• Zarina Po‘latova Nurota tumani 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7295105 Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Foydalanishning samaradorligi




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana02.12.2023
    Hajmi0,68 Mb.
    #110058
      1   2   3
    Bog'liq
    huquq-fanini-o-qitishda-ilmiy-adabiyotlardan-foydalanishning-samaradorligi



    “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8 
    25 
    HUQUQ FANINI O‘QITISHDA ILMIY ADABIYOTLARDAN 
    FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI 
     
    Zarina Po‘latova 
    Nurota tumani 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7295105
     
    Annotatsiya: Yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar tufayli barcha, jumladan, 
    ijtimoiy - iqtisodiy sohalarda, shuningdek, ta'lim tizimida ham keskin o'zgarishlar yuz 
    bermoqda. Ozbekistonda ilm-fan. texnika va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga 
    asoslangan mukammal ta'lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. 
    Kalit so‘zlar: Huquqiy ong va madaniyat, demokratiya, fuqarolik jamiyati, 
    Avesto, madaniy boyliklar, Qur’onu Karim 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 9 
    yanvarda “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning chora 
    tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, bugungi kunda ta lim tizimida huquq fanini 
    tegishli darajada tashkil qilinishi, ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda, 
    mashgulotlar zamonaviy ta'lim texnologiyalariga tayangan holda, o‘t kazilishi 
    lozimligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'minlanishi 
    zarurligidan kelib chiqib, huquq fanlarini maqsadli, samarali va kafolatlangan natijali 
    oqitish davr talabidir. Sharqda taraqqiy etgan qarashlar to‘g‘risidagi huquqiy ilmiy 
    ta’limotlarni o‘rganishda falsafa, huquqshunoslik, sharqshunoslik, tarix, filologiya, 
    pedagogika sohasida ish olib borgan H.Boboev, A.Jo‘zjoniy, V.Zohidov, 
    A.Zunnunov, M.Inomova, Z.Muqimov, S.Nishonova, A.Saidov, H.Samatova, 
    M.Xayrullaev, O.Eshonov, SH.O‘razaev, K.Hoshimov kabi olimlar alohida o‘rin 
    egallaydilar.. 
    Birinchi davr – huquqiy ta’limning qadimgi davri – davlat va huquq paydo 
    bo‘lishidan to islom huquqi o‘rnatilguniga qadar (mil.av. VI-V asrdan milodning VII 
    asrigacha) bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda zardushtiylikning muqaddas 
    kitobi – “Avesto”, shuningdek, odat huquqi, So‘g‘d huquqi kabi manbalarda bayon 
    etilgan ta’lim-tarbiyada qo‘llanilgan usul va vositalar natijasida bolalar ona zamin va 
    uning tabiati, tabiat hodisalari, odamlarning kundalik hayot tarzi, hayvonot va jonsiz 
    olam haqida tasavvurga ega bo‘lgan. Ularning nazarida tashqi dunyo kengayib 
    borayotgandek bo‘lib, fikrlash qobiliyati va tafakkurlari rivojlanib bordi. Masalan, 
    zardushtiylik ta’limotining “Avesto” kitobida inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-
    huquqiy munosabatlari ma’lum qonun-qoidalarga asoslangani haqida ma’lumotlar 
    mavjud. Unda yer, suv, havo muqaddas deb e’lon qilinib, ularni asrash barcha 
    narsadan ustun bo‘lgan. Atrof muhitni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzganlar 



    Download 0,68 Mb.
      1   2   3




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish