|
Mustaqil ishi Kontaktli relefli payvandlab xosil qilinadigan birikmalarning tuzilishi
|
bet | 1/4 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #157770 |
Bog'liq Kontaktli relefli payvandlab xosil qilinadigan birikmalarning t Andijon mashinasozlik instituti Sirtqi bo’limi TMJ yo’nalishi 105-20 guruh talabasi Foziljonov Nurmuhammadning Payvandlashning asosiy uslublari fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Kontaktli relefli payvandlab xosil qilinadigan birikmalarning tuzilishi
Reja: - Kontaktli nuqtali va chokli payvandlab hosil qilingan birikmalarning tuzilishi
- Kontakli relefli payvandlab hosil qilinadigan birikmalarning tuzilishi.
- Kontakli uchma-uch payvandlab hosil qilingan birikmalarning tuzilishi
Kontaktli nuqtali va chokli payvandlab hosil qilingan birikmalarning tuzilishi -
- Nuqtali va chokli payvandlai yo‘li bilan k o‘pincha 0,5–6 mm qalinlikdagi detallar biriktiriladi. Ammo qalinlikning eng pastki chegarasi (mikropayvandlash) 2 mkm gacha, eng yuqori chegarasi esa 30 mm gacha yetishi mumkin. Payvandalanadigan detallarning qalinligi bir xil yoki har xil (qalinliklar nisbati 1:5 gacha, mikropayvandlashda esa 1:100 va bundan katta b o‘lgani holda) b o‘lishi mumkin. Agar zichlik talab qilinmasa, nuqtali payvandlash qo‘llaniladi. Mustaxkam-zich birikmalar chokli payvandlab hosil qilinadi.
Ko‘p hollarda ikki tomonlama payvandlash qo‘llaniladi, ammo payvandlash joyi noqulay bo‘lganda bir tomonlama payvandlashdan foydalaniladi. Unumdorlikni oshirish va tob tashlashni kamaytyrish maqsadida ko‘p nuqtali payvandlashdan foydalaniladi. - Ko‘p hollarda ikki tomonlama payvandlash qo‘llaniladi, ammo payvandlash joyi noqulay bo‘lganda bir tomonlama payvandlashdan foydalaniladi. Unumdorlikni oshirish va tob tashlashni kamaytyrish maqsadida ko‘p nuqtali payvandlashdan foydalaniladi.
- «Birikmaning eng maqbul o‘lchamlari» tushunchasiga bir necha o‘lchanadigan qiymatlar kiradi, ular birikmaning konstruktiv qismlari deb ataladi va ГОСТ 15878-79 bo‘yicha standartlashtirilgan.
Asosiy konstruktiv kismlar o‘zakning hisosblab aniqlanadigan eng kichik diametri (nuqtali payvanddash uchun) va quyma joyning (zonaning) eni chokli payvandlash uchun hisoblanadi, ular detallar tutashmasining tekisligidan o‘lchanib, ushbu ikkala payvandlash uchun d harfi bilan belgilanadi. Bu o‘lchamlar ustma-ust qo‘yish eng kichik bo‘lgani holda chokning mustahkamligi, zichligi zarur darajada va barqaror chiqishi shartidan kelib chiqib belgilanadi. O‘zakning eng katta o‘lchamlari turli nuqsonlar paydo bo‘lishi, elektrodlarning chidamlkida pasayishi mumkinligi sababli cheklanib, yuqori chegaralar eng kichik joiz chegaralardan 15–25 % ortiq qilib belgilanadi (S≥0,5 mm bo‘lgani holda). Detallarning qalinligi S≥0,5 mm bo‘ganda quyma o‘zakning eng kichik diametrini empirik formula yordamida taxminan aniqlash mumkin: d = 2S + (2–3) mm. Uning qalinlik ortishi bilan d/s nisbatning kamayishini inobatga oluvchi aniqroq qiymatlari ushbu d = 4S2/3 formula bilan ifodalanadi. - Asosiy konstruktiv kismlar o‘zakning hisosblab aniqlanadigan eng kichik diametri (nuqtali payvanddash uchun) va quyma joyning (zonaning) eni chokli payvandlash uchun hisoblanadi, ular detallar tutashmasining tekisligidan o‘lchanib, ushbu ikkala payvandlash uchun d harfi bilan belgilanadi. Bu o‘lchamlar ustma-ust qo‘yish eng kichik bo‘lgani holda chokning mustahkamligi, zichligi zarur darajada va barqaror chiqishi shartidan kelib chiqib belgilanadi. O‘zakning eng katta o‘lchamlari turli nuqsonlar paydo bo‘lishi, elektrodlarning chidamlkida pasayishi mumkinligi sababli cheklanib, yuqori chegaralar eng kichik joiz chegaralardan 15–25 % ortiq qilib belgilanadi (S≥0,5 mm bo‘lgani holda). Detallarning qalinligi S≥0,5 mm bo‘ganda quyma o‘zakning eng kichik diametrini empirik formula yordamida taxminan aniqlash mumkin: d = 2S + (2–3) mm. Uning qalinlik ortishi bilan d/s nisbatning kamayishini inobatga oluvchi aniqroq qiymatlari ushbu d = 4S2/3 formula bilan ifodalanadi.
-
|
| |