Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi




Download 25,05 Kb.
Sana07.06.2024
Hajmi25,05 Kb.
#261368
Bog'liq
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyos


Reja:

  1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi.




  1. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning e'lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.

3. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa'y-harakatlar.


4. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida Islom Karimovning tarixiy xizmatlari.



Tayanch tushunchalar: O`zbekiston Respublikasining «davlat mustaqilligi to`g’risida» gi qonun, Prezident saylovlari, O`zbekiston Konstitutsiyasi, Davlat ramzlari.
O‘zlikni anglashga intilishning kuchaydi. 80-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo‘jalik yuritish usuli o‘zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a'zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik kuchaydi. 80-yillar o‘rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi. Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi. Unda Mahsulot ishlab chiqarish uchun 2 marta ko‘p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po‘lat, stanoklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallashiga qaramasdan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etildi.
80-yillarning o‘rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro‘y bera boshladi. Qayta qurish konsepsiyasi cheklangan bo‘lib, u SSSRni taraqqiyotini ta'minlay olmas edi. Qayta qurish yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yomonlashdi. Respublikada milliy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Farg‘ona fojeasi yuz berdi. Milliy o‘zlikni anglash boshlandi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog‘lomlashtirilishi O‘zbekistonda dolzarb masala sifatida ko‘tarildi.
Jamiyating barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishga xarakatlar buldi. Asosiy maksad sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirish deb aytildi. SSSRda saylov tizimini o‘zgartirshi to‘g‘risidagi Qonun (1988 yil dekabri) qabul qilindi. Markaz o‘z ta'sirini kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonda "O‘zbek ishi», «Paxta ishi» kabi uydirmalarni o‘ylab topdi. 1984-1990 yillarda 30-50-yillarida sodir bo‘lgan qatag‘onlardan kam bo‘lmagan bedodliklar yuz berdi. Qayta qurish siyosati ham SSSR davlatini muqarrar inqirozdan qutqarib qola olmadi. Davlatda inqiroz boshlandi. Ittifoqdosh respublikalarda milliy o‘zlikni anglash va mustaqillik sari dadil qadamlar qo‘yildi.
XX asrning 80-yillari oxirida “O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida o`zgarish boshlandi. Odamlar xilma xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniga ega bo`la boshladilar. o`zbek xalqining dilidagi g’oya-mustaqillik g’oyasi edi, xalq mana shu g’oyani ko`tarib chiqdi Mustaqillik uchun harakatda yangi to`lqin boshlandi. Tarix taqozosi bilan elim, yurtim deb yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoyi insonning O`zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga 1989 yilda saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berishiga olib keldi, adolat tiklandi.
I.Karimov xalq xoxish-irodasini bajarib, o`zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktabrda Respublika Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat tili haqida qonun qabul qildi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xayotning barcha sohalarida o`zbek tili to`la amal qilishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo`ldi.
90-yillarning boshlariga kelib O`zbekistonda xalqning mustaqillika erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo`lib qoldi Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, “Zo`rovonlikka asoslangan, ma‘muriy-buyruq bozlikka xos bo`lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladi mi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdagi respublikalar suvereniteti ta‘minlanadimi degan masala dolzarb bo`lib qoldi Ikkinchi tomondan, o`shadavrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to`g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tabora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
1990 yil boshida O`zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi ko`tarildi. Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlar aro va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko`maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi, Prezident muassasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o`tishni bildirar edi.
Alohida shuni ta‘kidlash kerakki, o`sha kezlari keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarda ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini vaqtida hal etish, fuqarolar huquqlarini ximoya qiluvchi barcha muassasalarini nazorat qilish masalalari ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi. Shu ob‘ektiv holatni xisobga olib, 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Sovetining birinchi sessiyasi O`zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta‘sis etish to`g’risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug’anievich Karimovni O`zbekistonning Prezidenti etib saylash to`g’risida qaror qabul qildi O`zbekistonda Prezident lavozimining ta‘sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo`yilgan dadil kadamlaridan ikkinchisi edi.
O`zbekistonning mustaqillika erishishda qo`yilgan navbatdagi muhim qadam 1990 yil 20 iyunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qo`yildi. Sessiyada O`zbekistonning “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilindi va uning kirish qismida qo`yidagicha yozib qo`yildi:
“O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o`zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an‘analari, har bir millatning taqdirini o`zi belgilash huquqini ta‘minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O`zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas‘uliyatni chuqur xis etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya printsiplariga asoslanib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qiladi,”. Sessiya qabul qilgan bu “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
Shu kundan boshlab respublikada O`zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O`zbekiston rahbariyati va xalqi mustaqillik sari dadil qadam quyaverdi.
1991 yil 17 martda umumxalq referendumi o`tkazildi. Referendumda O`zbekiston xalqining mutloq ko`pchiligi O`zbekistonni mustaqil respublika sifatida qo`rish xoxishi borligi namoyon bo`ldi. O`zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi. Xususan, 1991 yil 15 fevralida O`zbekiston Oliy Kengashi “O`zbekistonning davlat ramzlari to`g’risida” maxsus qaror qabul qildi.
O`zbekistonning suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilinishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaatini ifoda etishi bilan ajralib tura boshladi. Jumladan, 1991 yil 22 iyulida O`zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumining “O`zbekiston hududida joylashgan Ittifoqqa buysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarni O`zbekistonning huquqiy tobeligiga o`tkazish” to`g’risidagi qarori, O`zbekistonning milliy suvurenititeti uchun tashlangan qadamlar dalilidir.
80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib sobiq SSSR ning ijtimoiy-siyosiy holatida inqirozli holat tobora kuchaydi. Bu holat ayniqsa, ko`pchilikrespublikalarning ittifoq tarkibidan chiqish, o`z-o`zini belgilash, huquqini berish, Markazning siyosiy-iqtisodiy, harbiy va tashqi siyosiy sohalardagi rolini qayta ko`rish kabi talablarning xaqli ravishda qo`yilishida aksini topdi. lekin, markaziy rahbariyat xalqlar va ittifoqchi respublikalar siyosiy rahbariyatining chinakam mustaqillikka intilishi bilan hisoblashmadi. Bu munosabatni Markazning Boltiqbo`yi respublikalarning ittifoq tarkibidan chiqib ketish, O`zbekistonda, keyinchalik esa boshqa respublikalarda ham prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va bu respublikalar tomonidan suverenitet to`g’risidagi Deklaratsiyalarning qabul qiliniishiga tish-tirnog’i bilan qarshilik ko`rsatganligida ham ko`rish mumkin.
Lekin, ba‘ribir harakatga kelgan inqiroziy holatni endi to`xtatib bo`lmas edi. Shu sababdan ham, davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan partiya-davlati rahbariyati 1990 yilning kuzida ittifoq markazi va respublikalar o`rtasidagi munosabatlarni yangi holatga o`tkazish maqsadida mo`zokara jarayonini boshlashga majbur bo`ldi. Chunki, SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yo`lini topa olmay qolgan edi. o`shayillar ittifoq bo`yicha prezidentlik lavozimini egallab turgan M.Gorbachev mamlakatni tanazuldan olib chiqish yo`lidaboshini qaysi eshiklarga urmadi. Ghx jadallashtirish kontseptsiyasini uylab topdi, goh fan-texnika taraqqiyoti deb butun mamlakatni alg’ov-dalg’ob qildi Undan natija chiqmagach, agrosanoat kompleksining qayta qurish rejalarini ishlab chiqdi. Shundan so`ng kadrlar siyosati masalasini ko`tardi. U o`zini qayokka urmasin, harakatlari samarasiz bo`laverdi. Bora-bora, eng muhimi-inson omili ekanligini tushundi, Biroq endi kech bo`lib qolgan, g’isht qolipdan ko`chgan edi.
1990 yil oxirlariga kelib Boltiqbo`yi mamlakatlari mustaqillik to`g’risidagi talabalrni SSSR Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari quriltoyiga kundalang qilib qo`yganlaridan so`ng Prezident M. Gorbachev bir guruhi deputatlar va rahbarlar bilan vaziyatni urganish, aniqrog’i, tazyiq qilish, ta‘sirini o`tkazish maqsadida Boltiqbo`yiga bordi. Guruhi tarkibida O`zbekiston Prezidenti I.Karimov ham bor edi. U yerda I.Karimov xaqiqatni bilan yuzma-yuz keldi va shunda juda katta qat‘iyat va favqulodda jur‘at bilan munosabatini bildirdi: Komissiya ishini yakunlamasdanoq Gorbachevni ham, uning manfaatlarini qo`llab-quvvatlovchi guruhni ham tashlab, tezda orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo`yi xalqlarinining talablari qonuniy ekanligi, mustaqillik SSSR tarkibidan chiqish-tarixiy xaqiqat, inson haq-huquqlarinining tanttanasi ekanligini oshkora namoyon qildi Xaqiqatdan ham, ittifoq tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, ma‘naviy taraqqiyot to`g’risida gap bo`lishi ham mumkin emas edi.
1991 yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda voqealar shu darajada chuvalashib ketdiki, uning yechimini topish o`ta mushkul bo`lib qoldi Shu vaziyatdan foydalanib 19-21 avgust kunlari Moskvada davlat tuntarishi qilishga o`rinib ko`rildi. Favqullodda holat davlat qo`mitasi tuzilib, SSSR Prezidenti M. Gorbachev zo`ravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi.
Ana shunday og’ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O`zbekiston rahbariyati korxona va xo`jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da‘vat qildilar. Ayniqsa, Prezident Islom Karimovning bo`layotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi, uning halqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq bilan hukumat o`rtasida sog’lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi.
Hindiston safaridan qaytgan O`zbekiston Prezidenti I.Karimov, 19 avgust kuni kechqurun Toshket shahrining faollari bilan bo`lgan uchrashuvda qat‘iyatlik bilan O`zbekiston nuqtai nazarini ma‘lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bo`lgan har qanday ko`rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishni man etdi. 20 avgustda O`zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O`zbekiston SSR Prezidenti xo`zuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo`shma majlisi bo`ldi Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama qilinib, O`zbekistonning mustaqillikka erishish yo`li o`zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O`zbekiston Mustaqillik Deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish yo`lidaboraveradi, deb ko`rsatildi. o`shakuni O`zbekiston Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O`zbekistonning mustaqilligiga erishish yo`li qat‘iy ekaniligini yana bir bor alohida o`qtirdi.
Shunday og’ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to`g’ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O`zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O`zbekiston davlat mustaqilligi to`g’risida qonun loyixasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qoror qildi.
1991 yilning 31 avgustida O`zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdagi tashqari oltinchi sessiyasi “O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qilish to`g’risida” qaror qabul qildi, tegishli Bayonot bilan chiqdi va “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to`g’risida”gi Qonunni tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal bo`lgan bu xujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi:u o`ztakdirini o`zi hal qiladigan bo`ldi;
o`zeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch qudratning to`la huquqli egasiga aylandi;
buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-odatlari va insonparvar an‘analarning davomchisi, porloq kelajagining mustaqil ijodkori bo`ldi;
“ O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e‘lon qilish to`g’risida”gi qarorda “1 sentabr‘ O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e‘lon qilinsin”, - deb qat‘iy belgilab qo`yildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari o`shaldi, ruyobga chiqdi uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo haritasida yana bitta mustaqil davlat - O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi O`zbekiston tarixida yangi davr milliy istiqlol davri boshlandi. O`zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish, xalqimiz uchun taqdirini o`zi belgilash, o`zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi.
O`zbekiston musttaqilligi mamlakat xalqi tomonidan zo`r quvonch va mamnuniyat bilan kutib olindi. Bu holatni 1991 yil 29 dekabrda o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasining referendumi yakunlaridan ham yaqqol ko`rib olish mumkin. Umumxalq referendumida 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ro`yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. O`zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e‘lon qilinishini yoqlab 9 million 718 ming 155 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2 foizi ovoz berdi. Demak, O`zbekistonning Dalat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma‘qullandi.o`sha, 1991 yilning 29 dekabrida xalqimiz uzoq yillik mustamlakachilikdan so`ng mustaqillik ramzi sifatida birinchi marta umumxalq xoxish-irodasi bilan mustaqil O`zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi.
O`zbekiston Prezidenti saylovi O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sesiyasida qabul qilingangO`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g’risida”gi qonun asosida o`tkazildi. Bu saylovning muhimtomoni shuki, u birinchi marta muqobillik asosida o`tdi, ya‘ni Oliy lavozimga ikki nomzod- O`zbekiston XDP va O`zbekiston kasaba uyushmalari federatsiya nomzodi I.A.Karimov va “ Erk “ Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov ( Muhammad Solix ) nomzodi qo`yildi.
Saylovlar yakuniga ko`ra 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi I.Karimov nomzodini 1million 220 ming saylovchi ( 12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g’risidagi qonunning 35-moddasiga asoslanib Islom Abdug’anievich Karimovni 1991 yil 29 dekabrdan O`zbekiston Respublikasi Preziidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi vazifasini bajarishga kirishar ekan, I.Karimov O`zbekiston Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bo`lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida qasamyod qildi 1995 yil 26 martda umumxalq ovozi (referendumi) bilan I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha o`zaytirildi. O`zbekiston Respublikasining oliy Majlisi tarixan qisqa vaqt ichida jamiyatda tubdan o`zgarishlar, huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish, turmushda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirilganligi va ana shu keng miqyosli islohotlarni o`zluksiz davom ettirish maqsadida Prezident I.A.Karimov vakolatini o`zaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o`tkazishga qaror qilgan edi. o`tkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy - ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
2000 yil 9 yanvarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yana bir unitilmas tarixiy voqea bo`lib o`tdi. 11 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2000 yil 9 yanvar kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston Prezidenti saylovi natijalariga bagishlandi.
Majlisda qayd etilgandek 2000 yil 9 yanvari mustaqil O`zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo`lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga va taraqqiyotiga jiddiy ta‘sir ko`rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi O`zbekiston fuqarolarining aksariyati xozirga davlat boshlig’ining rahbarligi ostida va tashabbusiga ko`ra amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoy-iqtisodiy o`zgarishlar qo`llab-quvvatlangan holda Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. Bo`lib o`tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o`tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular xoxish-irodasiga binoan, o`zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz bu hol jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va qarashlarining turlicha bo`lishi uchun katta turtki berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining yanada erkinlashtirliishiga zamin hozirladi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov Komissiyasi okrug saylov komiissiyalaridan kelgan bayonnomalar asosida 9 yanvarda bo`lib o`tgan saylovda ro`yxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming 199 saylovchi ishtirok etganligini, bu esa ro`yxatga olingan saylovchilarning umumiy miqdorining 95,1 foizini tashkil etishini ma‘lum qildi Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko`rsatilgan I.Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,9 foizi ovoz berdi. O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko`rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 4,17 foiz saylochi ovoz berdi.
O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g’risida”gi Qonunining 35-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug’anievich Karimovning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to`g’risida qaror qabul qildi.
O`zbekiston o`zmustaqilligini qo`lga kiritishidan ancha oldin respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayerlash va qabul qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991 yil 15 fevralda O`zbekiston Oliy Kengashi “O`zbekistonning davlat ramzlari to`g’risida” maxsus qaror qabul qildi
O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach jahon xalqaro talablar va me‘yorlar doirasida qiyofasini ko`rsatmog’i, buning uchun esa jahon butun imkoniyatlarini, o`zigaxos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo`lmog’i lozim edi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo`lib o`tgan VIII sessiyasi ”O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to`g’risida” qonun qabul qildi O`zbekiston Respublikasining davlat bayrg’gi va uning ramzi bizning mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo`lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayrog’iga xos bo`lgan eng yaxshi an‘analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo`lgan xususiyatlarni, xalqimiz milliy va madaniy sohalardagi o`zligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrog’i yurtimizning o`tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir.
1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to`g’risida” Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma‘noga ega.
O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992 yil dekabrda bo`lib o`tgan XI sessiyasi tomonidan O`zbekiston birinchi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bo`ldi
Shu sessiyada “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g’risida”gi Qonun ham qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.
O`zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunidagi Farmoniga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O`zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so`m muomalaga kiritildi.
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari to`g’risida Prezident I.Karimov: - “Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitutsiya kabi davlat va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir!” - dedi.
Har qanday mustaqil davlatlarning huquqiy asosi - bu uning asosiy Qonuni - Konstitutsiyasidir. Har qanday jamiyat kelajakni ko`zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq ko`rishga harakat qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yuto`q - O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo`ldi.
Konstitutsiya har qanday davlatning yuzi, obru-e‘tibori ham hisoblanadi. Chunki Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnomadir. Shu ma‘noda asosiy Qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongini va madaniyatini aks ettiradi. Vaholanki, uning ishlab chiqilishi va muhokama etilishida butun xalq ishtirok etdi.
Asosiy Qonunimizni baholashda AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik kengashi kabi nufuzli davlat va xalqaro tashkilotlarning olimlari faol qatnashdilar. Natijada O`zbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan mamlaktlar - AQSh, Frantsiya, Germaniya, Italiya kabi G’arb davlatlari, Misr, Turkiya, Hindiston va boshqa Sharq davlatlarining boy tajribasidan eng demokratik jihatlarini, insonparvarlik g’oyalarini tarannum etuvchi xalqaro xujjatlarning talablarini o`zida mujassamlashtirdi.
Shu bilan birga Konstitutsiyada o`zbek xalqining tarixiy milliy va islomiy qadriyatlari mumkin qadar to`laroq aks ettirishga harakat qilingan. Buyuk alloma Abu Nasr al-Forobiy davlatni boshqaruvchi kishilarning xalq o`rtasida obru-e‘tiborga ega bo`lishi, xalq tomonidan saylab qo`yilishini talab qilgan bo`lsa, ulug’ bobomiz Sohibqiron Amir Temur to`zuklarida davlatni boshqarishda oliy tabaqaga oid sayidlardan tortib, xunar axligacha bo`lgan ja‘mi 12 tabaqa kishilariga suyanib ish ko`rishni davrlarida alohida ta‘kidlab o`tganlar, “Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo`ladi” - degan so`zlarni zarhal harflar bilan bittirganlar.
Download 25,05 Kb.




Download 25,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi

Download 25,05 Kb.