|
Mustaqil ta’lim uchun etiladigan mavzular
|
bet | 6/62 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 325,21 Kb. | | #256702 |
Bog'liq Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari. Gʻarb mutafakkirl-hozir.org«Texnologiya» yunoncha «techne» so’zidan olingan bo’lib, mahorat, san’at va «logos» - so’z, ta’limot ma’nosini anglatadi.
Texnologiya-jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig’indisi shuningdek ob’ektda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlar tushiniladi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi:
xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar yoki mahsulotlarga ishlov berish, yoki qayta ishlash yo’llari va usullari yig’indisi
yuqorida ko’rsatilgan yo’llar va usullarni ishlab chiquvchi hamda takomillashtiruvchi fan
qazib olish, ishlov berish, qayta ishlash, sifatini nazorat qilish, tashish, omborga joylash, saqlash, sotish, amalda qo’llash jarayoni
Texnologik jarayon mahsulot ishlab chiqarishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalar yig’indisi
Texnologik operatsiya ishchi tomonidan o’zining ish o’rnida bajariladigan, yakuniga etkazilgan harakat ko’rinishidagi texnologik jarayonning bir qismi
Texnologik xarita ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik rejim texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar tahlilidan kelib chiqib, har qanday so’z, tushunchalar jamiyatdagi o’zgarishlar bilan bog’liq holda muomalaga kiritiladi. Shu o’rinda «pedagogik texnologiya» nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga nazar tashlaylik: Sho’rolar tuzumi davri30 yillarda «pedagogik texnika» tushunchasi maxsus adabiyotlara paydo bo’la boshladi va u o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo’naltirilgan usul va vositalar yig’indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrlarda pedagogik texnika deb o’quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko’rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi.1950yildaesa o’quv jarayoniga o’qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazoratvositalari, ulardan foydalanish metodikasipedagogik texnologiyalariga tenglashtirildi. 1960 yillar o’rtalariga kelib, bu tushunchalar mazmuni chet el pedagogik nashrlarida keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda «Ta’lim texnologiyasi», Angliyada «Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim», Yaponiyada esa 1965 yillardan «pedagogik texnologiya» jurnallari chop etila boshlandi.
1971 yilda xuddi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi.
|
| |