N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”




Download 398,43 Kb.
bet2/83
Sana17.11.2023
Hajmi398,43 Kb.
#100235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (1)
2 (2), 3 (2), 2-mavzu Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jaray, , 27
Taqrizchilar:
Umarov I.Yu. – Andijon davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari doktori
Nosirov I.A. – Farg‘ona politexnika instituti “Menejment” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari doktori


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunini hayotga tatbiq etish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Ushbu dasturiy hujjatda kadrlarning mamlakatimizni iqtisodiy ravnaq topishini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynashi hisobga olingan.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishning qonun-qoidalariga amal qilgan holda turli yo‘nalishlar bo‘yicha pedagoglar tayyorlashga kirishildi. Shu jumladan, professional iqtisodchi pedagoglar tayyorlash ham qo‘yilgan vazifani amalga oshirishning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Jamiyatning taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday holatda ham to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun faqat an’anaviy uslublarga tayanib dars o‘tish yetarli emas. Bu esa ta’lim tizimida jahon tajribasidan keng foydalanishni talab etadi. Shu talabdan kelib chiqib, kasb ta’limining bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mutaxassislik fani sifatida «Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi» darsi o‘qitiladigan bo‘ldi.
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va bu sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilim olishga, iqtisodiyot sir–asrorlarini o‘rganishga bo‘lgan harakatni, fanni chuqur o‘rganishga bo‘lgan talablarni ham kuchaytirdi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy qonunlarni yaxshi biladigan, turli vaziyatlarni taqqoslash, iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida samarali xo‘jalik yuritish uchun muqobil variantlarni to‘g‘ri tanlash va qaror qabul qilish malakasiga ega bo‘lgan iqtisodchilar tayyorlashnigina emas, balki ularni o‘qitadigan iqtisodchi pedagoglar tayyorlashni ham talab qiladi.
Iqtisodchilar tayyorlashdagi mutaxassislik fanlarini o‘qitadigan iqtisodchi pedagoglar tayyorlashda iqtisodiy fanlar yetakchi o‘rin tutadi. Shu sababli bu sohadagi talabalar uchun maxsus mutaxassislik fanlari bu iqtisodiy fanlar bo‘lgani tufayli iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi o‘rganiladi.
Iqtisodiy fanlarni yoshlarga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi bu fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo‘llay olishi talab etiladi. Shu bilan birga, pedagogika, psixologiya, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, pedagogik texnologiya va boshqa fanlarni ham chuqur bilishi zarur bo‘ladi.
Kadrlar tayyorlashdagi asosiy maqsad zarur bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
Ma’lumki, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar o‘z navbatida ishchi kuchiga ham alohida talablar qo‘yadi. Ya’ni, ishchilar malakali, mahoratli, talabning o‘zgarishiga moslashuvchan, o‘z malakasini oshirishga intiluvchan bo‘lishi talab etiladi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talablarni talabalar chuqur idrok etishlari, mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarashlarni taqqoslash, tahlil qilishga, oqilona xulosa chiqarishga o‘rganishlari lozim. Jahon pedagogikasida diqqat e’tibor talabalarda ana shu xislatlarni hosil qilish va tarbiyalashga qaratilgan. Tajriba talabalarda aynan ana shu xislatlar, ko‘nikmalarni hosil qilishda dars berishning interaktiv metodlarini qo‘llash ijobiy natija berishini ko‘rsatdi. Bu uslublar dars o‘tishni dialog tarzida amalga oshirishga, ayniqsa, talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlashga qaratilgan. Bu borada iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi fani o‘ziga xos o‘rin tutadi va talabalarning iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishlariga yordam beradi. Ma’lumki, iqtisodiy fanlar, bir tomondan, umumiy jihatlarga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shubhasiz, bu maxsus fanlarni o‘qitish metodikasida ham o‘z aksini topadi.








1-MAVZU. MAXSUS FANLARNI O‘QITISH METODIKASI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 398,43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Download 398,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Download 398,43 Kb.