• Nazariya bilan amaliyotning birbiri bilan bog‘liqligi
  • Tushunarlilik
  • Namunalardan foydalanish
  • Ilmiylik
  • Bilimlarni qo‘llash
  • Markaziy bank pul taklifini tartibga solish uchun quyidagi tadbirlarning qaysi biridan ko‘proq foydalanadi
  • N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”




    Download 398,43 Kb.
    bet14/83
    Sana17.11.2023
    Hajmi398,43 Kb.
    #100235
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
    Bog'liq
    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (1)
    2 (2), 3 (2), 2-mavzu Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jaray, , 27
    Faollik tamoyili

    Inson ta’lim olishining haqiqiy, chinakam mohiyati o‘zining aqliy faoliyati natijasida bilimning yangi-yangi sir-asrorlarini mustaqil ravishda anglab olishidir.
    Talaba, o‘quvchi o‘z harakati bilan fanlarni yaxshiroq o‘rganadi va o‘zlashtiradi. O‘quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, ularning o‘zlari fanga qiziqsin, uni bilishga harakat qilib, intilsin. Buning uchun o‘quvchi-talabalar darsga faol qatnashishi lozim.
    • Nazariya bilan amaliyotning birbiri bilan bog‘liqligi

    Nazariy bilim doim kasb-hunar amaliyoti bilan bog‘lanishi lozim. Amaliy ta’lim ham o‘z navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bo‘lishi kerak.
    • Ko‘rgazmalilik

    Bilimlarni iloji boricha ko‘rgazmali va real hayotga yaqin tarzda taqdim etish tilning tushunarliligini va ta’lim jarayonida audiovizual vositalardan foydalanishni, bevosita ish holatida va real ob’yektlarda o‘qitishni talab qiladi. Darslar ko‘rgazmali qurollar yordamida berilsa, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari osonlashadi.

    O‘quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo‘lishi kerakki, o‘quvchilar uni o‘zlaridagi bilimlar bilan bog‘lay olishsin va uni tushunishda qiynalmasin. Ya’ni, o‘quv materialining mazmuni, shuningdek, o‘qituvchining tili va fikrlarini ifodalash usuli o‘quvchitalabaning bilim saviyasiga mos kelishi lozim. Lekin bu ilmiy terminlardan foydalanilmaydi, degani emas.
    • Namunalardan foydalanish

    O‘quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim namunalarni tanlashga harakat qilish kerak. Yaxshi model, amaliyotdan olingan tipik misollar, turlicha mahsulotlar ham olingan natijaning sifati qanday bo‘lishini aniq ko‘rsatadi.
    • Ilmiylik

    O‘quv materialining mazmuni haqiqiy va ilmiy jihatdan tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini o‘zida aks ettirishi lozim.
    O‘qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material qo‘llanilmasligi kerak.
    • Bilimlarni qo‘llash

    O‘quvchi-talabalar olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi kerak. Shuning uchun bu bilimlar qo‘llanilgan va amaliy vaziyatda sinalgan bo‘lishi zarur. Bunday amaliy vaziyatlar o‘qituvchi tomonidan yaratilishi lozim.
    • Natijalarni mustahkamlash tamoyili

    O‘qishdagi muvaffaqiyatlar tan olinishi va baholanishi kerak. Bu o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida doimiy aloqa bo‘lishini talab qiladi. Natijalar esa maxsus
    «Baholash varaqalari» da qayd qilinishi kerak.
    Didaktik tamoyillar o‘qituvchi faoliyatining yo‘lyo‘rig‘i sifatida hizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik prinsipini qo‘llab quvvatlaydi.
    O‘qitishning asosiy qoidalari:

    • tushunarlidan – tushunarsizga;

    • yaqindan uzoqqa;

    • osondan qiyinga;

    • aniqdan mavhumga;

    • umumiydan hususiyga, umumlashtirilgandan yakkaga;

    • xususiydan umumiyga.

    O‘qish va o‘qitish didaktik xatti-harakatlar bilan bog‘liq. Didaktik xatti-harakatlarga o‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish va baholash faoliyati kiradi.
    Bu faoliyat quyidagi savollarda o‘z ifodasini topadi:

    1. Kimlar o‘qitadi?

    2. Kimlarni o‘qitish kerak?

    3. O‘qitish orqali qanday maqsadlarga erishish mumkin?

    4. Maqsadga erishish uchun nimani, qanday o‘qitish kerak?

    5. Nazariy va amaliy darslarda qaysi metodlarni qo‘llab, dars o‘tish kerak?

    6. Nazariy va amaliy darslarni qanday sharoitda o‘tkazish kerak?

    7. O‘qishni qanday tashkil qilish kerak?

    8. Ko‘zlangan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar qanday baholanadi?

    Dars berishning shakllari, uslublari turli-tuman. Maqsad, o‘tilayotgan dars har bir talabaning ongiga yetib borsin. Bu yerda hal qiluvchi rolni didaktik sakkizburchak va o‘quv jarayonining mazmuni o‘ynaydi.
    Sxemadan ko‘rinib turibdiki, o‘quv jarayonini qanday o‘tishi qo‘yilgan maqsad bilan uni amalga oshirish birligidan iborat.
    O‘qituvchi, dars beruvchi sifatida har safar qanday qilib, qaysi usul bilan dars o‘tsam qo‘yilgan maqsadga erishaman deb o‘z oldiga savol qo‘yib, o‘ylab ko‘rsa, dars o‘tishning aynan mavzuga mos keladigan uslubini topishi mumkin.
    Dars o‘tishning uslubini tanlash quyidagilarga bog‘liq:

    1. O‘qitilayotgan guruhning darsga tayyorgarlik darajasi;

    2. O‘rganiladigan predmet;

    3. Darsda o‘tiladigan mavzu;

    4. O‘tiladigan mavzuning mazmuni;

    5. Dars o‘tishda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnik vositalarning mavjudligi va boshqalar.

    Darsni qanday o‘tish borasida aniq bir qarorga kelishda, asosiy mo‘ljal olishda darsni nimaga qaratilganligi muhim ahamiyatga ega. Agar:

    • maqsadga erishish mo‘ljalga olinadigan bo‘lsa, dars jarayonida qanday maqsadlarga erishish kerakligini aniq belgilab olinishi lozim;

    • darsda qatnashadiganlar mo‘ljalga olinsa, talabalar (o‘quvchilar) guruhi kimlardan iboratliligiga e’tibor qaratiladi;

    • o‘tiladigan mavzu, unga ajratilgan vaqt mo‘ljalga olinsa, qanday o‘quv materialini talabalar ongiga yetkazish zarur va unga qancha vaqt ajratilganiga diqqat qaratiladi; o‘quv vositalari mo‘ljalga olinsa, qo‘limizda qanday o‘quv vositalari bor va ulardan qay darajada foydalanishimiz mumkinligini hisobga olamiz;

    • talabalar (o‘quvchilar)ning darsga faol yoki passiv qatnashuvi mo‘ljalga olinsa, qanday dars o‘tish uslublarini qo‘llash kerakligini tanlaymiz;

    • darsni tashkil etish mo‘ljalga olinsa, qanday tashkiliy shartsharoitlar mavjudligini hisobga olamiz;

    • o‘zlashtirishni nazorat qilish mo‘ljalga olinsa, qanday tartibda talabalar bilimi nazorat qilinadi va baholanadi, diqqat ana shunga qaratiladi (IY bob, 3§ ga qarang).

    O‘quv jarayonini tashkil qilish va uni boshqarish mashg‘ulotlarda qo‘yilayotgan maqsadga bog‘liq. O‘qituvchi darsda talaba iqtisodiy kategoriya (tushuncha)ni yoki tendensiyani o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yyaptimi yoki uni tushunish, tahlil yoki tatbiq qilishni o‘rganishi kerakmi? Iqtisodiy voqelikni sintez qilishni yoki turli variantlarni taqqoslab, ularning ijobiy, salbiy tomonlarini o‘rganib baho berishni bilish kerakmi?
    Tushunarli bo‘lishi uchun makroiqtisodiyotga doir ikki savolni taqqoslab ko‘raylik:
    1. Markaziy bank pul taklifini tartibga solish uchun quyidagi tadbirlarning qaysi biridan ko‘proq foydalanadi?

    a) hisob stavkasini o‘zgartiradi;
    b) bank marjasi bo‘yicha talabni o‘zgartiradi;
    v) ochiq bozorda qimmatbaho qog‘ozlar oldisotdisi; g) rezerv (zahira) miqdorini o‘zgartiradi.
    1. Agar iqtisodiyot resurslarning to‘la bandligi ta’minlanmagan holatda bo‘lsa, Oliy Majlis va Markaziy bank ishlab chiqarish imkoniyatlarini rag‘batlantirish uchun qo‘llagan qaysi tadbir maqsadga muvofiq bo‘ladi?

    a) ochiq bozorda qimmatbaho qog‘ozlar sotib olish evaziga foiz stavkasini ko‘tarish; b) davlat xarajatlarini kamaytirish uchun qat’iy pul siyosatidan foydalanish;
    v) iste’molga soliqni pasaytirish, daromadga soliqni ko‘tarish, davlat transfert to‘lovlarini kamaytirish;
    g) ochiq bozorda operasiyalar evaziga foiz stavkasini tushirish, iste’molga soliqni ko‘tarish;
    d) kapitalning o‘sishiga soliqni ko‘paytirish va pul taklifini kamaytirish.
    Ko‘rinib turibdiki, ikkinchi savol murakkab, chunki birinchi savol faqat olgan bilimni, axborotni yodga olishni talab qiladi. Ikkinchi savolga javob berish uchun esa, faqat avvalgi o‘rgangan bilim, axborotni eslash kamlik qiladi, javob berish uchun turli variantlarni solishtirish kerak. Demak, ikkinchi savolda fikrlash darajasi avvalgi savoldagiga qaraganda boshqacha yuqoriroq darajada bo‘lishi talab qilinadi.
    Bilim olish darajasini tasvirlash uchun AQSH pedagogi Benjamin Blum tomonidan 1956 yil e’lon qilingan “Taksonomiya syeley obucheniya” chast 1. “Kognitivnaya sfera” (Taxonomy of Edicational Objectives: Handbook 1: Cognitive Domain) kitobida ta’lim maqsadlarini qat’iy belgilangan mezonlarini ishlab chiqqan. Undan o‘tiladigan darsning maqsadini rejalashtirishda, auditoriyada amaliy ish bajarish yoki nazorat ishi uchun savollar, test tayyorlashda foydalanish mumkin.
    B.Blumning fikricha, bilim olish (kognitiv)5 darajasi ma’lum iyerarxiya tarzida joylashib, har bir bosqich avvalgisiga qaraganda murakkab hamda avvalgi bosqichlarni ham o‘z ichiga oladi. Ya’ni bilim har bir yangi pog‘onaga ko‘tarilar ekan, albatta, avvalgi bosqichni ham takrorlash lozim bo‘ladi. Ular quyidagilar:


    1. Download 398,43 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




    Download 398,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

    Download 398,43 Kb.