|
Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko‘rsatma
|
Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 106 Kb. | | #160135 |
Bog'liq Logopediya Mustaqil 1 topshiriq
Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko‘rsatma
-
Maqola
|
8-sahifali
Elektron (word) shaklda
Kamida 3 ta adabiyot va
internet saytlardan foydalangan holda kamida 8 ta varoq. Kamida 1ta asosiy
adabiyotlardan foydalanish majburiy
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bo’lishi shart !
|
Izoh!
Har bir talaba ro’yxatdagi raqamidan kelib chiqqan holda (agarda ro’yxatdagi raqamidan mavzular yetarli bo’lmasa boshidan boshlab olasiz) mustaqil ta’lim mavzusini tanlaydi va javob taqdim etadi.
Hurmatli talabalar! Barcha topshiriqlarga Ism familiyangiz yuqori qismida ko’rsatilgan holatda yuborishingiz so’raladi. Noto’g’ri javob taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan, ism familiyasi qayd qilinmagan, ro’yxat bo’yicha javob taqdim etmagan talabalarning javoblari baholanmaydi.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ta`lim mazkur kurs mazmunini toʻliq qamrab olishga qaratilgan bo‘lib, nazariy egallangan bilimlarni kengaytirish, talabalarning mustaqil oʻqish faoliyatini yoʻlga qoʻyishga asoslangan. Mustaqil ish topshiriqlari taqdimot, keys-stadi, axborot izlash, test, esse, maqola, referat va boshqa ko‘rinishlarda bajariladi.
Mustaqil ta’lim bo‘yicha bajarilgan topshiriqlar elektron tizimda joylashtiriladi hamda antiplagiat dasturi asosida tekshirilib, fan o‘qituvchisi tomonidan baholanadi.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular
1. Logopediya fanining maqsadi va vazifalari. Logopediya fanining metodlari va tamoyillari
2. Nutq buzilishlari etiologiyasi. Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillari.
3. Nutq buzilishlarini tasniflash. Bolalar nutqining rivojlanish hususiyatlari.
4. Ovoz buzilishlarining etiologiyasi. Ovoz buzilishlarini kelib chiqish sabablari va mexanizmi. 5. Organik ovoz buzilishlari. Funksional ovoz buzilishlari.
6. Ovoz buzilishlarini bartaraf etishni adabiyotlardan taxlil qiling. Ovoz buzilishlari profilaktikasi va ovoz gigienasini konspekt qiling.
7. O‘zbek tili tovushlari tasnifini izohlang.
8. Dislaliya haqida tushuncha.
9. Dislaliya sababalari. Dislaliya turlari (sigmatizm, rotatsizm, lambdatsizm, kappatsizm, yumshatish nuqsonlari) peferat tayyorlang.
10.Dislaliyani bartaraf etishda logopedik ta’sir metodikasi.
11.Rinolaliya shakllari. Ochiq rinolaliya. Yopiq rinolaliya. Aralash rinolaliya klaster usulida tahlil qiling.
12.Tanglaydagi tug‘ma yoriqlarning bolaning jismoniy, ruhiy va nutqiy rivojlanishiga ta’siri. Rinolaliyada nutqning o‘ziga hos xususiyatlari.
13.Rinolalik bolalarga kompleks, ya’ni tibbiy-pedagogik ta’sir logopedik ishning bir qismi sifatida.
14.Dizartriya nutq buzilishini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Dizartriyaning sabablari.
15.Dizartriya tasnifi. Asosiy shakllari va ularning belgilari.
16.Dizartriyani bartaraf etishda logopedik ish. Artikulyatsiya (talaffuzining aniqligi), umumiy va mayda motorikaning (nutqga dahldor va dahldor bo‘lmagan) buzilishi.
17.Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan korreksion-logopedik ishlarning vazifalari, korreksion ish metodlari va usullari.
18.Alaliyani tasniflash. Motor alaliya. Alaliyada nutqning leksik-grammatik va fonetik tomondan buzilishi.
19.Alalik bolalarning nutqni o‘zlashtirishidagi qiyinchiliklari.
20.Motor alaliyada korreksion ta’sir tizimi.
21.Sensor alaliya. Sensor alaliyaning asosiy belgilari. Sensor alaliyali psixologikpedagogik va nutqiy hususiyatlari.
22.Afaziya tasnifi.Afaziya shakllari va ularning namoyon bo‘lish sabablari.
23.Afaziyada korreksion-tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari.
24.Disleksiya. Disleksiya tasnifi.
25.Disgrafiya. Disgrafiya tasniflari.
26.Fonetik-fonematik nutq kamchiligini bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan ish mazmuni, korreksion ishni tashkil etish va rejalashtirish.
27.Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishni tashkil etish va rejalashtirish.
28.Duduqlanishning tipologiyasi. Duduqlanish tabiati va xarakteri xususida zamonaviy nuqtai nazarlar.
29.Maktabgacha yoshdagi bolalarda duduqlanish kechishining xususiyatlari. Duduqlanish nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar nutqini tekshirish.
30.Nutq tempi buzilishlarini bartaraf etishda logopedik ishlar.
|
| |