgan yangi turdagi dielektriklar aviatsiya, raketa texnikasida va boshqa sohalarda ishlatilmoqda Yuqori ish haroratiga ega bo’lgan yangi turdagi dielektriklar aviatsiya, raketa texnikasida va boshqa sohalarda ishlatilmoqda
    Elektrotexnika materiallarining sinflanishi
    So’nggi paytda ko’plab ishlab chiqarilayotgan yangidan-yangi sun’iy materiallar xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan, elektrotexnikada keng miqyosda qo’llanilmoqda. Hozirgi davrda o’z ish faoliyatini yuqori darajada bajarib, xalq xo’jaligini sifatli kabel mahsulotlari bilan ta’minlayotgan “O’zkabel” AJ ishlab chiqarish korxonasida dielektrik va o’tkazgich materiallar ko’p ishlatiladi. Bulardan asosiysini polietelen va mis tashkil etadi. Bo’lajak mutaxassislar uchun elektr texnika materiallarini chuqur o’rganish katta amaliy ahamiyatga ega.
    Elektronika — fan va texnikaning elektronlar va boshqalar zaryadlangan zarralarning elektromagnit maydon hamda turli jismlar bilan oʻzaro taʼsiri qonuniyatlarini oʻrganish, bu oʻzaro taʼsirdan foydalanib energiyani oʻzgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan sohasi. Matematika, fizika, nazariy elektronika kabi fanlar elektronikaning nazariy asosini tashkil qiladi. Elektronika axborotni diskret va uzluksiz elektromagnit signallar koʻrinishida olish va ularni oʻzgartirish, almashtirish masalasi ham oʻrganiladi.
    Elektronlarning juda kichik inersion xossaga ega ekanligi ularning elektron asboblar ish hajmidagi makromaydonlar bilan ham, atom, molekula yoki kristall panjara ichidagi mikromaydonlar bilan ham oʻzaro taʼsiridan chastotasi 1012Gs gacha boʻlgan elektromagnit terbanishlarni, shuningdek, chastotasi 1012— 1020Gs boʻlgan infraqizil, optik, ultrabinafsha va rentgen nurlanishlarni samarali generatsiyalash, oʻzgartirish va qabul qilish imkonini beradi. Elektron jarayonlar va hodisalarni, shuningdek, elektron asbob va qurilmalar yaratish usullarini tadqiq qilish natijalari elektron texnikaning turlituman asbobuskunalarini, hisoblash texnikasi, informatika, aloqa, radiolokatsiya, televideniye, telemexanika va boshqalar sohalardagi murakkab masalalarni hal qilishga moʻljallangan turli tizimlar va komplekslarni yaratishda oʻz aksini topgan.
    Elektronikaning asosiy ilmiy masalasi vakuum, elektromagnit maydon va bir jinsli boʻlmagan muhitda zaryadlangan atom zarralarining harakati va bu bilan bogʻliq fizik hodisalarni oʻrganish va amaliy yoʻnalishini belgilash, amaliy masalasi esa axborotni hosil qiluvchi, oʻzgartiruvchi va uzatuvchi tizimlarda, hisoblash texnikasida, energetik qurilmalarda, ishlab chiqarish texnologiyasida har xil vazifalarni bajaruvchi elektron asbob va qurilmalar yaratishdan iborat.
    Elektronika yutuqlari radiotexnika taraqqiyoti, tranzistorlar, uzatuvchi televizion trubkalar yaratilishi bilan uzviy bogʻliq.
    3 boʻlim: fizik elektronika, texnik elektronika va elektronika texnologiyasi boʻlimlaridan iborat. Fizik elektronika vakuumda, elektromagnit maydonlar va boshqalar har xil muhitlarda atom zarralari, ionlar va neytral atomlarning harakati va ular bilan bogʻliq boʻlgan fizik qonuniyatlarni, elektron va ion asboblar, qurilmalarni yasash, elektron asbob va qurilmalar yordamida elektromagnit energiyasini olish, uzatish va qoʻllanish prinsiplarini, atom zarralari oqimlarini, ionlar, kvantlar, elektromagnit maydonning moddalarga taʼsirini nazariy va amaliy oʻrganish bilan shugʻullanadi; elektron emissiya, ionlashish, energetik sathlar, yarimoʻtkazgichlarda tunnel effekti, elektron oqimlarni fokuslash kabi hodisalarni oʻrganadi.
    Texnik elektronikada elektron va ion asboblar, qurilmalar va tizimlarni fan, sanoat, aloqa, xalq xoʻjaligi, transport va boshqalar sohalarda qoʻllash nazariyasi va amaliy hal qilish masalalari koʻriladi. Texnik elektronikaga elektronnurli trubka, ossillograf, rentgen qurilmalari, EHM, simobli tok oʻzgartirgichlar, radiolokatorlar, integral sxemalar va boshqalar kiradi. Elektron apparatlarning qoʻllanishiga qarab, texnik elektronika mustaqil radioelektronika, sanoat, yadro elektronikasi kabi yoʻnalishlarga boʻlinadi.
    Elektron asboblar ishlab chiqarish texnologiyasi ushbu bosqichlar ishchi elementi materiallarini olish, ularning elektrofizik, optik, emission parametrlarini oʻrganish, ularga kerakli shakl, oʻlcham va sirt xossalari berish uchun mexanik, kimyoviy va elektrokimyoviy qayta ishlash, yarimoʻtkazgich materiallardan rp oʻtish qismlarini olishda plastik va kristallarni qayta ishlash, asboblarni yigʻish va boshqalar oʻta nozik va murakkab bosqichlardan tashkil topadi.
    Elektronika elektron va ionli hodisalarning tabiati va qanday muhit hamda moddada borayotganligiga qarab, vakuum elektronikasi, qattiq jism elektronikasi va kvant elektronika sohalariga boʻlinadi. Har bir soha bir necha yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi.
    Vakuum elektronikasi quyidagi qismlardan iborat:
    1) emission elektronika,
    2) elektronlar va ionlar oqimini hosil qilish va ularni boshqarish;
    3) elektron lyuminessensiya;
    4) yuqori vakuum fizikasi va texnikasi; sirt hodisalari;
    6) gaz razryadli asboblar fizikasi va boshqalar
    Vakuum elektronikaning asosiy yoʻnalishlari: elektron lampalar, yuqori chastotali elektronvakuum asboblar (magnetronlar, klistronlar, yuguruvchi toʻlqin lampalari va boshqalar), elektron nurli asboblar (kineskoplar, ossillograf trubkalari va boshqalar); fotoelektron asboblar (fotoelektron koʻpaytirgichlar va boshqalar); rentgen trubkalari, gaz razryadli asboblar (kuchli tok oʻzgartirgichlari, yorugʻlik manbalari, indikatorlar).
    Qattiq jism elektronikasining asosiy qismlari:
    1) yarimoʻtkazgich materiallar xossalarini va ularga aralashmalarning taʼsirini oʻrganish;
    2) kristallda har xil oʻtkazuvchanlik xossalariga ega boʻlgan sohalarni hosil qilish;
    3) zarur xossa va shaklga ega boʻlgan metallyarimoʻtkazgich, dielektrikyarimoʻtkazgich , yarimoʻtkazgichkontaktli materiallarni olish va ularning texnologiyasini ishlab chiqish;
    4) metall, dielektrik, yarimoʻtkazgich va qotishmalar sirtidagi fizikkimyoviy hodisalarni oʻrganish va ularni boshqarish usullarini topish;
    5) oʻta kichik oʻlchamdagi asbob elementlarini olish va fundamental masalalarni oʻrganish.
    Qattiq jism Elektronikasi, asosan, yarimoʻtkazgichlar Elektronikasi bilan bogʻliq. Qattiq jism elektronikasi yarimoʻtkazgichli asboblar (diodlar, tranzistorlar) yaratish va dielektrik elektronika, magnetoelektronika, akustoelektronika, pyezoelektronika, krioelektronika kabi yoʻnalishlarga ega.
    Kvant elektronikaning asosiy yoʻnalishlari lazer va mazerlar yaratish, bu asboblarni turli amaliy masalalarni hal qilishga (masofani aniq oʻlchash, vaqt va chastota etalonlarini yaratish, energiyani uzatish, uzoq kosmik aloqa, tibbiyot va ishlab chiqarishning baʼzi sohalarida maʼlum vazifalarni bajarishga) joriy etishdan iborat.
    Elektronika asboblari materiallarini olish va tayyorlash masalalarini materialshunoslik fani hal qiladi. Elektron asboblar texnologiyasi murakkab boʻlganligi uchun barcha texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish talab qilinadi. Elektron asboblar texnologiyasi bilan bogʻliq boʻlgan masalalar mashinasozlik sanoatida elektron mashinasozligi tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi. Elektronika oldida boshqaruv, hisoblash, aloqa va oʻlchash elektron tizimlarida qayta ishlanuvchi maʼlumotlar miqdorini, integral sxemalar samaradorligini oshirish, stereotelevideniye prinsiplari va vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish, millimetrli va santimetrli diapazonda ishlovchi oʻta yuqori chastotali elektronika asboblarini yaratish, mukammallashtirish, kristall panjara boʻshliqlari — kanallarida harakatlanuvchi zarralar xossalaridan foydalanib generatorlar, kuchaytirgichlar kabi turli elektronika asboblari yaratish, elektron asboblar texnologiyasini mukammallashtirish masalalari turibdi. Elektronika mehnat unumdorligini oshirishda juda qoʻl keladi. Elektronika asboblari fan, texnika va ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi.
    Elektronika fani va texnikasining yutuqlari inson faoliyatining deyarli hamma sohalarida qoʻllanilmoqda. Elektron texnika vositalari keng koʻlamli asbob va qurilmalarning ajralmas qismiga aylandi. Ular orasida katta integral sxemalar (KIS) asosida yaratilgan mikroprotsessorlar alohida oʻrinni egallaydi. Soʻnggi vaqtlarda oʻta katta integral sxemalar (OʻKIS) ishlab chiqildi; ular asosida mikro EHM lar yaratiddi. Ular xalq xoʻjaligini boshqarishda, sanoatning turli sohalarida, tibbiyotda, inson hayoti va faoliyatining koʻpgina sohalarida keng qoʻllaniladi. Elektronika fani va texnikasi asosan ikki yoʻnalish: informatsiyahisoblash taʼminoti muammolari hamda energiya olish va undan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha rivojlanmoqda.
    Oʻzbekistonda elektronikaning rivojlanishi G.N. Shuppe, S.V. Starodubsev va U.O. Orifovlefning fizik elektronika sohasidagi i.t.lari bilan boshlangan. Uzbekistonda elektronika boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari Oʻzbekiston FA Elektronika instituti, Fizikatexnika instituti, Toshkent texnika universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti va boshqa ilmiy tekshirish muassasalarida M.S. Saidov, Oʻ.X.Rasulov, N.Y. Toʻrayev, T.D. Rajabov, R. A. Moʻminov, A. T. Mamadalimov va boshqalar olimlar rahbarligida olib borilmoqda.
    Oldinlari xamma ishni insoniyat o’z qo’li bilan ketma-ketlikda bajarib kelgan. Bir ishni bajarishi uchun ko’p vaqti ketgan, sog’lig’i ketgan, ishchi kuchi ko’ptalab etilgan. Shuni aytish joizki kundan- kun elektrotexnikalar rivojlanib kelmoqda va bu ishlar yil sayin siyraklashib ketmoqda yani zamonaviy texnikalar chiqib ishchi kuchi kamayib kelmoqda. Ishchi kuchi sarflanadigan ish o’rinlarni zamonaviy texnika, robtlar bajarmoqda. Shu tufayli ishning samarasi oshmoqda, insoniyat sog`ligi zararli narsalardan asranib qolmoqda, qisqacha qilib aytganda insoniyat uchun yengilliklar eshigi kun sayin ochilmoqda. Lekin insonlar bu gengilliklarga ko’nikma xosil qilib dangasa bo’lib bormoqdalar. Xar tomonlama yengil xayotga o’rganib ilmiy jismoniy tomonlama o’zlarini bo’sh qoyvormoqdalar, bu esa yana sog’liqga kelib taqaladi. Qachonki insoniyat sog’-tanda sog’lom aqilga rioya qilib yashasa shunda xamma muvofaqqiyat bizniki bo`ladi

    http://hozir.org
    Download 27,15 Kb.




    Download 27,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishi bajardi: Botirov Salimbek Qabul qildi: Navoiy- 2021 Mavzu: Zamonaviy elektrotexnika qurilmalarini tavsifi, tarixi va rivojlanish kelajagi. Reja

    Download 27,15 Kb.