|
Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti
|
bet | 2/5 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 39,25 Kb. | | #237712 |
Bog'liq amaliyotXavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; ishchidagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va i.ch.da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i.ch.ga tatbiq qilish.
Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsshdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik,havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi.
Har bir tashkilot yoki korxonada texnika xavfsizligi muhim ahamiyatga ega . Bu har bir shaxs uchun hayotiy faoliyat xavfsizligini ta`minlaydi. Shuning uchun ham maktab , kollej, litsey va turli tashkilotlarda texnika xavfsizligi bo`yicha turli talablar qo`yilgan. Bu talablarga quyidagilarni misol qilish mumkin :
Yong`in xavfsizligi oynasi
Xona haroratini normallashtiruvchi vosita bo`lishi
Tikka quyosh nuri tushmasligini ta`minlash
Xonada kompyuterlar zararini kamaytirish uchun maxsus gullar bo`lishi
Kabellar ochiq hold bo`lmasligi kerak
Kompyuterlarni ulash uchun maxsus shit bo`lishi kerak
Kompyuter xonalari sanitariya gigiyena qoidalariga rioya etilgan bo`lishi
kerak.
Bundan tashqari yana ko`plab talablar bo`lib bu talablarning har biri hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxona, tashkilot va muassasalar bino, inshootlari hamda xonalarining yong‘inga qarshi holati, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha javobgarlik ushbu ob'ektlarning rahbarlariga yuklangan.
Korxona, tashkilot va muassasalar ob'ektlari rahbarlari tegishli buyruq bilan har bir bino va inshoot hamda xonaga yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha javobgar shaxslarni biriktiradi.
Yong‘in yoki boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda, insonlar va moddiy boyliklarni qutqarish rejasi ishlab chiqilib, ko‘rinarli joylarga o‘rnatilishi lozim.
Korxona, tashkilot va muassasalarda quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- har bir ob'ektda favqulodda vaziyatlarda insonlarni evakuasiya qilish uchun loyihada belgilangan kirish-chiqish yo‘laklar turli buyum va jihozlar bilan to‘sib qo‘ymaslik;
- evakuasiya kirish-chiqish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi ko‘rsatgichlarni ko‘rinarli nuqtalarga joylashtirish;
- bino va inshootlar hamda xonalarni yong‘inni o‘chirish birlamchi vositalari bilan me'yor talablari asosida jihozlash;
- yong‘inga qarshi suv ta'minoti va ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklarining soz holatda bo‘lishini, shuningdek, ularni yeng, dastak va ulash moslamalari bilan ta'minlash;
- bino va xonalarda barcha elektr ta'minoti tizimining “Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari” talablari asosida ishlashini ta'minlash;
- ob'ektlarda isitish tizimi, qozonxonalar, tabiiy va suyultirilgan gaz, boshqa muqobil yoqilg‘i maxsulotlarida ishlaydigan uskunalarning sertifikatlangan hamda soz holatda bo‘lishini ta'minlash;
- ob'ektlarning bino va inshootlari, boshqa konstruksiyalarning texnik mustahkamligiga erishish.
Ish vaqti tugagandan so‘ng har bir xonadagi kondisioner, komp'yuter, tele-video apparaturalar, boshqa turdagi barcha elektr jihozlari va maishiy uskunalarni o‘chirib, elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish lozim.
Barcha elektr sim va kabellar tashqi himoya qobiqlarining elektr tokiga qarshi chidamlilik darajasini mutaxassislar tomonidan sinovdan o‘tkazish.
Korxona, tashkilot va muassasalarning bino hamda inshootlarida quyidagilar taqiqlanadi:
- Ob'ektlarga yong‘in-qutqaruv va boshqa maxsus xizmatlar avtoulovlarining yetib borishi uchun ular harakatlanadigan yo‘llarni sun'iy to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi;
- yerto‘la, sokol, qavatlarda yonuvchi va yengil alangalanuvchi suyuqliklar, portlovchi moddalar, gaz ballonlari, aerozol hamda boshqa portlash xavfini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalarni saqlash;
- chordoqlar, texnik xizmat ko‘rsatish joylari, ventkamera va boshqa texnik xonalarda ishlab chiqarish bo‘linmalari, ustaxonalarni joylashtirish hamda mahsulotlar, uskunalar va boshqa buyumlarni saqlash;
- yerto‘la va yarim yerto‘lalarda yonuvchan buyumlar saqlash omborxonalari, ustaxonalar, xo‘jalak xonalarini joylashtirish, agar ularga kirish eshiklari umumiy kirish zinalaridan (eshigidan) alohida bo‘lmasa;
- yo‘laklar, yuqori qavatlarga o‘tish lyuklari, qo‘shni xonaga o‘tish yo‘laklaridagi eshiklar va zaxira chiqish yo‘llarini turli mebellar, buyumlar va boshqa yonuvchan ashyolar bilan to‘sib qo‘yish;
- yo‘laklar, zaxira chiqish yo‘llari va zinapoyalarda o‘zboshimchalik bilan devorlar, shiftlar va ayrim holatlarda pollarga yonuvchan qurilish materiallarini qoplash, bezatish, bo‘yash ishlarini olib borish;
- xonalarda me'yor talablariga javob bermaydigan, qo‘lbola yasalgan elektr isitish moslamalari hamda vaqtincha o‘tkazilgan elektr simlardan foydalanish;
- belgilanmagan joylarda sigareta chekish, ob'ektlar va ularning atrofida payvandlash ishlarini o‘tkazish hamda ochiq olov bilan ishlash;
- nosoz gaz quvurlari, asbob-anjomlari va maishiy gaz ballonlaridan foydalanish.
Yong‘in yoki tutun hidi sezilsa, zudlik bilan quyidagilarni bajarish lozim:
- yong‘in-qutqaruv xizmatiga “101” yoki “1050” raqamlari orqali xabar berish;
- yong‘in joyidan insonlarni qutqarish;
- navbatchi xodimlarga xabar berish;
- birlamchi vositalar bilan yong‘inni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Ma'lumki, axborot tеxnologiyalarining inson faoliyati hamma jabxalarga kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib chuqurlashib bormoqda. Umumiy soni, ko’p yuz milliondan oshib kеtgan, kеng tarqalgan shaxsiy kompyutеrlardan tashqari, hisoblash tizimlarining maxsus vositalari ham ko’payib bormoqda. Bu turli-tuman hisoblash tеxnikasidan foydalanuvchilar soni ham ko’payib bormoqdaki, bunda ikki qarama-qarshi tеndеntsiyani rivojlanishi kuzatilmoqda. Bir tomondan, axborot tеxnologiyalari borgan sari murakkablashmoqda va ularni qo’llash uchun, va ularni kеyingi rivojlanishi uchun juda chuqur bilimlar talab qilinadi.Boshqa tomonda, foydalanuvchilarning kompyutеrlar bilan muloqati soddalashmoqda. Kompyutеrlar va axborot tizimlari borgan sari “do’stona” bo’lib bormoqda, va hatto ular informatika va hisoblash tеxnikasi sohasida mutahassis bo’lmagan odamlar uchun ham tushunarli bo’lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va ularning dasturlari, hisoblash tеxnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta'minot – opеratsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga kеldi.
Operatsion tizim bu kompyuter va foydalanuvchi o`rtasidagi bir tarjimon deb aytsak bo`ladi. Ya`ni tilni tushunmasdan turib ham muloqot qilish imkonini beradi. Bugungi kunda yaratilayotgan Operatsion tizimlar hamma talablarga javob beradi. Faqatgina uni chuqur o`rgansakkina unda kechayotgan har bir jarayon naqadar murakkab ekanligini tushunib yetamiz. Buni o`rganish uchun esa bizda hamma imkoniyatlar yetarli desak mubolag`a bo`lmaydi.
OT asoslarini va ularning ishlash printsiplarini bilish, kompyutеrdan samarali foydalanishga olib kеladi. OT larni chuqur o’rganish, avvalambor bu bilimlarni, dasturiy ta'minot yaratishda ishlatishga imkon bеradi.
Hozirgi informatsion texnologiyalar rivojlangan davrda yashar ekanmiz operatsion tizimlar , kompyuter dasturiy ta`minoti haqida bilish va o`rganish biz uchun muammo bo`lmaydi .
Hozirda yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlik ishlari va kichik tashkilotlar rivojlanishiga katta e`tabor qaratilmoqda. Men amaliyot o`tagan tashkilotda ham buni yaqqol ko`rishimiz mumkin.
Yurtimizda informatison texnologiyani rivojlantirish maqsadida boshlang`ich sinf o`quvchilariga ham informatika darsliklari qo`yilmoqda. Bu orqali yoshlarni texnologik jarayonlar haqida tushuncha va tasavvurga ega bo`lishini ta`minlaydi.
Biz yoshlarga juda ko`plab imkoniyatlar yaratilgan va biz bu imkoniyatlardan samarali foydalanib , yurtimiz uchun yurtizmizdagi texnologik jarayonlar yanada yuksalishi uchun o`z hissamizni qo`shishimiz lozim.
|
| |