• Foydalanilgan adabiyotlar royxati
  • Mustaqil ishi Mavzu: Biznes jarayonlarini boshqarishda fikrlash-dizaynining xususiyatlari




    Download 18,55 Kb.
    bet4/4
    Sana14.02.2024
    Hajmi18,55 Kb.
    #156544
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mustaqil ishi Mavzu Biznes jarayonlarini boshqarishda fikrlash--fayllar.org
    ishlanma, AMDP majuma 2-k MAG, 33201 (1), 87870 И.В.Сталин М.1953, Dars ishlanma, Dars ishlanma, XFX test, !17 Каштачилик янги .08. 09.2017, 11-ma’ruza o’qituvchisiz (Unsupervised) o’qitish algoritmlari Re-fayllar.org (1), odiliy, document-merge644b213077e8c2023, O`quv rejasi, Документ Microsoft Word, 1449109 (1), Telegram@pdfimage bot
    Manba: “Raqamli dividendlar”. Jahon rivojlanishi haqidagi ma'ruza sharhi. 2016. Jahon banki, 2016. 33 bet.
    Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar bunday fanlararo jamoalarda uzluksiz ishlash va hamkorlik qilishni ta'minlash uchun zarur. Konvergent texnologiyalarga asoslangan biznes-faoliyat va tarmoqlarning rivojlanishi, shuningdek, ehtimol, ilmiy hajmdor hizmatlar va ko‘nikmalarga, jumladan, intellektual mulk va boshqa masalalar bo‘yicha yuridik hizmatlar, marketing va strategik boshqaruv konsaltingiga talab yaratadi.
    Ko‘rsatilishicha, konvergent texnologiyalar ko‘nikmalari va fanlararo ko‘nikmalarga o‘qitish, xususan, biotexnologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar va kognitiv fanni uyg‘unlashtirishni ko‘zda tutadi.Agar raqamli iqtisodiyot kadrlarini tayyorlashda sinergetik ta'sir va fanlararolik tamoyillar haqida gapiradigan bo‘lsak, uning universal chuqur bilimga egalik sifatida ijtimoiy javobgarlik tamoyiliga muvofiqligi kabi jihatni aylanib o‘tish mumkin emas. Ushbu konseptning falsafiy mazmuni atrof-muhitdagi tizimli o‘zgarishlarni va raqamli texnologiyalarning rivojlanish oqibatlarini bashorat qilish bilan bog‘liq. To‘liqlikka da'vogarlik qilmasdan, raqamli texnologiyalarning quyidagilar bilan bog‘liq rivojlanish risklarini sanab o‘tamiz:
    • ularsiz axborotlashgan iqtisodiyot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmagan ma'lumotlar to‘plash va saqlash risklari (fuqarolar va ular amalga oshiradigan harakatlar haqida ulkan axborot to‘plamlari yaratgan holda, ularnnig kerakliligi reytniglarini tuzish imkoniyati bilan; nafaqat aholi, balki davlatlar ustidan nazorat imkoniyatlari bilan; axborot chiqib ketishi va mamlakat raqamli suverenitetini yo‘qotishning salbiy oqibatlari bilan bog'liq risklar);


    • oldingi o‘zgarishlardan ko‘ra keng ko‘lamliroq va ancha tezkor bo‘lib chiqishi mumkin bo‘lgan texnik taraqqiyoining rivojlanishini oldindan aytib berish imkoni yo‘qligi bolan bog'liq risklar (texnologiyalar va ta'lim o‘rtasidagi musobaqa; har bir kishiga zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lish va mehnat bozori tuzoqlariga tushmaslikka imkon beradigan mehnat ko‘nikmalarini moslashtirish; raqamli uzilish va


    marginallashuvning oldini olish kabi risklar);


    • havfsizlik, jumladan, kiberhavfsizlikni ta'minlash masalalarining (zamonaviy axbrot texnologiyalari yordamida iqtisodiy firibsharlikning oldini olish), shuningdek, elektron savdoni tartibga solish, Internetdan foydalanish, biomuhandislik texnologiyalari, sun'iy intellekt, kriptovalyutalar, uchuvchisiz qurilmalar masalalarining dolzarblashuvi;


    • raqamli iqtisodiyotda iste'molchilarni himoya qilish va raqobat haqidagi qonunlarning yo‘qligi yoki ularga rioya qilinmasligi risklari.


    Ko‘rinib turibdiki, ta'lim darajalarining har biri aytib o‘tilgan universal kompetensiyalarni o‘z darajasida shakllantiradi. Ijtimoiy javobgarlik tamoyiliga muvofiqlik nuqtai-nazaridan tayyorgarlik birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, shuninglek, ma'lumotlarni saqlash usullari va tashkilotlarning kiberhimoya vositalari rivojlanish sharoitlarida ekologik va texnosfera havfsizligi vazifalarini hal qilishda ijtimoiy javobgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo'ladi.


    Raqamli iqtisodiyotga o‘tishimiz jarayonida bilimlarni innovatsiyalarga aylantirib, samarali ishlatib, muvaffaqiyatli bo‘lishga ham sifatli o‘rgatish mexanizmlarini hozircha ishlab chiqqanimiz yo‘q. Bunda quyidagilarni qayd qilishimiz lozim: birinchidan, O‘zbekistonni innovatsion yo'nalishda rivojlantirish uchun ijtimoiy sohaga (inson kapitalini rivojlantirish) bo'lgan investitsiyalar real sektorga nisbatan yuqori bo'lishi kerak, ya'ni, yangicha o‘ylash, yangicha fikrlash va yangicha hayot tarzini shakllantirish uchun yangicha terminlarni kiritish kerak bo'ladi, ya'ni: aqlli oila, aqlli mahalla, aqlli tibbiyot, aqlli ta'lim, aqlli din, aqlli talaba, aqlli tadbirkor... Bularning barchasi aqlni, qobiliyatni takomillashtirish va samarali ishlatishning o‘z yo‘l haritalarini ishlab chiqish zarur.
    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tahlil qilishda foydalaniladigan iqtisodiy-matеmatik modеl, tеkshirilayotgan iqtisodiy masalaning barcha talab va shartlarini tеnglamalar yoki tеngsizliklar sistеmasi ko'rinishida ifodalaydi. Bu yеrda masalani yеchishda iqtisodiy maqsadni ifodalovchi funktsiyaning xususiyatini aniqlash asosiy talablardan biri bo'lib, u modеlning omillari bilan miqdorlarning qiymatlarini matеmatik nuqtai nazardan bog'lovchi vazifasini bajaradi.
    Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Mamlakat iqtisodiyotida muhim o'rin tutuvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati mohiyati, iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati va o'ziga xos xususiyatlari hamda iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish to'g'risida ko'plab iqtisodchi olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan
    va o'z fikr mulohazalarini bayon etishgan. Jumladan, V.K.Gorbunovning fikricha iqtisodiy-matematik modellar yechilayotgan iqtisodiy masalani buzmasdan uni imkon boricha to'g'ri ifodalab, EHM yordamida eng muqobil, ya'ni optimal yechimini topib berishi kerak va bu olingan natijani kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini o'rganishda hamda amaliyotga qo'llashga qulay bo'lishi kerak [1].
    Tahlil va natijalar. Iqtisodiy-matematik usullar va modellarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirishdagi ahamiyatini quyidagilarda ko'rish mumkin:
    I. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar qo'llanilishi natijasida moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishga erishiladi.
    II. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar kichik biznes korxonalari faoliyatini o'rganadigan va uni rivojlantirishga hissa qo'shadigan iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo'lib xizmat qiladi.
    III. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyati bo'yicha tuzilgan bashoratlarga, ularni amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo'ladi.
    IV. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqatgina chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o'rganilmagan qonuniyatlarini ham ochish imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin bo'ladi.

    V. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar hisoblash ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni engillashtiradi va iqtisodiy xodimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.


    Model shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob'yektni, u tahlil qilish jarayonida haqiqiy ob'yektning o'rnini shunday bosadiki, uni bevosita o'rganish haqiqiy ob'yekt haqida yangi bilimlar beradi.
    Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob'yektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.
    Modellashtirish deganda, modelni tuzish, o'rganish va foydalanish jarayoni tushuniladi. Modellashtirishning asosiy xususiyati shuki, bu hayoliy ob'yekt yordamida vositali o'rganish usulidir. Model kuzatuvchining o'zi va ob'yekt o'rtasidagi shunday o'ziga xos vositadirki, uning yordamida kuzatuvchi o'zini qiziqtirayotgan ob'yektni o'rganadi.
    Moddiy modellar biror bir moddiy (tabiiy) ob'yektda mujassamlashsa, hayoliy modellar inson tafakkurining mahsulidir.
    Moddiy modellar sinfida fizik modellar ajralib turadi. Ular original ob'yekt tabiatidagi modellardir. Original va modelning o'xshashligi ikkalasining ham ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunishidir. Fizik modellashtirish, ayniqsa, texnik fanlarda keng tarqalgan. Iqtisodiyotda esa fizik modellashtirishga real iqtisodiy tajriba tushunchasi, to'la bo'lmasda, mos keladi. Masalan, ma'lum bir korxonadagi tajriba butun bir tarmoqqa, ya'ni iqtisodiy jihatdan yaqin bo'lgan ob'yektlar majmuiga ko'chiriladi. Lekin iqtisodiyotda fizik modellashtirish imkoniyatlari chegaralangandir. Buning sabablari bir qanchadir; xalq xo'jaligining ayrim qismlarini o'rganish iqtisodiy tizim haqida to'la va aniq tasavvur bera olmaydi, ulkan real tajribalar juda katta moddiy chiqimlar talab qiladi.

    Hayoliy modellar sinfi juda ham turli-tuman modellarni birlashtiradi. Ilmiy izlanishlarda hayoliy modellarning asosiy ko'rinishi bo'lib aniq formal tilni qo'llovchi belgili modellar hisoblanadi.


    O'z navbatida matematika va logika tilida tavsiflanuvchi mantiqiy matematik modellar belgili modellarning asosiy ko'rinishi hisoblanadi.
    Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini o'rganish va tahlil qilishda eng keng qo'llaniladigan usullardan biri bu iqtisodiy-matematik modellardir. Matematik modellashtirish - iqtisodiy jarayonlarni tenglamalar, tengsizliklar, funktsional, logik sxemalar orqali ifodalash deb tushuniladi.

    Xulosa
    Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish ustida gap ketganda turli iqtisodiy hisoblashlar ustida emas, balki matematikadan iqtisodiy qonuniyatlarni o'rganish, ya'ni nazariy xulosalar chiqarish nazarda tutiladi. Matematikaning afzalligi, tekshirilayotgan oby'ekt o'rnini ma'lum ma'noda egallashi mumkin bo'lgan matematik modellar bilan almashtirish mumkinligidadir. Iqtisodiy jarayonlarning asosiy xususiyatlarini matematik munosabatlar yordamida aks ettiruvchi iqtisodiyotning matematik modellari murakkab iqtisodiy muammolarni tekshirishda samarali vosita hisoblanadi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
    1. Горбунов В.К. Математическая модель потребительского спроса. -М.: Экономика, 2004.
    2. Замков О.О. и др. Математические методы в экономике. -М.: Дело и Сервис, 2004.
    3. Кобелев Н.Б. Практика применения экономико-математических методов и моделей: Учебное пособие. -М: ЗАО Финстатинформ, 2000.

    4. Робсон М., Уллах Ф. Реинжиниринг бизнес-процессов. Практическое руководство. -М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2003.



    5. Рубе В.А. Малый бизнес. История, теория, практика. -М.: ТЕИС, 2000.
    http://fayllar.org
    Download 18,55 Kb.
    1   2   3   4




    Download 18,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishi Mavzu: Biznes jarayonlarini boshqarishda fikrlash-dizaynining xususiyatlari

    Download 18,55 Kb.