|
Mustaqil ishi Mavzu: Taqsimlangan tarmoqlarni boshqarishda dns hamda icmpva snmp
|
bet | 1/5 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 214,68 Kb. | | #121277 |
Bog'liq komptarmoqmustaqil
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TELEVIZON TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI 512-21 GURUH TALABASI
Bobomurodov Jahongirning
Kompyuter tarmoqlari fanidan
Mustaqil ishi Mavzu: Taqsimlangan tarmoqlarni boshqarishda DNS hamda ICMPva SNMP.
Toshkent 2023
Reja:
Kirish
Taqsimlangan tizimning ta’rifi
Taqsimlangan tarmoq
Taqsimlangan tarmoqlarni boshqarishda DNS hamda ICMPva SNMP
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Taqsimlangan tizimning ta`rifi: Axborot texnologiyalarining bugungi rivojlanish davrida taqsimlangan tizimlarga e`tibor tobora ortib bormoqda. Bunga asosiy sabab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va resurslarining keskin rivojlanishidir.
Hozirgi kunda taqsimlangan tizimlar foydalanuvchi tomonidan talab etilgan resursni dunyoning istalgan nuqtasidan topib berish imkoniga ega. Boshqa so`z bilan aytganda, taqsimlangan tizimlar bir xona doirasida, bino, shahar, davlat doirasida,yoki boshqa davlatlar va planetamizning boshqa qit`alari doirasida dislokatsiya qilingan hisoblash, xotira, axborot resurslarini birlashtirib yagona bir resurs sifatida shakllantirib foydalanuvchiga taqdim etish imkonini yaratib beradi.
Taqsimlangan tarmoqlarini qurish tamoyillari: Ko`pchilik umumiy foydalanish tarmoqlari ierarxik tuzilish asosida quriladi. Ma`lumot uzatish tarmog`ining ierarxik tuzilish dagi afzalligi axborot almashuvida har xil ierarxik satxlarga xizmat ko`rsatishdir. Tuzilishlardan qaysi birini tanlash foydalanuvchi talabi, yuklama xajmi va boshqa faktlarga bog`liq.
Ierarxik satx tarmoq va noierarxik tarmog`i pastki satxlari “YULDUZSIMON”, “XALQASIMON”, “SHINASIMON”, “DARAXTSIMON” lar ko`proq tarqalgan tuzilishlar hisoblanadi.
Ierarxiya tarmog`i yuqori satxlarida ishonchlilikning yetarlicha yuqori ko`rsatkichlarini ta`minlash zaruriyatida “TO`LIQ BOG`LANISHLI” yoki “K - BOG`LANISHLI” tuzilishlari ishlatiladi. Yuqori ishonchlilik bo`yicha “ALMAZSIMON” tuzilishi ma`lumot uzatish tarmoqlarida xarakatdagi ob`ektlarni qurilishida qo`llaniladi.
|
| |