|
Mustaqil ishi mustaqil ish mavzulari yupqa qatlamlarning tuzilishi va xossalari
|
bet | 2/14 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #244164 |
Bog'liq Amonov Ilhom mustaqil ish 3Bugun yurtimizda yoshlarning ilm yo’lida izlanib, yangilik yaratib, muvaffaqiyat va yutuqlarni qo’lga kiritishi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu g’amxo’rlikka javoban iste’dod va salohiyatini ishga solib, ilmiy tadqiqotlar ustida qizg’in ish olib borayotgan yigit-qizlar shijoatini ko’rib quvonasan, kishi. «Barkamol avlod yili»da ham yoshlarimiz jamiki sohalarda ko’plab faxrli natijalarga sazovor bo’lishdi. Toshkent davlat texnika universiteti "Nanotexnologiya" kafedrasi dosenti Dilnoza Toshmuhammedova ham fizika sohasi rivojiga ulush qo’shish niyatida tinmay izlanayotgan yoshlardan biri. Yaqindagina u o’zining eksperimental tadqiqotlari asosida Respublikada birinchilardan bo’lib nanoelektronika sohasida doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ma’lumki, hozirgi kunda yangicha amaliy usullarning asosi sifatida qaralayotgan nanotexnologiya fizika (asosan elektronika), kimyo, tibbiyot, qishloq xo’jaligi, ekologiyaga oid sohalar da yanada samarali foydalanish uchun qo’l kelmokda. Shu bois Dilnoza mazkur yo’nalishda tajriba va tadqiqotlar olib borib, noyob va yangicha xususiyatlarga ega bo’lgan nanoplyonkalar hamda nanokristallarning ion implantasiyasi usulida hosil qilinishini isbotlashga muvaffaq bo’ldi. U ayni paytda o’z sohasi bo’yicha dosent, fizika-matematika fanlari doktori darajasiga erishdi. Ushbu ilmiy ishdan ko’zlangan asosiy maqsad, nanoo’lchamli materiallarni olish, ularning fizik kimyoviy xususiyatlarini o’rganish va ular asosida yangi xususiyatli elektron asboblar va qurilmalarni yaratishdirUmuman, nanotexnologiyaning, jumladan, nanoelektronikaning rivojlanishi barcha jabhalarda ishlatiladigan elektron asboblar va qurilmalarning yangi va mukammal hamda o’ta sezgir turlarini yaratish bilan bir qatorda, respublikamiz xomashyo zahirasini 10-100 martagacha tejash hamda ekologik muhitga ta’sirini kamaytirish imkonini beradi. Ushbu tadqiqotni amaliyotga tatbiq etish, eng avvalo, kundalik hayotimizda qo’llanadigan kompyuter xotirasini kuchaytirish va uning operativ xotirasini oshirishda qo’l kelishi, mazkur qurilmaning extiyot qismlarini tashqi muhit ta’siridan asrashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, kashfiyotdan tibbiyotda xastalikning eng og’ir asoratlarini davolashda foydalanish mumkin ekan. Misol uchun, bosh miyadagi shishlar nanorobot uskunasi yordamida aniqlanib, shu joyning o’ziga ta’sir o’tkazilib, kasallik rivojlanishi to’xtatiladi. Qon tomirlari orqali kishi organizmida paydo bo’lgan o’simtani jarrohlik amaliyotisiz butkul chiqarib yuborish mumkin bo’ladi. Kishi biror-bir kasbning boshini tutdimi, albatta, shu kasbi orqali jamiyatga nafi tegishini istaydi. Yosh olima ham ayni maqsadda mamlakatimizdagi eng nufuzli oliy ta’lim dargoxlaridan biri sanalmish Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida faoliyat yuritib kelmokda. D.Toshmuhammedova bu yerda nanomateriallarning axborot tizimlaridagi istiq bollariga oid beshta fandan talabalarga saboq beradi. Zero, nanotexnologiya sohasini rivojlantirishda yosh mutaxassislar malakasi har jihatdan zarurdir. O’z navbatida, bu mamlakatimiz va jahon miqyosida o’tkazilayotgan ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etishni ham taqozo etadi.
|
| |