Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli




Download 58,06 Kb.
bet3/3
Sana22.01.2024
Hajmi58,06 Kb.
#142954
1   2   3
Bog'liq
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qu-fayllar.org

yangi darsliklar tayyorlash boshlanishi.boshlang’ich sinflarda DTS o’rniga bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan «Milliy o’quv dasturi» joriy etilishi.Boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o’qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa 100 foiz ustama to’lanishi.Hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag’batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratilishi 10 prezident maktabi; kimyo-biologiya, matematika va ATga ixtisoslashgan 197ta maktab ochilishi haqida ta’kidlab o’tilgan.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, ilmiy tadqiqot va inno­vatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg’or ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustaxkamlash hamda tegishli xududiy va tarmoq muammolarini xal qilishda ularning faol ishtirokini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, xalqaro miqyosda mamlakat ilm-fani nufuzini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Ma’lumki, keyingi ikki yilda shu borada ko’p ish qilinmoqda. Xususan, shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xaqiqiy a’zolarini tasdiqlash tug’risida»gi Farmoni (2017 yil 29 dekabr) qabul qilindi.

Fanlar akademiyasi xaqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995 yilda o’tkazilgan edi. Shundan buyon bu masala e’tibordan chetda qolib kelgani mazkur Farmonning tarixiy axamiyatini ko’rsatib turibdi. O’tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko’proqqisqardi va 2017 yil dekabr oyiga kelib akademiyaning atigi 63 nafar xaqiqiy a’zosi qolgan edi. Davlatimiz raxbarining topshiriqlari ijrosi doirasida qisqa vaqt ichida ilmiy tadqiqot faoliyatining normativ-xuquqiy bazasi va moliyalashtirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik saloxiyatini mustaxkamlash va samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan maqsadli kompleks chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda Fanlar akademiyasi aloxida o’rin tutadi. 9 ta ilmiy-tadtsitsot muassasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akade- miyasining fan yunalishi buyicha 3 ta bo’limi va Navoiy bo’limi tashkil etildi, O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo’lga quyildi. «2017-2021 yillarda ilmiy tadqiqot muassasalari infratuzlmasini mustaxkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi» qabul qilinib, bu soxada tizimli ishlar amalga oshrilmoqda.2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Xarakatlar strategiyasi”da fan va ta’lim sohalarini ri- vojlantirishning eng muhim yo’nalishlari sifatida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag’batlantirish, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexnazimlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari xuzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yilning «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi Xarakatlar strategiyasini amalga oshirish yo’lida yana bir katta amaliy qadam bo’ldi hamda iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga katta turtki berdi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akade­miyasining xaqiqiy a’zolarini tasdiqlash to’g’risda»gi Farmoni bilan 22 yillik uzoq tanafusdan so’ng akademiklikka tasdiqlash uchun eng munosib olimlar tanlov asosida saralab olindi. Farmonga muvofiq, akademiyaning Xay’ati va faoliyat ko’rsatayotgan xaqiqiy a’zolari tavsiyasiga ko’ra, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi xaqiqiy a’zosi tasdiqlandi. Akademiklar qatoridan fizika-matematika, kimyo, bio­logiya, texnika, qishloq xo’jaligi, tarix, iqtisodiyot, filologiya, huquqshunoslik, pedagogika, tibbiyot fanlari hamda san’atshunoslik sohalarida ko’zga ko’ringan, muhim mezonlar bo’yicha ko’p bosqichli saralashdan o’tgan olimlar o’rin oldi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilda imzolangan “ Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida” gi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligi tashkil etildi. Bu vazirlikning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilandi:
-davlat va jamiyat qurilishida;
-iqtisodiyot tarmoqlarida;
-qishloq xo’jaligi;atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga ilg’or innovatsin texnologiyalarni joriy etishda tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va rag’batlantirishdan iborat. 2019 yil 8 oktyabrda O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi bo’yicha Prezident farmoni e’lon qilindi. 2021 yilda «El-yurt umidi» jamg’armasi orqali etakchi xorijiy OTMlarga magistratura va doktoranturaga o’qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshirilishi.2021 yilda ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshirildi.

1



http://fayllar.org
Download 58,06 Kb.
1   2   3




Download 58,06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli

Download 58,06 Kb.