Zamonaviy elektronika va sxemalardagi diskret qurilmalardan integral sxemalargacha rivojlanishning tarixiy davrlari va rivojlanish istiqbollari




Download 30,2 Kb.
bet9/11
Sana12.01.2024
Hajmi30,2 Kb.
#135496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Predikatlar haqida tushuncha-fayllar.org

Zamonaviy elektronika va sxemalardagi diskret qurilmalardan integral sxemalargacha rivojlanishning tarixiy davrlari va rivojlanish istiqbollari

Vektor potensiali, induktivlik va o'zaro induktivlikni birinchi bor 1845 yil nemis olimi F. Neyman ifodalagan. Buyuk ingliz olimi D. Maksvell 1873 yili siljish toklari tushunchasmi kiritdi, hamda uni nomi bilan ataladigan o'zgaruvchan elektromagnit maydon tenglamalarini yaratdi. Bundan faqat 25 yildan keyingina elektromagnit maydon mustaqil tarzdagi materiya deb isbot etdi.Elastik muhitda energiya heurakati rus olimi N.Umov tomonidan 1874 yilda nazariy jihatdan tadqiq qilingan. Rus injeneri F. Pirotskiy 1875 yilda quvvati 4,4 kVt o'zgarmas tokni 1 km masofaga uzatish tajribasini o'tkazgan.Cho'g'lanish lampasi 1875 yil A Lodigin tomonidan kashf etilgan. 1884 yil ingliz olimi D. Poyting elektromagnit maydon energiyasini uzatishni nazariy jihatdan tadqiq etgan.1889 yil rus injeneri M.O. Dolivo — Dobrovolskiy elektr energiyaning uch fazali tizimi qismlari (generator, transformator)ni ishlab chiqqan va kuchlanishi 15 kV, quvvati 150 kVA bo’lgan elektr energiyani 175 km masofaga uzatishni amalga oshirgan.1872 yilda rus olimi A. Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan. Dunyoda birinchi bo'lib A.Popov radio aloqani amalga oshirgan, 1887 — 88 yillarda nemis olimi G.Gers elektromagnit to'lqinlami mavjudligini eksprimental ravishda isbot etdi. Relyativistik elektrodinamikaning rivojlanishi 1905— 1908 yillarda G. Lorens va G. Minkovskilarning izlanishlari bilan bog'liq.O’ta o’tkazuvchanlik hodisasi nemis olimi G. Kamerling Onessom tomonidan 1911 yilda kashf etilgan. "Elektronika va sxemalarning nazariy asoslari" faniga bevosita aloqasi bo'lgan matematik va umumnazariy ishlar to'g'risida quyidagi ma'lumotlami berish mumkin.Fransuz matematigi J.Dalamber, Peterburg fanlar akademiyasi akademiklari L. Eyler va D. Benullilar bilan birgalikda to’lqin tenglamalari nazariyasini hamda matematika fizika asoslarini yaratishdi.Laplasning to'g'ri o'zgartirish formulasi 1782 yilda taklif etilgan. Hajm integralini sirt integraliga o'zgartirish formulasini M.V. Ostrogradskiy 1828 yilda bergan. Differensial tenglamalami operator usulida integrallashni rus matematigi M. Vashenko — Zaxarchenko taklif etgan. O'rama (svertka) teoremasi birinchi bor P.L. Chebishev tomonidan 1867 yil, Dyuamel integrali esa 1883 yil berilgan. Ma'lum harakatning turg'unlik nazariyasini akademik A.M. Lyapunov bayon etgan. Operator usuli elektronika faniga O. Xevisayd tomonidan 1892 — 1912 yillarda tadbiq etilgan.Sinusoidal tok elektr zanjirlarini simvolik usulda hisoblash usulini amerika olimi. Ch. Shteynmets 1894 yilda taklif etgan.


Download 30,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 30,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy elektronika va sxemalardagi diskret qurilmalardan integral sxemalargacha rivojlanishning tarixiy davrlari va rivojlanish istiqbollari

Download 30,2 Kb.