|
“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8Bog'liq huquq-fanini-o-qitishda-ilmiy-adabiyotlardan-foydalanishning-samaradorligi“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8
26
jazolanib, huquqiy ta’lim-tarbiyaga asos solingan. Oila va jamoada berilgan so‘zdan
yoki qasamdan voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta
gunoh hisoblangan. “Avesto”da ko‘p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa
tayinlash lozimligi qayd etilgan. Shuningdek, “Avesto”da “yaxshilik ta’limini va
sadoqatni amalga oshirib..., yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. Odamlarga va
ularning avlodlariga baxt-saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar”, deb
ta’kidlangan. Zardushtlik ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. 15 yoshga
yetganlarga Zardusht qonunlari, axloqiy va ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal yo‘riqlari
o‘rgatilib, ular adolatlilik, halollik ruhida tarbiyalanganlar.
Ikkinchi davr – islom huquqi o‘rnatilganidan to Markaziy Osiyoning Rossiya
imperiyasi tomonidan bosib olinguniga qadar (milodning VII asridan XIX
oxirlarigacha ) bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Markaziy Osiyoga islom kirib kelishi
bilan bu an’anaviy sifatlar mustahkamlanib, boyitilgan. Islomning asosiy manbai
bo‘lmish “Qur’oni Karim” da axloq-odob, kishilarning tengligi, birodarligi, jamiyatga
xizmat qilish, ota-onaga hurmat kabi masalalar ravshan aks ettirilgan. Islomning
ikkinchi muqaddas manbai-“Sunna” (payg‘ambarning so‘zlari, amallari va
tasdiqlari)da insonning ma’naviy kamolot mezoni, dunyoqarashining kengligi,
bilimlarni qay darajada egallanganligi ko‘rsatilgan. Shaxs bo‘lib yetishishda muhim
omil – bilim egallash, deb qayd etilgan. Islom ta’limotida birovning haqiga hiyonat
qilish, halol mehnat bilan topgan molini, mablag‘ini zo‘rlik va aldov yo‘li bilan olish,
o‘g‘rilik qilish – og‘ir gunoh, qabih odat, deb ta’kidlangan. SHuning uchun ham
huquqiy ta’lim berishda Qur’oni Karim, hadis va boshqa manbalardagi
ko‘rsatmalardan foydalanish, ularni hozirgi zamon talablariga bog‘lash zarur.
Masalan, “Moida” surasidagi 3-oyatda: “Ey mo‘minlar, Ollohning o‘zi uchun haq
yo‘lni tutuvchi, adolat bilan shahodat - guvohlik berguvchi bo‘lingiz. Biron qavmni
yomon ko‘rishingiz sizlarni adolat qilmaslikka tortmasin!...” – deb, buyuriladi.
Demak, shaxsiy adovat orqali adolatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik ta’kidlangan.
Shuningdek, “Niso” surasida mulk huquqi, meros huquqi, omonat, to‘g‘ri guvohlik
berish xususida, “Baqara” surasida esa ayollik huquqlari, qarz berish to‘g‘risida
huquqiy ta’limotlar berilgan. Hadislarda ham ilm haqida, bilim olish haqida hikmatlar
mavjud.
|
| |