|
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”
|
bet | 44/83 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 398,43 Kb. | | #100235 |
Bog'liq N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (1)Uslubni qo‘llash natijasida talabalar tomonidan: birgalikda ishlash shakllanadi;
nutq so‘zlash va o‘z fikrini asoslab berishga, himoyalanishga o‘rganadi; mustaqil fikrlash va muammolarni yechishga ishtiyoq shakllanadi; o‘rganishga, ishlashga ko‘nikma hosil bo‘ladi.
Kichik guruhlarga bo‘lib o‘tilgan darsda o‘qituvchi yagona axborot beruvchi, taqriz qiluvchi, baholovchi shaxs sifatida markazda turmaydi. U mavzuni o‘rgatuvchidan darsni tayyorlovchi va tashkil etuvchiga aylanadi.
Kichik guruhlarda berilgan topshiriq bo‘yicha mavzuni intensiv o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash, ularni chuqur o‘zlashtirishga harakat qilish natijasida olingan bilimni uzoq muddat yodda qolishiga erishiladi.
Juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan unga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bog‘liq.
Kichik guruhlarda ishlash faqat qo‘yilgan topshiriqni emas, balki uning natijasini muhokama qilishni ham o‘z ichiga oladi. Bunda doskadan, texnik vositalardan foydalanish mumkin.
Kichik guruhda ishlashning ahamiyatli jihati kichik guruh, oxir-oqibat umuman butun guruhning ishini unumli bo‘lishini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi avvaldan hamma dars jarayonini rejalashtirishi kerak.
Tayyorgarlik ko‘rish:
maqsad qo‘yish:
material tanlash;
kichik guruhlarga topshiriqni tushuntirish;
zarur materiallar bilan ta’minlash;
qo‘yilayotgan topshiriqni, masalani o‘qituvchining o‘zi yechishi zarurligi.
Axborot bilan ta’minlash:
kichik guruhlar qanday topshiriq oladilar, uni bajarishga qancha vaqt ajratiladi; qanday qoidalarga rioya qilish kerak kabilar e’lon qilinadi.
Topshiriq ustida ishlash:
kichik guruh topshiriqni olgach, vazifalarni bo‘lishib olishi mumkin; kichik guruhlar o‘zining topshirig‘ini bajaradi.
kichik guruh o‘z ish natijasini gapirib berishga, qilgan ishini ko‘rsatishga tayyorlanadi.
kichik guruh o‘z ish natijasini boshqa kichik guruhlar ish natijasi bilan taqqoslaydi.
Kichik guruhlar ish natijasini muhokama qilish:
kichik guruhlar qo‘yilgan masalani birgalikda muhokama qilish uchun yig‘iladi;
kichik guruhdan bitta talaba (dokladchi) erishgan natijani qisqacha doklad qiladi;
ish natijasi muhokama qilinadi;
bildirgan fikrlar bo‘yicha umumiy xulosaga kelinadi;
talabalarga umumiy natija e’lon qilinadi.
O‘qituvchining roli:
qaror qabul qiladi;
darsni tashkil qiladi va boshlaydi.
nazorat qiladi va zarur bo‘lganda, aralashadi.
tahlil qiladi va baholaydi.
Metodning afzalliklari va kamchiliklari
Kichik guruhlar ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan darsni to‘g‘ri tashkil qilish, topshiriq va uning tarkibini aniqlash, dars o‘tkazishni rejalashtirish va o‘tkazishga bog‘liq. Darsni quyidagicha rejalashtirish mumkin.
O‘zaro ijodiy bog‘liqlik, birbiriga ta’sir etish. Guruhda ijobiy tarzda o‘zaro ijodiy bog‘lanish yuz beradi.Bunda:
Kichik guruh oldiga umumiy maqsad qo‘yiladi (masalan, guruhda bironbir materialni o‘zlashtirish. Savolga javob berishi lozim bo‘lgan talabalar ana shu materialni guruhning har bir a’zosi tushunib yetishiga e’tibor qilishi kerak).
Guruhning barcha a’zolari rag‘batlantiriladi (masalan, guruhning har bir a’zosi topshiriqni bajarib, belgilangan natijaga erishgandagina ball oladi).
Guruh a’zolari o‘zlarida bor material va axborotni o‘zaro almashtirishlari, o‘rtoqlashishlari kerak (masalan, guruhning bir qismi bir materialni, ikkinchi qismi boshqa materialni o‘rganadi va so‘ngra olgan axborotlari bilan fikr almashadilar).
Guruh a’zolari o‘zaro hamkorlikda o‘ylaydilar va ma’lum rolni bajaradilar (masalan, biri yozib turadi, biri butun guruh nomidan so‘zga chiqadi. Boshqalari munozarada qatnashadi). Shunday tarzdagi ijodiy bog‘lanish ijobiy natija beradi. O‘zaro hamkorlik jarayonida (og‘zaki tahlil va muloqotda, biri bilgan axborotni ikkinchisi bilmasligi mumkin) talabalar birbiridan o‘rganadi.
|
| |