|
Mutaxasislikka kirish
|
bet | 29/66 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 200,13 Kb. | | #114466 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rniEzoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, faqatgina biluvchilar uchun mo'ljallangan insonning dunyo bilan o'zaro aloqalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqat abadiy va o'zgarmas, doimiy ekanligini ta'kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo'lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta'kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o'quvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, o'qituvchining himoyalash vazifasi muhimdir, u o'quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma'naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga yo'naltiradi.
Texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta'lim oluvchilarga «aniq» ilmiy bilimlarni berish va ularning o'zlashtirilishini ta'minlashdir. Bilim kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o'rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o'rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo'lsagina qadriyat sifatida e'tirof etiladi degan g'oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
Noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta'limni ijtimoiy institutlar, ya'ni, maktab va oliy ta'lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g'oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim «tabiatda» — Internet, «ochiq maktablar» - komputerlar vositasida ta'lim dasturlariga (masofadan o'qitish) muvofiq o'qitish samarali deya hisoblaydi.
Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari. O'quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonunivatlar umumiv va xususiv tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko'ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko'ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo’lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi.
I.P.Podlasiy1 ta'lim jaravonining quvidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko'rsatadi:
1. Ta'lim maqsadi quyidagilarga bog'liq: jamiyatning rivojlanish sur'ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.
Ta'lim mazmuni quyidagilarga bog'liq: ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur'ati, o'quvchilaming yoshi imkoniyatlari, ta'lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o'quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.
Ta'lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog'liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o'rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o'quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta'sir ko'rsatish hamda o'quvchilaming bilim olishga qobiliyatlari va ta'lim vaqti.
Ta'lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog'liq: metodlarni qo'llashda bilimlari va ko'nikmalari, ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, o'quvchilaming yoshi, ta'lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta'minot hamda o'quv jarayonini tashkil etish. Ta'limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog’liq: ta'lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta'sir ko'rsatishlarning asoslanganliligi.
Ta'limni rag'batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog'liq: ta'limning ichki rag'batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag'batlari.
Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlarning ko'plab soni ma'lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
Didaktik qonuniyatlar.
Gnoseologik qonuniyatlar.
Psixologik qonuniyatlar.
Kibernetik qonuniyatlar.
Sotsiologik qonuniyatlar.
Tashkiliy qonuniyatlar.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o'quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang'ich qoidalardir.
Tamoyil (yunoncha «prinsipium») - biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang'ich qoidasi; boshqaruvchi g'oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
|
| |