• .Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi.
  • -Mavzu: Pedagogika fanining tarmoqlari




    Download 325,21 Kb.
    bet4/62
    Sana29.05.2024
    Hajmi325,21 Kb.
    #256702
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
    Bog'liq
    Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari. Gʻarb mutafakkirl-hozir.org

    3-Mavzu: Pedagogika fanining tarmoqlari
    Pedagogikaning tarmoqlari.Pedagogika fanlari tizimi. Shaxs kamolotini tahminlash, uning intellektual, ma’naviyaxloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh ddavrlari, har bir davrning o’ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir:
    1. Umumiy pedagogika maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.
    2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash,ularni intellektual, ma’naviyaxloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi. 

    3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi.


    4. Korrektsion (maxsus) pedagogika rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi. O’z navbatida korrektsion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli qlari kiradi. Ular quyidagilardir:
    Surdopedagogika va surdopsixologiya eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish,o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
    Pedagogik tajriba:
    Tabiiy tajriba
    Labaratoriya tajribasi Tajriba ishi
    Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi. 

    Tiflopedagogika va tiflopsixologiya ko’rishqobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.


    Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi nutqi,shuningdek,motorliharakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
    5. Metodika – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi.
    6. Pedagogika tarixi ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda etakchi o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o’rganadi.
    7. Pedagogik texnologiya ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
    8. Pedagogik mahorat bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
    9. Ta’limni boshqarish ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.
    10. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.
    4.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash Ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi.Bizga Ma’lumki pedagogikhodisa murakkab tuzilmagaega bo’lib,uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
    1. Falsafa shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari muayyan pedagogik g’oya,qarashhamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
    2. Iqtisod ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
    3. Sotsiologiya ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida Ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’limtarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
    4. Etikashaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviyaxloqiymadaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi.
    5. Estetika shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi. 

    6. Fiziologiyao’quvtarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni beradi.


    7. Gigiena o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy g’oyalari bilan yordam beradi.
    8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
    9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik,dialektik xususiyatlariniinobatga olish, shuningdekxalq pedagogikasi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.
    10. Madaniyatshunoslik o’quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
    11. Tibbiy fanlar shaxsning fiziologikanatomik jihatidan to’g’ri rivojlanishini tahminlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi.


    Download 325,21 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




    Download 325,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Pedagogika fanining tarmoqlari

    Download 325,21 Kb.