• Metodlarning afzalliklari
  • Metodlarning kamchiliklari
  • Noan’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘quvchi turgan) o‘qitish metodlarining afzalliklari
  • N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”




    Download 398,43 Kb.
    bet9/83
    Sana17.11.2023
    Hajmi398,43 Kb.
    #100235
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
    Bog'liq
    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (1)
    2 (2), 3 (2), 2-mavzu Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jaray, , 27
    Tayanch iboralar: O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Bola huquqlari kafolati to‘g‘risida»gi Qonun, bakalavriat, magistratura, davlat ta'lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi

    Takrorlash va munozara uchun savollar

    1. Ta’lim tizimini isloh qilish zaruriyatining sabablarini aytib bera olasizmi?

    2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘rsatilgan ta’lim tizimidagi asosiy kamchiliklar haqida qanday fikrdasiz?

    3. Uzluksiz ta’lim tizimi deganda nimani tushunasiz?

    4. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarini tashkil qilishdan maqsad nima? Ularning ta’lim tizimidagi o‘rni haqida nimalar deya olasiz?

    5. Kadrlar tayyorlash va dars berish mazmunini o‘zgartirishga nima sabab bo‘ldi?

    6. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida dars o‘tishning qanday xususiyatlari bor?

    3-MAVZU. OLIY MAKTAB PEDAGOGNING METODIK FAOLIYATNING JIHATLARI
    Reja:
    3.1. Pedagogik texnologiya va unga turli jihatdan yondashish

      1. Ta’lim texnologiyasida dars o‘tish metodlarining tutgan o‘rni

      2. Ta’lim tizimiga yondashuvlar va dars o‘tish metodlari

    3.1.Pedagogik texnologiya va unga turli jihatdan yondashish


    Hozir mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy raqobat fan, texnika va texnologiya sohasidagi raqobatga aylandi. Demak, raqobat intellektual mohiyat kasb etib, ta’lim sohasidagi raqobatga aylanmoqda desak xato bo‘lmaydi.
    Biroq respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlashga doir o‘tkazilayotgan islohotlar avvalgi ta’lim tizimining ijobiy tomonlaridan tamomila voz kechish degani emas. Barcha sohada, jumladan, ta’lim tizimida ham avvalgi erishilgan ilmiy potensialga tayanish, ma’naviy merosni amaliyotga tatbiq etish, ijobiy jihatlardan foydalanish zarur. Asosiy maqsad zamonaviy talab darajasida yoshlarimizni tarbiyalash, ijodiy fikrlay oladigan malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Bu esa, o‘z navbatida ta’lim jarayoniga boshqacha nazar bilan qarashni talab etadi. Mamlakatimizda ta’lim tizimida qator kamchiliklar mavjud bo‘lib, u o‘z navbatida zamon talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga to‘sqinlik qila boshladi.
    Ma’lumki, sobiq Ittifoqda 1917 yil ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, bolalarning millati, jinsi, ijtimoiy va moddiy ahvolidan qat’i nazar tekin bilim olish imkoni yaratilib, 1936 yilga kelib yoppasiga savodxonlik tiklangan edi. Shuning uchun ham fan-texnikada, ayniqsa, atom, kosmik tadqiqot sohalarida katta yutuqlarga erishildi. Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirildi, kosmosga birinchi inson parvoz qildi.
    AQSH, Yaponiya va boshqa mamlakatlar buning sirini o‘rganishiga kirishib, oxir-oqibat o‘z mamlakatlarida ta’lim tizimini isloh qilishga kirishdilar. Sobiq Ittifoqda keyinchalik ta’lim tizimidagi ma’muriy avtoritar boshqaruv, qattiq partiyaviy diktatura va boshqa qator kamchiliklar ta’lim tizimini ham turg‘unlikka olib keldi va peshqadamlik boy berildi. Fan-texnika taraqqiyoti ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlarni zaruriyatga aylantirdi. Natijada, pedagogikada ham yangi oqim ta’lim texnologiyasi, o‘qitishning interaktiv metodlari ishlab chiqilib, dars jarayonida foydalanishga katta ahamiyat berila boshlandi.
    Mamlakatimizda bir tomondan, qator sabablarga ko‘ra ta’lim sohasida yo‘qotilgan ilgarigi mavqeini tiklash, ikkinchi tomondan, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish uchun ta’lim samaradorligini oshirish, buning uchun esa zarur chora–tadbirlar belgilash zarur edi.
    Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan ana shu zaruriyatga alohida diqqat qaratila boshlandi. Aynan ana shu zaruriyat tufayli Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va uni amalda qo‘llash taklifi kiritildi.
    Ta’lim jarayonini jahon tajribalari asosida tashkil qilish, o‘quvchi-talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishga ahamiyat berila boshlandi. Respublikamizda ham ta’lim jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga e’tibor berish boshlandi.
    “Texnologiya” – yunoncha techne va logos so‘zlaridan olingan bo‘lib, mahorat, san’at va so‘z, ta’limot ma’nosini anglatadi. Odatda, texnologiya ishlab chiqarishga nisbatan qo‘llanilgan. Texnologiya deganda mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlarga ishlov berish yoki qayta ishlash yo‘llari, usullari tushunilgan. Fan-texnika taraqqiyoti tufayli texnologiya ham takomillashib borgan.
    Patent, lisenziyalar sotiladigan va sotib olinadigan bo‘lgach, texnologiya deganda tayyor mahsulot olish uchun xom ashyo, materiallarga ishlov berish usullari, bajaradigan ishlarning ketma-ketligi va qanday tarzda bajarilishi haqidagi hujjat ham tushuniladigan bo‘ladi. Masalan, sanoatda ishlab chiqariladigan mahsulot, aytaylik, detalni loyihalaganda qanday materialdan tayyorlanadi, shakli qanday bo‘ladi, buning uchun standart belgilari, chizmalar va ulardagi o‘lchamlarni aniqlash va boshqa talablar aks ettiriladi. Taraqqiyot “Texnologiya”ni fan sifatida ham o‘rganishni obyektiv zarur qilib qo‘ydi. U fan sifatida fizik, ximik, mexanik va boshqa qonuniyatlarni aniqlash orqali mahsulot ishlab chiqarishning samarali usullarini o‘rganish, yangiliklarni topish va tajribada sinashni o‘rganadi. Loyihada aks ettirilgan xom ashyo va unga ishlov berish operasiyalari og‘ishmay bajarilsa belgilangan standartdagi mahsulot tayyorlanadi, ya’ni mahsulot sifati yuqori darajada kafolatlanadi.
    XX asrda fizika, kimyo, energetika, biologiya, matematika, informatika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan texnologiyalar texnologik inqilobni keltirib chiqardi. Fan-texnika taraqqiyoti yaratilgan texnika va texnologiyalarni tushunadigan ularni ishlata oladigan, ko‘rsatilgan texnologiya bo‘yicha mahsulot yarata oladigan kadrlar tayyorlashni ham obyektiv zarur qilib qo‘ydi. Mutaxassis kadrlarning qay darajada bilim olishi, ko‘nikma mahoratiga ega bo‘lishi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini ko‘p jihatdan qanday tashkil etilishiga bog‘liq. Shuning uchun ham ko‘plab pedagoglar o‘quvchi talabalarga nimani o‘qitish, o‘rgatish kerak, qanday o‘qitish, o‘rgatish kerak? degan savol qo‘yib, unga javob topish uchun tinimsiz izlanishlar olib boradilar. Pedagog olimlar va amaliyotchilar ishlab chiqarish texnologiyasini nazarda tutgan holda o‘quv jarayonini ham “texnologiyalashtirishga” ya’ni o‘qitishni natijasini kafolatlangan o‘ziga xos texnologik jarayonga aylantirishga urinadilar. Natijada pedagogikada yangi yo‘nalish – pedagogik texnologiya, xususan, o‘qitish va tarbiyalash texnologiyasi paydo bo‘ldi.
    Pedagogik texnologiya bu ta’lim samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladigan hamda pedagogika nazariyasi va amaliyotining barcha sohalari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan o‘qitish shakllari, metodlari, vositalari, unga yondashuvlar, tizimlar, konsepsiyalar, tendensiyalar, g‘oyalarning fanlararo o‘zaro birikib yagona majmua tarzida ifodalanishini bildiradi.
    Pedagogik texnologiya deyarli yarim asr davomida tadrijiy ravishda rivojlandi va hozirgi darajaga yetdi. Bu davrda o‘qitish «og‘zaki – audiovizual–dasturlash multimedia– gipermedia» ketma–ketligi bo‘lib almashindi.
    Pedagogik texnologiyaning e’tirof etilishi davrini uch bosqichga bo‘lish mumkin.
    1. Pedagogik texnologiyaning o‘rganish ob’yekti sifatida e’tirof etilishi. XX asrning 30 yillarida AQSH ta’lim tizimiga audiovizual o‘qitish dasturlari kiritila boshlandi. U nafaqat ta’limda texnologik inqilobga, balki yangi fan pedagogik texnologiyaga asos soldi.
    1946 yilda AQSH ning Indiana unversitetida o‘quv dasturiga audiovizual ta’lim rejasi kiritildi (muallifi L Larson).
    Birinchi davr (50 yillarning boshi va o‘rtalari) ta’lim muassasalarida axborotlarni taqdim etishning texnik vositalari tovushni yozib olish va qayta eshittirish, boshqacha qilib aytganda “audiovizual vositalar” ning paydo bo‘lish bilan xarakterlanadi. Dastlab har bir dars, o‘tiladigan mavzuda o‘quv va tarbiya maqsad vazifalari ishlab chiqiladi. Bu holda ishlab chiqarishdagi boshqaruvchi bilan ta’limdagi pedagog faoliyatida o‘xshashlik bor. O‘quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik jihati o‘quv jarayonini so‘nggi natijalari bo‘lgan mukammal bilimga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashga erishish maqsadi turgan.
    An’anaviy yondashuvga, odatda, ko‘rgazmali tushuntiruv, axborot reseptiv, reproduktiv kabi usullar kiritiladi. Ularning umumiy tomoni tayyor bilimlarni o‘quvchi, talabaga yetkazish, bayon qilishga asoslangan bo‘lib, o‘quvchi bilim oluvchi rolini bajaradi. An’anaviy o‘qitishda:

    • Yangi materiallarning deyarli hammasi o‘qituvchi tomonidan og‘zaki bayon qilinadi; Bilimlar talabalarga tayyor holda taqdim etiladi;

    O‘qituvchi turli yo‘llar bilan bu bilimlarning qabul qilinishini tashkil qiladi;

    • O‘quvchilar bilimni qabul qiladilar (resepsiya) va ularni ma’nosiga yetadilar, o‘z xotiralarida saqlab qoladilar;

    • Darslik asosan mustaqil ish uchun qo‘llaniladi;

    • Auditoriya mashg‘ulotlari paytida darsliklar: ayrim hollarda pedagog tushuntirishlariga xalaqit bermasligi uchun yoki o‘quvchi, talabalar diqqatini buzmaslik maqsadida qo‘llanilmaydi. Ko‘pincha darslik uyda ham qo‘llanilmaydi, uning o‘rnini dars paytida tuzilgan konspekt bosadi;

    • Bilimlarni tekshirish asosan mashg‘ulot vaqtining sezilarli qismini egallaydigan individual og‘zaki so‘rovlar, hamda uzoq muddatlarda o‘tkaziladigan nazorat ishlari yordamida amalga oshiriladi;

    • Mustaqil ishning nisbiy miqdori juda kam.

    O‘quvchi, talabalarni olingan bilim, axborotlarni xotirada saqlab qolish, mustahkamlashga undaladi. Ta’limga an’anaviyko‘rgazmali yondashuvda asosan dars o‘tishning an’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘qituvchi bo‘lgan) metodlari qo‘llaniladi. Bu metodlarda o‘ziga xos afzallik va kamchiliklar bor.
    Metodlarning afzalliklari:

    • aniq, ma’lum tushunchalarni bilish, ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

    • o‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonini va o‘qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilish;

    • vaqtdan unumli foydalanish;

    • aniq ilmiy bilimlarga tayanish.
    Metodlarning kamchiliklari:

    • o‘qitishning bunday tizimini eng jiddiy kamchiligi talabalarning mashg‘ulotlardagi passivligi va bundan kelib chiqib bilim olish samarasi pastligi;

    • o‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivasiya ishtiyoqini vujudga keltirmaydi;

    • o‘quvchi, talabalar o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi;

    • eslab qolish darajasi hammada teng bo‘lmagani sababli guruhda o‘zlashtirish past bo‘lishi mumkin.

    • Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.

    XX asrning boshlarida yashagan nemis pedagogi Rudolf an’anaviy dars haqida shunday degan ekan: faqat eshitish va ko‘rish metodi bilan ta’lim olgan o‘quvchilar juda passiv zotlarga aylanadilar. Ular hayotiy haqiqat oldida ojiz bo‘ladilar. Bu fikr hozirgi kun uchun yanada dolzarbdir.
    Texnologik yondashuv ta’lim jarayonini o‘zaro uzviy bog‘lik bosqichlarga ajratish, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun belgilanadigan amallarni bajarish va ma’lum ketma-ketlikda amalga oshirishni loyihalashtirilgan ish va amallarni bir xil talab asosida bajarishni nazarda tutadi. O‘quv materiali ta’lim maqsadiga mos tuziladi.
    Uchinchi, tadqiqiyijodiy yondashuvda o‘quvchi, talabalarning muammolarni yechish qobiliyatini rivojlantirish, ularni yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishi, tashabbus ko‘rsatishiga ko‘proq e’tibor beriladi. Shaxsiy tashabbuslari faollashtirilib, qo‘llab-quvvatlanadi va rivojlantiriladi. Ijodiy fikrlashga undaladi. Ta’lim hamkorlikka asoslanadi.
    Har ikki yondashuvda ham umumiy jihat: ta’lim jarayoni markazida o‘quvchi turadi. O‘quvchi, talabalarning mustaqil bilim olishga, o‘qishga, mustaqil fikr yuritish, taqqoslash, xulosa chiqarishga o‘rgatiladi. Darsda faol qatnashishlariga keng imkon beruvchi, ularni o‘ylashga undovchi, hamkorlikda ishlashga o‘rgatuvchi metodlar qo‘llaniladi. Bu metodlarni qisqacha noan’anaviy metodlar deb ham yuritiladi. Bu metodlar ham o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega.
    Noan’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘quvchi turgan) o‘qitish metodlarining afzalliklari:

    • o‘quvchi, talabalarning darsda faol qatnashish imkoniyati kengligi;

    • dars mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi;

    • nafaqat mazmunni o‘zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy, tahliliy fikrlashni ham rivojlantirishga yordam berishi;

    • muammolarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirishi;


    Download 398,43 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




    Download 398,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

    Download 398,43 Kb.