Zamonaviy elektronika va sxemalardagi diskret qurilmalardan integral sxemalargacha rivojlanishning tarixiy davrlari va rivojlanish istiqbollari




Download 30,2 Kb.
bet8/11
Sana12.01.2024
Hajmi30,2 Kb.
#135496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Predikatlar haqida tushuncha-fayllar.org

Zamonaviy elektronika va sxemalardagi diskret qurilmalardan integral sxemalargacha rivojlanishning tarixiy davrlari va rivojlanish istiqbollari

Elektronika va sxemalar1 fanining zamirida elektrotexnik, radiotexnik, elektromexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan hisoblash texnikasi tez sur'atlar bilan rivojlandi,Elektronika va sxemalar1ning yuzaga kelishi o'zgarmas tok manbaining yaratilishi va elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar bilan bog'liq. Qadim o'tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya tog' rudalarining parchalari temir jismlami tortish xususiyatini payqadilar va bu hodisani magnetizm deb atadilar.Miletlik Fales eramizdan awalgi VIII—VII asrlardanoq qahrabo ishqalanish natijasida elektrlanishi va unda elektr maydon paydo bo'lishini ta’kidlagan. Elektr va magnit hodisalar qadim dunyodan ma'lum, lekin bu hodisalar to'g'risidagi fan 1600 yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magnit hodisalar to'g'risida tadqiqotlarini e'lon qilgandan keyin boshlandi. Elektr to'g'risidagi fanni rivojlanish bosqichida elektr hodisalarning tabiatini o'rganishga bag’ishlangan. M.V. Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, Sh. Kulonlaming amaliy tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Elektr va magnit hodisalarni o’zaro bog'langanligini rus olimi F. Epinus 1758 yilda o'z ma'ruzasida aytib o'tgan. 1785 yilda fransuz olimi Sh.Kulon o'z nomi bilan atalgan qonunni kashf etdi. U elektr maydoni kuchlanganligi tushunchasini kiritdi. Elektr zanjir tushunchasi 1794 yilda A. Volta tomonidan kiiitilgan. Volt ustuni esa 1800 yilda yaratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov 1802 yilda elektroximiya bo'yicha birinchi tadqiqotlarini o ’tkazgari va u elektroximiyaniing asoschisi hisoblanadi. Magnit strelkaga tokning ta'siri X, Ersted tomonidan 1819 yilda, toklaming o'zaro ta'siri esa A. Amper tomonidan 1820 yilda o ’rganilgan. Amper birinchi bo'lib elektr toki, tok kuchi, elektr kuchlanish terminlarmi. kiritgan. Magnit maydonining dastlabki tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan o'tkazilgan va Laplas tomonidan matematik ravishda umumlashtirilgan (Bio — Savar — Laplas qonuni). Elektrostatikaga oid ayrim tenglamalami fransuz matematigi S. Puasson tadqiq etgan. Elektromagnit may donning materialistik konsepsiyasi ingliz olimi M. Faradey tomonidan rivojlantirilgan. U elektr va magnit maydonlarni tadqiq etish uchun kuch va ekvipotensial chiziqlar atamalarini kiritgan. 1782 y. Laplas o'z nomi bilan ataladigan tenglamalarni og'irlik nazariyasiga tegishli asarlarida qo'llagan. Elektromagnit induksiya qonunini 1831 yilda ingliz fizigi M. Faradey tajriba yo'li bilan kashf etgan va elektrokimyo qonunlarini birinchi bor o'rgangan. Elektromagnitli telegraflar rus injeneri P.Shilling tomonidan 1832 yili yaratilgan. Rus akadernigi B. Yakobi 1838 yili suv kemasi uchun elektr mashina yaratgan. Elektr zanjiriga oid Om qonuni 1826 yilda nemis olimi G. Om tomonidan kashf etilgan.Elektromagnit o’lchash birligi absolyut tizimini nemis olimlari K.F. Gauss va T. Veber 1831 — 1833 yillari yaratdilar.Tokning issiqlik ta'siri — Joul — Lens qonunini ingliz fizigi D. Joul 1841 yili va rus akademigi E. Lens 1842 yilda ta'riflab berishgan. 1844 yil E. Lems elektromagnit inersiya qonunini bayon qilgan. Nemis olimi G. Kirxgof 1845 yilda elektr zanjirlarga oid ikkita muhim qonunga ta’rif bergan.


Download 30,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 30,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy elektronika va sxemalardagi diskret qurilmalardan integral sxemalargacha rivojlanishning tarixiy davrlari va rivojlanish istiqbollari

Download 30,2 Kb.