• 2.2. Kadrlar tayyorlash va dars berish mazmunini o‘zgartirish – davr talabi
  • 2.3. Ta’lim muassasalarida dars o‘tishning xususiyatlari
  • N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”




    Download 398,43 Kb.
    bet8/83
    Sana17.11.2023
    Hajmi398,43 Kb.
    #100235
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
    Bog'liq
    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (1)
    2 (2), 3 (2), 2-mavzu Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jaray, , 27
    Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblari bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurti. Unda o‘quvchilarga o‘zlari tanlagan kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilim beriladi va kasb-hunar o‘rgatiladi. Ular zamonaviy jihozlanganligi, o‘qituvchipedagoglar saviyasi, o‘qish jarayonini tashkil etilishi va talabalarga kamida 23 zamonaviy kasb-hunar bera olishi bilan oldingi kasb-hunar maktablaridan tubdan farq qiladi.
    Respublikamizda 11 yillik umumiy o‘rta ta‘lim, akademik litsey va texnikumlar tizimini shakllanganligi, ularning kadrlar yetishtirib berishdagi o`rni beqiyos. Bundan tashqari ta`lim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori darajada ko’rib chiqilishi yo’lga qo’yilgan bo’lib, tarkibiy qismlarining funksiyalari aniq belgilangan va o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni tizimli bajarilishini ta’minlashni talab etmoqda. Odatda, davlat talablarni bajarilishini statistik tizim orqali baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash o’zining qator ustunliklari bilan ajralib tursada, dinamik tizimlarda ro’y berishi mumkin bo’lgan ba’zi holatlarga e’tibor bilan qarash imkonini beramaydi. Uzluksiz ta‘lim tizimi sifatini ta‘minlashda bir qancha muammoli masalalar mavjudligini ko’rish mumkin. Jumladan: • Nima uchun maktabning birinchi sinfiga borgan bola darslarga moslashish va fan dasturida berilgan mavzularni o’zlashtirishda qiynaladi? • Nega boshlang’ich ta‘limda yaxshi baholarga o’qigan bola yuqori sinflarda o’qishi pasayib ketadi? • Nima uchun o’quvchi kasb tanlashda mustaqil tanlovni amalga oshira olmaydi? • Nega oliy ta‘limni tugatganlar kasbiy faoliyatga tezkor kirishib keta olmaydi? Bu kabi savollarning javobi sifatida uzluksiz ta‘lim tizimida uzviylikning ta‘minlanmaganligini ko’rsatish mumkin. Uzluksiz ta‘lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta‘minlanmaganligi ta‘lim sifati va samaradorligiga salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda. Jumladan, ta‘lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko’p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma‘lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar mavjud. Ta‘lim bosqichlari mazmuni tahlilida 10–15 foiz mavzularning takror berilayotganligi, 50–60 foiz mavzularda uzviylik ta‘minlanmaganligi tahlillarda ko’rindi. Maktabgacha ta‘lim, Xalq ta‘limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirliklari o’z ta‘lim obyektlari bo’yicha me‘yoriy hujjatlar tayyorlash jarayonida bir qancha ijobiy natijalarga erishgan bo’lsalar-da, ammo uzluksiz ta‘lim tizimida uzviylik yetarlicha ta‘minlanmay kelmoqda. Oldimizda ta‘lim mazmunini belgilashga xizmat qiluvchi, uzluksiz ta‘lim tizimining me‘yoriy hujjatlari, o’quv dasturlarining uzviyligini tahlil qilish, ularning har bir fan bo’yicha bosqichlar orasida takroriyligining oldini olish bo’yicha ishlar hamda uzviyligi ta‘minlangan fan dasturlari asosida darsliklar mazmunini ham muvofiqlashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi.


    2.2. Kadrlar tayyorlash va dars berish mazmunini o‘zgartirish – davr talabi

    Fan-texnika taraqqiyotining ilg‘or natijalarini qo‘llash, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, yuqori samarali texnika-texnologiyalardan foydalanish mehnat omiliga yangi talablar qo‘ymoqda.
    Hozirgi kunda uning miqdor va sifat jihatlari o‘rtasidagi nisbat keskin o‘zgarib bormoqda. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqaro mehnat taqsimotida munosib o‘rin egallash, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari ko‘p jihatdan ishchining bilimi, malakasi, vaziyatga qarab ish tuta olishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
    1998 yili YUNESKO tashkilotchiligida «XXI asrda oliy ta’lim: yondashuvlar va amaliy tadbirlar» degan mavzuda o‘tkazilgan jahon anjumani deklarasiyasi yangi asrda oliy ta’limga bo‘lgan talab misli ko‘rilmagan darajada o‘sib borishi, ya’ni yosh avlod yangi bilim, g‘oya va ko‘nikmalarni egallashi, ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy taraqqiyotda uning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini kengroq anglashga intilishining kuchayishini ta’kidlagan edi.
    Mutaxassislarning ta’kidlashicha, XXI asr ta’lim olishning o‘ziga xos davri bo‘lishi kutilmoqda, chunki endilikda ta’lim axborotlar oqimi kuchaygan sharoitda amalga oshiriladi. Bu jarayondan albatta kasbiy ta’lim ham chetda qolmaydi.
    Mustaqillik, bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz mamlakatimizdagi barcha sohalar kabi ta’lim sohasini ham isloh qilish zaruratini keltirib chiqardi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatilgandek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora–tadbirlar ko‘rishni: «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni joriy etish, yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarini tayyorlash, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqish, o‘quv yurtlarini attestasiyadan o‘tkazishni va akkreditasiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
    Dasturda ta’kidlanganidek, kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o‘quvuslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarining kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integrasiyaning yo‘qligi va boshqalar kadrlar tayyorlashdagi muhim kamchiliklar edi. Mamlakatimizda ta’lim tizimida qator kamchiliklar mavjud bo‘lib, u o‘z navbatida zamon talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga to‘sqinlik qila boshladi. Ularni Kadrlar tayyorlash milliy dasturining kamchiliklar va muammolar qismida ko‘rsatib o‘tilgan.
    Ta’limni mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlarni, jahondagi ilg‘or tajribani hisobga olgan holda tashkil etish zarurati vujudga keldi. Bundan tashqari ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlarni kadrlar tayyorlash jarayoniga yetarli darajada qo‘shilmaganlari ham mamlakatimizda kadrlar tayyorlashni zamon talabiga javob bermasligiga olib keldi.
    Respublikamizda ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarning o‘rtacha yoshlari ulg‘ayib bordi. Oliy o‘quv yurtlarida 40 yoshga to‘lmagan fan doktorlari 2000 yili jami fan doktorlarining 0.9 foizini, 50 va undan katta yoshdagilari esa 79 foizini tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasiga tasdiqlanganlardan o‘rtacha 50 nafar fan nomzodi 36 yoshda bo‘lgan. Hozirgacha ham bu sohada katta o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q.
    Ko‘ngildagidek bilimdon mutaxassis kadrlarni tayyorlash inson salohiyatini yuzaga chiqarish ularni har jihatdan bilimdonlik bilan o‘qitish jarayonini tashkil etishga bog‘liq.
    Shunday qilib:

    1. Ma’lum sabablarga ko‘ra, jahon hamjamiyati taraqqiyotida ortda qolgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish uchun eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi.

    2. An’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli “axborotli o‘qitish” sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi.

    3. Fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganlik natijasida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi.

    4. Kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi.

    5. Yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi.

    6. Talabalarni individual xususiyatlari, axborotni qayta tiklash qobiliyati va boshqa xislatlarini rang-barangligi zamon talabiga muvofiq kadrlar tayyorlash uchun zamonaviy ta’lim usullarini qo‘llashni talab qiladi.



    2.3. Ta’lim muassasalarida dars o‘tishning xususiyatlari

    Hozirgi davrda fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanishi axborot oqimini keskin ko‘payishiga olib keldi.
    Lekin axborotni qabul qilish, o‘zlashtirish, tahlil qilish, baholash, ular asosida xulosa chiqarish uchun vaqt nihoyatda cheklangan. Axborot olinadigan manbalar turli tuman va xilmaxil. Taraqqiyot tufayli ular yanada takomillashib, yangi-yangi turlari vujudga kelmoqda.
    Inson tug‘ilganidan boshlab, to umrining oxirigacha axborot qabul qiladi va olingan axborotga o‘z munosabatini bildiradi. Inson tomonidan qabul qilinadigan axborotlar tayyor yoki yangi shakllantiriladigan bilimlardan iborat bo‘ladi.
    Birinchi holatda tayyor bilimlar o‘zlashtiriladi. Ikkinchi holatda yangi bilimga ega bo‘lish uchun intilish tufayli ularni takomillashtirish va boyitib borish jarayoni amalga oshiriladi. Hayot uchun kurash, insonning o‘zo‘zini saqlash, himoya qilish instinkti yangi bilimlar uchun intilishni hayotiy zaruriyatga aylantiradi. Yoshlarning mavjud bilimlarni o‘zlashtirish, yangi bilimlar uchun intilishi, asosan, ta’lim jarayonida shakllantiriladi.
    Ta’lim jarayonita’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o‘rtasidagi qo‘yilgan maqsad asosida belgilangan bilim, ko‘nikma va tarbiyani tarkib toptirishga yo‘naltirilgan o‘zaro muloqot (ta’sir ko‘rsatish) jarayonidir.
    Ta’lim maqsadi ta’lim natijasi sifatida o‘quvchi erishishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka, odob bo‘lib, aynan shular uning shaxsiy fazilatlarini shakllantiradi.
    Axborotlarni o‘zlashtirish jarayonida quyidagi bilim bosqichlari ishtirok etadi.

    • Sezgi (ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, his qilish, ular insonning ko‘zi, qulog‘i, burni, tili, terisi orqali yuz berib, bilishning boshlang‘ich vositachilari hisoblanadi). Sezish hali ma’lumotlarni o‘zlashtirish degan so‘z emas, bunda sezgilar orqali ma’lumotlar bir necha xususiyatlariga ko‘ra yaxlit holatga olib kelinadi. Bu – ma’lumotlarni idrok qilish, deyiladi.

    • Idrok (ma’lumotlarni ranglar, belgilar, harakat, ko‘rish, eshitish, sezish, his qilish orqali yaxlit tasavvurga olib kelish).

    • Xotira. U mexanik, obrazli, qisqa va uzoq muddatli, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tezkor bo‘lishi mumkin.

    • Tafakkur. Insonni inson sifatida barcha mavjudotlardan alohida ajralib turishi, uni tabiatning gultoji sifatida e’tirof qilinishi xam tafakkur bilan bog‘liq. U tahlil qilish, sintez qilish, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, klassifikasiyalash (turkumlarga ajratish), qaror qabul qilish kabilarni o‘z ichiga oladi.

    • Xayol, ijodkorlik. Yangi timsollar, yangiliklar yaratish, ixtirolar qilish kabilardan iborat.

    Odamlar ta’lim olish, yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida bilishning turli vositalari, shakllari, bosqichlariga murojaat qilishlari tabiiy. Bu jarayon insonning yosh xususiyatlariga ko‘ra o‘zgarib takomillashib boradi. Ma’lumki, akademik lisey va kasb hunar kollejlarida o‘qiyotgan o‘quvchilarning yoshi 15-18 yosh atrofida. Ular ko‘proq o‘zlaridan katta yoshdagilarning, xususan o‘qituvchining maslahatiga, yordamiga muhtoj.
    Oliy maktab talabalari esa balog‘atga yetgan, yetuk, mustaqil hayotga qadam tashlagan yoshlar. Ularning dunyoqarashi akademik lisey va kasb-hunar kollejlari talabalari dunyoqarashidan ancha farq qiladi. Ular ko‘proq mustaqil faoliyat yuritishga intilishadi.
    Shuning uchun ham akademik lisey, kasb-hunar kollejlarida ham, oliy maktabda ham dars jarayonini tashkil qilishda o‘quvchi, talabalarning yoshini hisobga olish zarur.
    Yoshlarga xos qator xislatlar dars jarayonini tashkil etish, dars o‘tish metodlarini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Chunki dars ular uchun zerikarli mashg‘ulotga aylanmasligi kerak.
    Asosiysi, dars jarayonida qo‘llanadigan uslublar o‘quvchi-talabalarni tahliliy fikr yuritishga, o‘z fikrini mustaqil bayon qilishga o‘rgatishi lozim.
    Akademik lisey va kollejlarda iqtisodiy fanlardan dars o‘tishning o‘rta maktab va oliy maktabdagidan muhim farqi dars jarayonini tashkil etishdir.
    Akademik lisey va kollejlarda dars 80 minut bo‘lib, mavzuning o‘quvkalendar rejasida ajratilgan soatiga ko‘ra «nazariy va amaliy mashg‘ulot»ga bo‘linadi. Mufoviq ravishda darsni tashkil etish shakli ham farq qiladi.
    Akademik lisey va kollejlarda o‘tiladigan fanlar uch guruhga bo‘linadi:

    1. Umum ta’lim fanlari.

    a) chuqurlashtirilib va qo‘shimcha guruhlashtirilib o‘tilayotgan fanlar.

    1. Umum kasbiy ta’lim fanlari.

    2. Maxsus fanlar.

    Iqtisodiy fanlar mazkur akademik lisey yoki kasbxunar kollejida qaysi blokka kiritilishiga ko‘ra dars soatlari belgilanadi.
    O‘qituvchi dars o‘tish va dars o‘tishda qo‘llaniladigan metodlarni tanlashda fanni qaysi blokka kiritilganligini ham hisobga olishi kerak.
    Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim ko‘proq mavjud bilimlarni o‘zlashtirishga qaratilsa, oliy ta’limda esa ko‘proq ijodiy izlanuvchanlikka qaratiladi.

    Psixologlarning fikricha, bilimlarni o‘zlashtirish, buyangi qabul etilayotgan axborotni o‘quvchitalaba ongidagi avvalgi mavjud bo‘lgan axborotlar tizimiga kiritishdir. Ularda bilim qanchalik keng bo‘lsa, yangi axborotni qabul qilishi shunchalik oson kechadi.
    O‘qituvchi yana shunga e’tibor berishi kerakki, u yangi fanni o‘rganishni yoki yangi mavzuni o‘tishni boshlar ekan, albatta ularga taalluqli, axborotni qayta tiklashi hamda yangi fanni, mavzuni o‘zlashtirish uchun asos hosil qilishi zarur. Ayniqsa, shu yoshdagi o‘quvchi, talabalarni qiziqtiradigan savol, muammoli vaziyat yaratilishi ularni fanni, mavzuni o‘rganishga faolligini kuchaytiradi.
    Shuning uchun akademik lisey, kasb-hunar kollejlarida o‘qituvchi dars o‘tish metodlarini fanni o‘rganish, uning asosiy tushunchalarini yodda saqlash zarurligini hisobga olgan holda tanlashi zarur. Asosiy tushunchalarni anglab, puxta o‘zlashtirishlari barobarida tafakkurni o‘stirishga, rivojlantirishga qaratilgan o‘quv metodlarini qo‘llashga ahamiyat berish kerak.
    Oliy o‘quv yurti o‘zining yuqori ilmiy saviyasi bilan o‘rta ta’limdan farqlanadi. Fanni o‘rganish fanda erishilgan zamonaviy yutuqlarni amaliyot bilan bog‘lash, dolzarb muammolarni aniqlash, ularning yechimini topishga yo‘naltirish bilan ajralib turadi.
    Oliy va o‘rta maktabdagi ta’limning o‘ziga xosligi dars o‘tish metodlarini tanlashga ham ta’sir ko‘rsatadi. Olim I.T.Ogorodnikov o‘z tadqiqotlarida oliy maktabdagi o‘qitish metodlarining o‘ziga xosligi deganda, uning ilm o‘rganish metodlari bilan yaqinlashuvidir deb ta’riflaydi. S.I.Arxangelskiy esa oliy maktabdagi o‘qitish metodlari nafaqat dars berish usullari va uslublarini birlashtirish, balki bilishning o‘quv va ilmiy faoliyatga yo‘naltirilgan tizimi degan fikrni bildiradi.
    Shuning uchun ko‘proq talabalarni o‘ylashga undaydigan dars o‘tish metodlarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
    Umuman o‘quvchi-talaba o‘ylashga o‘rganmasa, olgan bilimlaridan foydalana olmaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotida insonning o‘ylashi, tahlil qilishi, taqqoslab, qaror chiqarishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki har qanday sohada muvaffaqiyatli ish yuritish uchun tafakkur rivojlangan bo‘lishi zarur.
    O‘qitish uslubining pirovard maqsadi chuqur bilim berishgina bo‘lmay, yoshlarda mustaqil bilim olishga intilishni uyg‘otish, ularni tarbiyalash hamdir. Axborot turlituman shakllarda qabul qilinadi. Kimning axborotni turli tarzda qabul qilish qo‘lidan kelmasa, bu uning uchun katta yo‘qotish bo‘ladi.
    Agar o‘qituvchi o‘quvchi, talaba yoqtirmaydigan uslubda dars olib borsa, uning o‘qishdan ko‘ngli sovib, fan bilan shug‘ullangisi kelmay qolishi mumkin. Shuning uchun turli-tuman usullar bilan dars o‘tish, har bir o‘quvchi, talabaning darsga faol qatnashishiga omil bo‘ladi. Ularda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qiladi.
    Ta’lim metodlarini o‘qitish metodlari va o‘rganish metodlariga ajratish mumkin:
    O‘qitish metodlariga bilim berish usullari sifatida qaraladi. Bunda o‘qituvchi talabalarning bilish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, uning dunyoqarashini shakllanishiga yordam beradi. O‘rganish metodlari bilim, malaka, ko‘nikmalarni ijodiy egallashga yo‘naltiradi.
    Oliy maktabdagi ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari o‘quv jarayonini tashkil etishda ham ko‘rinadi. O‘rta ta’limda o‘quv jarayoni asosan dars o‘tish shakllari: nazariy dars, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘uloti tarzida tashkil etilsa, oliy o‘quv yurtlarida esa o‘quv jarayoni dars mashg‘ulotlaridan tashqari davra suhbati, ilmiy konferensiyalar va boshqalarni ham keng qo‘llab tashkil etiladi.
    Akademik lisey, kasb-hunar kollejlari oliy maktablardan o‘rganiladigan bilim hajmi bilan farq qiladi. Demak, dars jarayonini tashkil etish, fanni o‘rganish bo‘yicha uy vazifalari va topshiriqlar hajmi ham farqlanadi.
    Kollej, maktab ta’limi metodlarini shakllantirishda, o‘qitishni tashkil etishda tayanch muassasa hisoblanadi. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida dars o‘tganda o‘qituvchilar dars o‘tish metodlarini o‘quvchilarning yoshiga moslarini tanlashi, murakkablarining esa soddalashtirilgan variantlarini ishlab chiqishlari va qo‘llashlari zarur bo‘ladi.
    Shunday qilib, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari dars o‘tishda, albatta, o‘quv yurtining, undagi ta’lim oluvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlari, shu bilan birga, ularni darsga faol qatnashishlarini ta’minlovchi, tafakkurni o‘stirishga, rivojlantirishga qaratilgan o‘quv metodlarini qo‘llashga e’tibor berishlari lozim.
    O‘qituvchilarning malakalarini oshirishga, ularni dars berish jarayonida turli metodlarni qo‘llashlari uchun tajriba almashishga katta e’tibor berilishiga qaramay, hali ham barcha ta’lim maskanlarida o‘quv jarayonini tashkil qilish va dars o‘tishda turli-tuman interaktiv metodlarni qo‘llash ko‘ngildagidek emas. Buning qator sabablarini ko‘rsatish mumkin:
    Birinchidan, barcha o‘quv yurtlarida moddiy ta’minot bir xil emas.
    Ikkinchidan, barcha o‘qituvchilar interaktiv uslublarni qo‘llash bo‘yicha tajriba to‘plamagan.
    Uchinchidan, bunga har bir o‘qituvchi uchun belgilangan dars soatining haftasiga qancha bo‘lishi ham ta’sir ko‘rsatadi.
    O‘qituvchilarni har bir darsga mavzu bo‘yicha tayyorlanish, yangi metodlarni qo‘llab, dars o‘tish jismonan toliqtiradi. Shuning uchun osonroq yo‘l qidirishlari tabiiy. Ular uchun kamroq kuch, tashvish talab qiladigan metodlarga murojaat qilish qulayroq. To‘rtinchidan, turli uslublarni qo‘llab dars o‘tish uchun zarur qo‘llanmalar yo‘q. Shuning uchun:

    1. Turli uslublarni qo‘llab, qiziqarli dars o‘tadigan o‘qituvchilarni alohida rag‘batlantirish zarur.

    2. Dars jadvalini tuzganda, haftalik dars soatlari taqsimotiga ahamiyat berish, darsda interaktiv uslublarni qo‘llab dars o‘tish uchun zarur jihozlar, tarqatma materiallar va boshqalarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish lozim.

    3. Dars o‘tishda qo‘llaniladigan metodlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash va ularning konkursini o‘tkazish kerak.

    4. Malaka oshirishda dars o‘tish metodlarini takomillashtirishga qaratilgan darslar ham tashkil etishga e’tibor berish zarur.


    Download 398,43 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




    Download 398,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

    Download 398,43 Kb.