|
Urganch Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va Geografiya fakulteti 201-kimyo guruhi talabasi Xaitboyev Dilshodning fizik kimyo fanidan yozgan
|
bet | 1/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 349,5 Kb. | | #232011 |
Bog'liq UrganchDavlatUniversitetiTabiatshunoslikva Geografiya fakulteti 201
Urganch Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va Geografiya fakulteti 201-kimyo guruhi talabasi Xaitboyev Dilshodning fizik kimyo fanidan yozgan
Topshirdi: Xaitboyev D
Qabul qildi: Boltayeva..M
Mavzu: Molekulalarning qutblanishi
Reja:
I.Kirish. II.Asosiyqism.
Qutblanish turlari.
Refraktsiya.
Elektrod qublanish.
Molekulalarning qutblanuvchanligi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI KIMYO VA BIOLOGIYA YO‘NALISHLARIDA UZLUKSIZ TA’LIM SIFATINI VA ILM-FAN NATIJADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA.
Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.
Zero, o‘g‘il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi. Shu bilan birga, umum ta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligini, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma’nan eskirganligini, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur.
Shuningdek, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda sohadagi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanish borasida uzviy bog‘liqlik, samarali muloqot va hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umum ta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, xalq ta’limi vazirligi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin: respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar (keyingi o‘rinlarda — tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar)ni tashkil etish, bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ushbu maktablar maqomiga moslashtirish; respublika tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar)ni tashkil etish; tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o‘qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga oliy ta’lim muassasalarining 55 ta kafedralarini biriktirish; ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish; oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish. 2020-2025-yillarda kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta’lim sifatini hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirish bo‘yicha maqsadli dastur (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli dastur) muvofiq tasdiqlansin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Urganch Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va Geografiya fakulteti 201-kimyo guruhi talabasi Xaitboyev Dilshodning fizik kimyo fanidan yozgan
|