• B) Reproduktiv metod .
  • V) Muammoli bayon qilish metodi
  • G) Qisman ijodiy (evristik) metodlar.
  • D) Tadqiqiy metodlar
  • N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”




    Download 398,43 Kb.
    bet5/83
    Sana17.11.2023
    Hajmi398,43 Kb.
    #100235
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
    Bog'liq
    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (1)
    2 (2), 3 (2), 2-mavzu Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jaray, , 27
    1-rasm. Bilimlarni o‘zlashtirish metodlari


    1. 2
      Idrok etish, bilim faoliyati xarakteriga ko‘ra metodlar 4 guruhga bo‘linadi.
    A) Tushuntirish illyustrativ (axborot-reseptiv):

    • tushuntirish;

    • illyustrativ;

    • axborot;

    • reseptiv4

    Bu metodlarning xarakterli xususiyatlari bilimlar tayyor holda tavsiya etilishidir. Bu metodlar bilimlarni idrok qilish, tushunish, xotiraga joylashtirishga qaratilgan.
    O‘quv jarayonida axborotlarning turli manbalari (so‘z, ko‘rgazali qurollar va boshqalar) qo‘llaniladi. Bayon qilish ham indukiv, ham deduktiv yo‘l bilan olib borilishi mumkin.
    Bu metodning mazmuni unga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:

    • Bilimlar o‘quvchi, talabaga tayyor holda beriladi;

    • O‘qituvchi turli usullar bilan bu bilimlarni o‘quvchi, talabalar tomonidan qabul qilinishini tashkil qiladi;

    • O‘quvchi, talabalar bilimni o‘zlashtiradilar va xotiralarida saqlab qoladilar.

    Bilimlarni qabul qilish bilan cheklanish doim ham olingan bilimlardan foydalanish mahorati va ko‘nikmalarini shaklantirmaydi. Bilim olish faoliyatini faqat tayyor bilimni eslab qoishga qaratilishi ularni xatosiz, ayrim hollarda tushunmasdan ham xotirada saqlash aqliy faollikni past darajada bo‘lishiga olib keladi.
    B) Reproduktiv metod.

    Bu metod talabalarni olgan bilimlarini anglash, tushunib yetishlarini, eslab qolishlarini ta’minlashga qaratilgan. Olinan bilimni mustahkamligi tez–tez takrorlash yo‘li bilan ta’minanadi.
    O‘qitishning reproduktiv metodi quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:

    • O‘qituvchi bilimni tayyor holda yetkazadi;

    • Faqat bayon qilish bilan cheklanmasdan, uni tushuntiradi ham;

    • o‘quvchi, talabalar bilimlarni tushunib o‘zlashtiradilar.

    • o‘zlashirishning mezoni olgan bilimlarini xotirada to‘g‘ri tikash (reproduksiya)dir;

    • o‘zlashtirishning mustahkamligi axborotni ko‘p marta qaytarish yo‘li bilan ta’minlanadi.

    Har ikki metodning afzalligi qisqa muddatda, ko‘p kuch sarfamay katta hajmdagi axborot va bilimlarni o‘quvchi, talabalarga yetkazishni ta’minlash imkoniyatiga egaligidir. Bilimni puxta egallashga takrorlash orqali erishiladi.
    O‘qitishning har ikki metodi o‘quvchi-talabalarga ta’limning tayyor mazmunini uzatishga, o‘quv dasturlari, darsliklar, fan bo‘yicha axborotni o‘zlashtirishga qaratilgan.
    Mavjud kamchiliklariga qaramasdan, informasionreseptiv usul kam kuch sarflab, bilimlar va ko‘nikmalarning kattagina hajmini o‘zlashtirish imkonini beradi.
    Inson faoliyati tabiatan reproduktiv, ijrochi yoki ijodiy bo‘lishi mumkin. Reproduktiv faoliyat ijodiy faoliyatga turtki beradi, uning boshlanishi bo‘ladi. Shuning uchun uni ta’limda qo‘llashni nazar–pisand qilmaslik, mensimaslik noto‘g‘ri. Shu bilan birga uni haddan tashqari keng qo‘llash ham to‘g‘ri emas. Eng ma’quli, ularni boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘llashdir.
    V) Muammoli bayon qilish metodi

    Bu metodda o‘qituvchi tomonidan mavzuning mazmuni muammoli tarzda bayon qilinadi. O‘qituvchi mavzuning mazmunidan kelib chiqib, muammo qo‘yib, uni yechimini ko‘rsatadi. Bu metod talabalarni ijrochilikdan ijodkorlikka o‘tishini ta’minlaydi. O‘qitish jarayonining ma’lum bosqichlarida talabalar muammoli masalalarni mustaqil ravishda yecha olmaydilar. Shuning uchun o‘qituvchining dars o‘tish usulini kuzatib, shunday vaziyatlarda masalani qay tarzda yechishni, qanday qarorga kelishni o‘rganadilar.
    G) Qisman ijodiy (evristik) metodlar.

    Bu metodda:

    • Bilim mustaqil ravishda egallanadi;

    • o‘qituvchi axborotni o‘rganish yoki bilim egallashda turli metodlar yordamida mustaqil ishlashni tashkil etadi;

    • o‘quvchi, talabalar mustaqil fikr yuritishadi.

    Masala, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish taqsimlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rganishadi. Natijada talabalarda anglab yetilgan puxta bilim shakllanadi.
    O‘quvchi-talabalar ko‘pincha murakkab muammoni mustaqil hal qilisha olmaydi. Ularga o‘qituvchi ko‘mak beradi. O‘quv faoliyati o‘qituvchi–o‘quvchi, o‘quvchi–o‘qituvchi sxemasida amalga oshadi. Bilimlarning ma’lum bir qismini o‘qituvchi beradi, qolgan qismini o‘quvchi-talabalar mustaqil o‘rganishadi.
    D) Tadqiqiy metodlar:

    Bunday metod bilimni tadqiq etish jarayonida egallashni ko‘z da tutadi.
    Ushbu metodlar:

    • O‘qituvchi o‘quvchi-talaba bilan muammoli masalani aniqlaydi, uni hal qilishga vaqtning ma’lum bir qismi ajratiladi.

    • O‘qituvchi mavzuni bayon qilmaydi. Talabalar mustaqil ravishda muammoli masalani yechish, olingan javoblarni turli variantlarini taqqoslash jarayonida mavzuni o‘rganishadi. Natijani qanday bo‘lishini ham o‘zlari aniqlashadi.

    • O‘qituvchining faoliyati muammoli masalalarni yechish jarayonini boshqarishdan iborat bo‘ladi.

    • O‘quv jarayoni yuqori intensivligi bilan xarakterlanadi. O‘qish qiziqarli bo‘lib, olingan bilimning chuqur va puxtaligi, amalda qo‘llashni o‘rganish bilan farq qiladi.

    Bu metodni qo‘llash o‘qituvchidan yuqori darajada malaka talab etadi.
    1. Didaktik maqsadlar bo‘yicha dars o‘tish metodlarini pedagog olimlar (T.I. Shukina, I.T. Ogorodnikov va boshqalar) ikki guruhga bo‘lishadi:

    A) O‘quv materialini dastlabki o‘zlashtirishga imkon yaratuvchi metodlar: bularga o‘qituvchining mavzuni og‘zaki bayon qilishi, suhbat, kitob bilan ishlash va boshqalar kiradi.
    B) Olingan bilimni mustahkamlash va takomillashtirishga imkon yaratuvchi metodlar. Bu guruhga masala, mashqlar yechish, amaliy ishlar bajarish va boshqalar kiradi.


    1. Download 398,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




    Download 398,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

    Download 398,43 Kb.