• UMUMIY O‘RTA TA’LIM
  • Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli




    Download 58,06 Kb.
    bet2/3
    Sana22.01.2024
    Hajmi58,06 Kb.
    #142954
    1   2   3
    Bog'liq
    Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qu-fayllar.org

    MAKTABGACHA TA’LIM
    Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
    Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
    malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
    maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan
    ta’minlash;
    zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
    maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
    maktabgacha muassasalarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha massalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
    maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.

    UMUMIY O‘RTA TA’LIM
    To‘qqiz yillik (I-IX sinflar) o‘qishdan iborat umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy
    o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
    Umumiy o‘rta ta’limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur:
    maktabning I-IX sinflari doirasida sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishni ta’minlovchi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan ta’lim dasturlari bilan mantiqiy bog‘liqlik hisobga olinishi lozim;
    yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash;
    hududlarning jug‘rofiy va demografik xususiyatlariga, shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish;
    o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvini joriy etish;
    ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash;
    o‘quvchilar kasb-hunar tanlaydigan va psixologik-pedagogik jihatdan maslahatlar oladigan markazlar tarmoqlarini tashkil etish.

    1997 yildan boshlab 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji va 200 ga akademik litsey bunyod etildi. Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang’ich sinflarda o’quv-tarbiya ishlarga e’tibor kuchaytirilib, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000 yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 59 ta oliy, 258 ta o’rta-maxsus o’quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talabalar bilim olmoqda. Iqtidorli yoshlarga e’tibor kuchayib, ularning xorijiy mamlakatlardagi etakchi o’quv yurtlarida ilm­fan cho’qqilarini egallashini tashkil qilish uchun «Ulug’bek» (1993 y.), «Kamolot» (1996 y.), («Umid» 1997 yildan keyingi «Iste’dod» jamg’armasiga qo’shib yuborilgan) jamg’armalari tashkil etildi. Prezidentning 2004 yildagi farmoni asosida 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy davturi qabul qilindi. Dastur asosida maktablar qurilib, moddiy texnik baza yangilandi.Ta’limning barcha bosqichlarida davlat ta’lim standartlari yaratildi.


    Maktab darsliklari yangilandi. O’zbekiston respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuniga muvofiq umumiy o’rta ta’limning to’qqiz yil etib belgilanishi munosabati uni bitirgan o’quvchilar o’rta maxsus yoki kasb-xunar kollejlarida o’qishni davom ettirdilar.O’tgan qisqa davr ichida «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini» amalga oshirishdagi natijalar ancha quvonchlidir. Ta’lim - taraqqiyot bosqichidagi eng muhim tizim.Jamiki o’zgarishlar, yangilanishlar bevosita ta’lim rivoji bilan bog’liq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev iborasi bilan aytganda, «Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz»1.
    Islohotlar amalga oshirilgan yillarda umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, 12 yillik majburiy ta’limga o’tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bugungi kun talabalariga javob bermasligini va tubdan islohqilishga muhtoj ekanligini ko’rsatadi.2017 yil umum ta’lim va o’rta maxsus kasb-xunar tizimida tub isloxotlar yili bo’ldi.Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, ilg’or xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, malakali va mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi barcha qatlamlarining ehtiyojlarini hisobga olish va bandligini oshirish maqsadida 2018 yil 25 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimini, tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi.
    Ushbu Farmon bilan:
    1. 2018-2019 o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta ta’lim uzluksiz 11 yillik ta’lim negizida amalga oshirilmoqda.


    2. 2019-2020 o’quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o’qishga qabul qilish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo’lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo’lgan ta’lim muddatlarida amalga oshirilishi yo’lga qo’yilmoqda.


    Bugungi kunda mamlakatimizda 97 mingta maktabda 5,2 million o’quvchi ta’lim oladi, o’quv-tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi. O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 17 iyul kuni umumiy o’rta ta’lim tizimini islohqilish va rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishida o’qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi. Ta’lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko’tarish maqsadida 2018 yil 5 sentyabrda davlatimiz rahbarining «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomil­lashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni, shuningdek, qator qarorlar qabul qilindi. 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab maktablarda faoliyat olib borayotgan 450 mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Ular uchun maxsus davlat mukofoti ta’sis qilindi. O’qituvchini boshqa ishlarga jalb etish, maktablar asossiz tekshiruvlar o’tkazish amaliyotiga chek qo’yildi.2019 yilnig 29 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi farmonga imzo chekdi. Bolaning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini o’stirishga mo’ljallangan 


    Download 58,06 Kb.
    1   2   3




    Download 58,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli

    Download 58,06 Kb.