|
Hozirgi zamon bosqichida ta'lim mazmunini belgilovchi muhim
|
bet | 33/66 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 200,13 Kb. | | #114466 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rniHozirgi zamon bosqichida ta'lim mazmunini belgilovchi muhim g'oyalar (asoslar). Ta'lim mazmuni bu jamiyatning shaxsni ma'naviy rivojlanishi darajasiga qo'yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir.
Ijtimoiy tajriba quyidagi to'rt element bilan tavsiflanadi:
inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari;
faoliyatning ko'nikma, malaka va usullari;
yangi vazifalarni hal etish bo'yicha ijodiy faoliyat tajribasi;
—atrofdagilar bilan o'zaro emotsional (hissiy) — qadriyatli munosabatlar tajribasi.
Shularga muvofiq zamonaviy didaktika g'oyalariga ko'ra ta'lim mazmunining tarkibida quyidagilar o'z aksini topadi: 1) olam haqidagi bilimlar; 2) faoliyatni amalga oshirish usullari tajribasi; 3) ijodiy faoliyat tajribasi; 4) atrof-muhitga hissiy-qadriyatli munosabat tajribasi.
Bilim va ko'nikmalar ijodiy faoliyat asosi bo'lib qolishi mumkin, lekin faoliyatga tayyorlik uchun kafolat bo'la olmaydi. Atrof-muhitga hissiy munosabatda bo'lish u haqida bilish, lekin ularga to'g'ridan to'g'ri bog'liq bo'lmaslikni nazarda tutadi. Shaxsda atrof-muhitga hissiy munosabatni rivojlantirish uchun ta'lim jarayonida muntazam ravishda majmuaviy tadbirlarni tashkil etish zarur.
Ilmiy asoslangan ta'lim mazmunini qanday aniqlash mumkin? Ta'lim mazmuniga nima ta'sir ko'rsatadi? U nimaga bog'liq bo'ladi?
Ta'lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat bo'ladi:
fan, texnika, madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi;
ta'limning maqsad va vazifalari;
o'quvchilarning yoshi xususiyatlari;
- o'quvchi shaxsining ehtiyojlari.
Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim mazmuni o'quvchilarda atrof-muhit haqida umumiy tasavvurlarni hosil qilishi, ularni o'zlarining amaliy faoliyatlari uchun zarur bo'lgan bilimlarni izlash va bu bilimlarni hayotiy muammolarni hal etishda qo'llashga o'rgatishi kerak. Ta'lim mazmuni o'quv rejalari, o'quv dasturlarida, darsliklarda aks ettiriladi.
XX asr 80-yillarida amaliy qo'llanilgan o'rta umumta'lim maktabi namunaviy o'quv rejalari maktabni yangilash vazifalariga, o'quv-tarbiyaviy jarayonni hozirgi zamon talablari asosida tashkil qilishga mos kelmas edi. Bu o'quv rejasining eng asosiy kamchiligi — uni shakllantirishning haddan tashqari markazlashtirilishidir, bu esa maktablarning hammasi bir xil bo’lishi, taklif etilayotgan ta'lim idealining bir xilligiga olib keladi, unda shaxs, jamiyat va davlatning turli ta'limiy talablari hisobga olinmaydi; ko'p predmetlilik. o'quvchilarga vazifalar ortiqchalik, og'irlik qiladi va ta'lim mazmunining sun'iy qisqaligi, aralashligi yuzaga keladi; bu ta'limning texnokratik yo'nalishi uning insonparvarlik va madaniy, badiiy-yaratuvchilik rolini yo'qotishiga olib keladi. O'quv rejasining ana shu va boshqa ko'plab kamchiliklari didakt olimlar va amaliyotchilar tomonidan keskin va haqli ravishda tanqid qilindi.
1991-yilda O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirishga kirishildi. Bunday sharoitlarda ta'lim, yangi demokratik davlat barpo etish, madaniy va ma'naviy tiklanish, demokratik jamiyat va bozor munosabatlari shakllanishi, milliy fan vatexnikaning rivojlanishini dunyo standartlari talablari darajasiga ko'tarishning asosi bo'lib qolishi kerak.
Umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi mazmuniga talablar ta'limni rivojlantirish davlat strategiyasi bilan belgilanadi. Bu strategiya respublikaning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan (1997-yil), ta'limni tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy tizimni yaratish hisoblanadi. Ta'lim mazmunida quyidagi ikki jihat ko'zga tashlanadi; milliylik va umuminsoniylik.
Hozirgi sharoitda o'rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun ta'lim mazmuni (o'quv rejalari)ni ishlab chiqishda ta'lim mazmunida quyidagi g'oyalar yetakchi o'rin tutadi:
insoniylashtirish;
insonparvarlashtirish;
integratsiyalashtirish;
standartlashtirish;
ko'p bosqichlilikka asoslanish;
amaliylashtirish;
axborotlashtirish;
individuallashlirish;
uzluksizlik.
Ta'lim mazmunini insoniylashtirish ta'lim jarayonida o'quvchi shaxsining ustuvor o'rin tutishi, uning shaxsi, xohish-istak va qiziqishlarini hurmat qilish, birinchi navbatda ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil hayotda o'z yo'Ilarini topib olishlari uchun sharoit yaratishni ko'zda tutadi. Insoniylashtirish gumanitar va tabiiy fanlarni optimal nisbatlarda bo'lishi, matematik, biologik, texnik kurslar mazmunini insoniylik haqidagi bilimlar bilan boyitishni ko'zda tutadi. Ta'lim mazmunida insonparvarlik g'oyalarining aks etishi o'quvchilarda fikrlash layoqatining shakllanishiga yordam beradi.
Ta'limni insoniylashtirish bu ta'lim tizimi va butun ta'lim jarayonini har bir inson huquqlarini hurmat qilish, pedagoglar o'rtasida o'zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, ularning sog'liqlarini saqlash va rnustahkamlash, shaxsiy qadr-qimmatlarining his etishlarini ta'minlash va shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ta'limni insonparvarlashtirish yangi tayanch o'quv rejasining ikkinchi muhim g'oyasidir. Ta'limni gumanitarlashtirish birinchi navbatda tayanch o'quv rejasida gumanitar fanlar hajmini oshirishda o'z ifodasini topadi (50 % dan ko'proq). Bu xususan estetik tarbiyani tashkil etishga o'quv vaqtini ikki barobar ko'paytirishga imkon beradi. Gumanitarlashtirish — bu ta'limning bosqichi va turidan qat'i nazar asosiy ijtimoiy muammo — inson farovonligi muammosini hal etishga imkon beruvchi ta'lim mazmunini o'zlashtirishga yo'naltirishdir.
1997-yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasida O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi ta'lim tizimini rivojiantirishda yangi bosqich bo'ldi. Davlat ta'lim standartlari talablaridan kelib chiqib ta'lim dasturlarining yangi avlodi ishlab chiqildi.
Kurslarni integratsiyalashtirish ta'limning yangi mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan yana bir g'oya o'quvchilarda, dunyoni yaxlit tasavvur qilish layoqatini rivojiantirishda umumlashtiruvchi, dunyoqarashni shakllantirish imkonini beruvchi integrativ fanlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |