|
Urganch Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va Geografiya fakulteti 201-kimyo guruhi talabasi Xaitboyev Dilshodning fizik kimyo fanidan yozgan
|
bet | 3/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 349,5 Kb. | | #232011 |
Bog'liq UrganchDavlatUniversitetiTabiatshunoslikva Geografiya fakulteti 201 Refraksiya.
Refraksiya. Yuqorida moddalar statik elektr maydon ta’sirida joylashganda , ularda sodir bo’ladigan o’zgarishlar bilan tanishdik. Moddadan elektromagnit tebranish o’tgan vaqtda uning o’zgaruvchan elektr maydon ta’sirida moddalarda yuz beradigan o’zgarishlar aloxida axamiyatga ega. O’zgaruvchan bunday elektromagnit maydoni sifatida yorug’likni xam olish mumkin. Elektromagnit nazariyasiga muvofiq,nurning to’lqin uzunligi juda kata bo’lganda
n = √D yoki n2 = D(5)
bo’ladi, n – nurning sindirish ko’rsatkichi.Bu yerda agar D ning qiymati Klauzius-Mosotti tenglamasiga qo’yilsa,quyidagi tenglama kelib chiqadi:
R = µ/p = 4/3πN0a…. (6)
R-refraksiya deb ataladi.Demak n2 =D bo’lganda, P=R bo’lishi kerak. Bu tenglama faqat tug’ma dipoli bo’lmagan moddalargagina xos. Qutblangan molekulalarda Dning n2ga, Pning Rga teng bo’lmasligi sabablari quyidagilardir. Nurning elektr maydoni tez o’zgaruvchan bo’lib, uning o’zgarish tezligi (chastotasi) 4-10 sek1ga teng (ko’zga ko’rinadigan nur uchun). Issiqlik ta’sirida molekulalarning tebranish chastotasi 1011—1012sek1 ga teng. Shunday qilib molekulaning tug’ma dipoli nur maydonida qutblanishga ulgura olmaydi, ya’ni qutblangan molekula o’zgaruvchan maydonda orientatsion qutblanishga uchramaydi uning dipoli o’zgarmasdan qoladi. Shu sababdan, o’zgaruvchan maydonda qutblanmagan va qutblangan molekula bir xilda qutblanadi va P ning qiymati molekula uchun ham bir xil bo’ladi, Bunday xolda tenglama (6) o’z kuchini saqlab qoladi.
Xuddi shuningdek, og’ir yadro xam tez o’zgaruvchan maydonda qutblanishga ulgura olmaydi. Natijada atom qutblanish sodir bo’lmaydi. SHunday qilib, refraktsiya faqat elektron qutblanishga teng bo’lib qoladi:
P=R (7)
Molekulyar refraktsiya (yoki solishtirma refraktsiya) hamma elektronlarning qutblanishini ko’rsatadi. (6, 7) tenglamalarga muvofiq, molekulyar refraktsiyaning qiymati temperaturaga va bosimga bogliq emas. Shu bilan birga, uning qiymati moddaning agregat holatiga xam bog’liq bo’lmaydi. Shunday qilib, refraktsiya moddani harakterlovchi eng axamiyatli fizik konstantalarning biridir.
Refraktsiya additiv xossadir, molekulaning refraktsiyasi shu molekulani tashkil qilgan atomlar tuzilishi va tarkibiy qismlari (bog’, xalqalar) refraktsiyalar yig’indisiga teng bo’ladi.[4]
Refraktsiyaning additivligiga induktsion effekt kam ta’sir ko’rsatadi, lekin yondosh bog’lar ta’sir etadi. Bu vaqtda kuzatilgan refraktsiya additivlik qoidasiga muvofiq hisoblab chiqilgan refraktsiyadan ortiq bo’ladi. Bu hodisa refraktsiya ekzalyatsiyasi deyiladi. Refraktsiyaning additivligi moddalarning tuzilishini aniqlashga imkon beradi: moddalarning tuzilishini refraktsiyaning additivligidan foydalanib aniqlash bu sohadagi fizik usullarning biridir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Urganch Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va Geografiya fakulteti 201-kimyo guruhi talabasi Xaitboyev Dilshodning fizik kimyo fanidan yozgan
|