• 3.Xulosa. 4.Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
  • Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti




    Download 39,25 Kb.
    bet1/5
    Sana16.05.2024
    Hajmi39,25 Kb.
    #237712
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    amaliyot




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


    MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI HISOBOTI
    Reja:
    1.Kirish.
    1.1. Texnika xavfsizligi.
    1.2. Amaliyot o’tash joyi bilan bilan tanishuv.
    2.Asosiy qism.
    2.1. Talabaning amaliyot o’tash joyidagi tartib qoidalari bilan tanishish.
    2.2. Korxona tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar va uning vazifasi.
    2.3. Koxona tuzilishi.
    2.4. O‘zbеkistоn ta’lim tizimida maktablarning o’rni
    3.Xulosa.
    4.Foydalanilgan adabiyotlar.

    Kirish
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-sonli Farmoni tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqazo etmoqda .
    Telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini rivojlantirish dasturi hamda «Elektron hukumat» axborot tizimi komplekslari va ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha tadbirlar va loyihalar ro‘yxati tasdiqlangan. Bundan tashqari, ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020-yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil etildi.
    O‘zbekiston Respublikasida 2013-2020-yillar mobaynida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini rivojlantirish dasturida keng polosali optik tarmoqlarni kengaytirish, optik tolali aloqa liniyalarini qurish, BRAS qurilmalarini o‘rnatib, keng polosali tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish, «UZMOBILE» mobil tarmog‘ini hududlarda rivojlantirish – 1-bosqich yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatish (EVDO texnologiyasi), «UZMOBILE» mobil tarmog‘ini hududlarda rivojlantirish – 2-bosqich yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatish (LTE texnologiyasi), 3G, 4G, LTE va boshqa mobil aloqa operatorlarini hisobga olgan holda mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, NGN texnologiyasi bo‘yicha kommunikatsiya qurilmalarini kengaytirish, kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash, paketli kommutatsiya xalqaro markazlarini kengaytirish, O‘zbekiston Respublikasi magistral tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish, ma’lumotlarni uzatish multiservis tarmoqlarini qurish, magistral optik tolali aloqa liniyalarini qurish, korporativ sektorga multimediali xizmatlarni ko‘rsatuvchi studiyalarni yaratish, axborot- ma’lumot xizmatlari markazlarini yaratish (call-center), ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish «Data-sentr» (quyidagi shaharlarda: Toshkent, Qo‘qon, Buxoro), tez-tez foydalaniladigan ma’lumotlarni saqlash markazlarini yaratish (keshlash markazlari), davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy xokimiyat organlari korporativ va lokal- hisoblash tarmoqlarini yaratish va modernizatsiya qilish kabi vazifalar rejalashtirilgan.
    Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. So‘nggi yillar mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida, mamlakatimiz aloqa sohasi yuqori natijalarga erishilmoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, yangi raqamli texnika vositalarini o‘rnatish, ularni optimallashtirish ishlari natijasida, jahon axborot integratsiyalashuvi jarayoniga O‘zbekistonning jadal suratda qo‘shilishi ko‘zga tashlanmoqda.
    Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlanishi uch omilga asosan aniqlanadi: trafikni o‘sishi, jamiyatni yangi xizmatlarga bo‘lgan talabini oshishi va texnologiyalar sohasida yutuqlarga erishish. Bu omillar mustaqil hisoblanmaydi, biroq ularning har biri elektr aloqani rivojlanish g‘oyasini aniqlaydi. Qurilmalarni yetkazib beruvchilar orasidagi raqobat va texnologik yutuqlar qurilmalarning narxini tushishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida trafikni o‘sishi va yangi xizmatlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
    XX asrning 90-yillari boshidan telekommunikatsiya raqamlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha rivojlandi. Bu nafaqat axborotlarni uzatishda, balki taqsimlash, saqlash va qayta ishlashda ham tejamkor usullarni ta’minlovchi bosh yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoldi. Raqamli telekommunikatsiya tarmoqlarini jadallik bilan rivojlanishini, analog uzatish tizimlari bilan solishtirganda bir qancha afzalliklari bilan farq qiladi, masalan: yuqori shovqinbardoshliligi, aloqa liniyasining uzunligiga uzatish sifatining kuchsiz bog‘lanishi, aloqa kanallarining elektrik parametrlarini mo‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini qo‘llashning samaradorligi va boshqalar.
    Bir vaqtning o‘zida aloqa xizmatlarining soni oshishi bilan, oddiy telefon xizmatidan tortib to integral raqamli aloqa tarmoqlarini ta’minlovchi multimedia xizmatlarigacha ularning sifati o‘zgardi. Ko‘pgina mutaxassislar, telekommunikatsiya texnologiyalarining keyingi evolyutsiyasi, axborotlarni uzatish tezligini oshirish, tarmoqni intellektuallashtirish va foydalanuvchilarning mobilligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha ketadi deb ta’kidlashmoqda.
    1999-yilda “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2107-yil 7-fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” farmonida Respublika hududlarida 2300 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish, kommutatsiya markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish, mobil aloqa operatorlarining 1843 ta baza stansiyalarini o‘rnatish, 66 ta yuqori quvvatli va 328 ta kam quvvatli raqamli televidenie uzatkichlarini o‘rnatish va ishga tushirish kabi vazifalar belgilangan.

    Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni bajarish uchun soha mutaxassislari hamda “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar optik aloqa asoslari, tolali optik aloqa tizimlari, keng polosali tarmoqlar va multimediali aloqa tarmoqlari tushunchalarini mukammal bilishlari talab etiladi. Nazariy, amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun zamonaviy o‘quv alabiyotlarning o‘rni muxim axamiyatga ega. “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishiga o`qitiladigan Telekommunikatsiya tarmoqlari, Optik aloqa tizimlari, Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, Keng polosali tarmoqlar kabi fanidan hozirgi kunda davlat tilidagi o‘quv adabiyotlar, ayniqsa, lotin alifbosidagi adabiyotlar yetishmayotganligi kuzatilmoqda. Ushbu kamchiliklarni to‘ldirish maqsadida “Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko`rsatish va loyihalash” nomli o‘quv adabiyoti tayyorlandi.
    Darslik kirish qismi va 4 ta asosiy boblardan iborat bo‘lib, unda quyidagi mavzular bo‘yicha muxim nazariy ma’lumotlar berilgan. Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish; Tolali optik aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi , optik kanallarini zichlashtirish usullari; Keng polosali abonent kirish tarmoqlarga texnik xizmat ko`rsatish; Raqamli abonent kirish tarmoqlari; Simsiz keng polasali kirish tarmoqlari va ularni kurish usullari; Ethernet texnoloiyasi asoslari; Kanallari to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlovchi WDM texnologiyasiga asoslangan keng polosali transport tarmoqlari; keng polosali tarmoqlarda qo‘llaniluvchi protokollar; Multimеdiali aloqa tarmoqlariga texnik xizmat ko`rsatish; Multimediali aloqa tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnologiyalar; Multimediali signalizatsiya va sinxronizatsiya tizimlari; Konvergent aloqa tarmoqlari; Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini loyihalashtirish kabi mavzular bayon qilingan.
    “Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko`rsatish” nomli o‘quv adabiyotidan, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Telekommunikatsiya sohasida ilmiy faoliyat olib borayotgan mutaxassislar uchun mo`ljallangan.
    Bundan tashqari “Telekommunikatsiya texnologiyalari” bakalavriatura yo‘nalishida o`qitiladigan, “Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish asoslari”, “Keyingi avlod kanvergent tarmoqlari” va “Aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash” kabi fanlarini o‘zlashtirishda ham foydalanish mumkin.

    Download 39,25 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 39,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti

    Download 39,25 Kb.