• 1.2. Dars o‘tish metodlari va unga turli jihatdan yondashish
  • Amalda sinash, tajriba metodi
  • Og‘zaki so‘z orqali ifodalanadigan metod
  • Kitob bilan ishlash
  • Psixologik nuqtai nazardan, bilimlarni o‘zlashtirish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin
  • N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”




    Download 398,43 Kb.
    bet4/83
    Sana17.11.2023
    Hajmi398,43 Kb.
    #100235
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
    Bog'liq
    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (1)
    2 (2), 3 (2), 2-mavzu Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jaray, , 27
    Metodika va uning vazifasi. Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi (pedagogika yunoncha paidagogike3) bo‘lib, insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta’lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari) haqidagi fandir.
    Metodologiya esa (yunon. metod va logiya so‘zlaridan) faoliyatning tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limotdir.
    Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o‘z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo ilmiy bilish metodologiyasi, ya’ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi.
    Metodika, qisqacha qilib aytganda, ma’lum bir fanni o‘rganish, o‘qitish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati) esa shu fanni o‘rganish, o‘qitish metodlarini o‘rganadi. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasining maqsadi iqtisodiy-nazariy ta’lim berishning qonuniyatlari, turli metodlarini o‘rganishdir.
    Boshqacha aytganda metodika bu dars o‘tishda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarni realizasiya qilishni amalga oshiradigan turli metodlarning majmuidir.
    Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, iqtisodiyotga davlat aralashuvining qisqarib, nodavlat tarmoqlarning rivojlanishi, mamlakatimizni jahon iqtisodiy tizimiga integrasiyasi ta’lim tizimini ham isloh qilish, hozirgi zamon ta’lim tizimi oldida turgan masalalarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, yoshlarni iqtisodiy savodxonligini oshirish muhim masalalardan biri bo‘lib qoldi.
    Shuning uchun ham mamlakatimizda iqtisodiy ta’lim-tarbiya berishga maktabdan boshlab alohida e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodchi pedagoglar tayyorlashda esa maxsus fanlar iqtisodiy fanlar bo‘lib, ana shu fanlardan dars o‘tish metodikasi o‘rganiladi.
    Dars o‘tish o‘qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o‘z bilimini ustalik bilan talabalar ongiga yetkazishni ham talab qiladi. Talabalar fanni puxta o‘zlashtirishlari uchun uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar katta ahamiyatga ega. Shu sababli iqtisodchi–pedagoglar iqtisodiy fanlarni o‘rganish metodlarini puxta egallashlari, ularni mahorat bilan qo‘llay bilishlari kerak. Mazkur fanning maqsadi kasb ta’limi (iqtisodchi-pedagog) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni fanni o‘rganishda qo‘llaniladigan an’anaviy va interaktiv metodlar bilan tanishtirish va kelajakda o‘z faoliyatlarida qo‘llashni o‘rgatishdir.
    Iqtisodiy fanlar faqatgina nazariy emas, amaliy fanlardir. Ular bevosita amaliyotga tayanadi, aniq ma’lumotlar, dalillar, raqamlar hisob-kitoblarga asoslanadi. Shuning uchun iqtisodiy bilimlarni o‘rganish, iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, real iqtisodiy jarayonlar asosida amalga oshiriladi.
    Iqtisodiyotni o‘rgatuvchi, iqtisodiy bilim beruvchi fanlar xilma xil. Iqtisodiy fanlarni o‘rganish obyektini miqyosi, iqtisodiy bilimlarni qamrab olishi jihatidan shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin:

    1. Umumiqtisodiy fanlar. Ular iqtisodiyotni, unga xos bo‘lgan iqtisodiy qonunlar, tamoyillarning amal qilishini yaxlit holda o‘rganadi. Bularga, eng avvalo, iqtisodiyot nazariyasi fani kiradi. U barcha iqtisodiy fanlarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotning qonun-qoidalarini bilish, shu fanni o‘rganishdan boshlanadi.

    2. Xususiy iqtisodiy fanlar. Bular mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, ijtimoiy iqtisodiyot, mehnat iqtisodiyoti va boshqalar bo‘lib, ular iqtisodiyotning u yoki bu sohasini o‘rganadi.

    3. Funksional iqtisodiy fanlar. Bu fanlarga buxgalteriya hisobi, moliya, audit, moliyaviy tahlil, soliq, sug‘urta, menejment, bank ishi va boshqalar kiradi. Odatda, ular ko‘proq mutaxassislik fanlari sifatida o‘rganiladi.

    Shunga ko‘ra, har bir iqtisodiy fan o‘z predmetini umumfalsafiy, umumiqtisodiy hamda boshqa alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shu fanga xos bo‘lgan metodlar yordamida o‘rganadi. Fanni o‘rganish jarayonida esa nafaqat fanning predmetini o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar, balki fanni o‘rganish, bilish jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan metodlar ham katta ahamiyatga ega. Chunki o‘qitish jarayonida fanni talabalar ongiga yetkazish, ularni bilim olishga chorlash, qiziqtirish, o‘z ustida ishlashga yo‘naltirish ko‘p jihatdan unda qo‘llaniladigan metodlarga bog‘liq.
    Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quvchi-talabalarda iqtisodiy fikrlash, tafakkurni shakllantirishga qaratilgan. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi fanining bir tomonida iqtisodiy fanlar: iqtisodiyot nazariyasi, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, audit, moliya, soliq, statistika va qator boshqa iqtisodiy fanlar tursa, ikkinchi tomonida esa, pedagogika, pedagogik texnologiya, psixologiya kabi pedagogikaga oid fanlar turadi. Maxsus fanlar, ya’ni iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi ularni birbiriga bog‘laydi.
    Kasb ta’limi yo‘nalishida o‘qiydigan bakalavrlar buxgalteriya hisobi va audit, moliyaviy tahlil, soliq va soliqqa tortish, bank ishi, moliya va boshqa iqtisodiy fanlarni, pedagogikani chuqur o‘rganishlari zarur. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi fani oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:

    • xo‘jalik yurituvchi subyektlardan boshlab, butun jamiyat miqyosida uzluksiz kuzatish olib borish, ma’lumotlar, axborotlar to‘plashni naqadar zarurligini talabalar ongiga yetkazish;

    • talabalarga qo‘yilgan maqsadga ko‘ra to‘plangan iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash, taqqoslash, qiyosiy xarakteristika berish, tahlil qilishga o‘rgatish;

    • hodisalar va jarayonlarni chuqur o‘rgatish, iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga baho berish va xulosalar chiqarish;

    • iqtisodiy fikrlay bilish, mustaqil fikr yuritish, o‘z nuqtai nazarini asoslashga o‘rgatish;

    • iqtisodiy fanlarni o‘rganish uchun tatbiq etiladigan dars o‘tish metodlari bilan tanishtirish

    • fanning predmetini o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar bilan dars o‘tish metodlarini to‘g‘ri bog‘lay bilish;

    • fanning mavzulariga ko‘ra dars o‘tish metodlarini to‘g‘ri tanlay bilish o‘z faoliyatida mohirlik bilan foydalanishni o‘rganish kabilardan iborat.

    Iqtisodchi-pedagog kasbini tanlagan bo‘lajak mutaxassislar o‘z oldilariga qo‘yilgan talablarga javob berishi uchun mutaxassislik fani bilan bog‘liq holda:

    • iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur egallagan bo‘lishi;

    • huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurilishiga oid fanlarni mukammal bilishi;

    • yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanish uchun – pedagogik mahorat va tajribaga ega bo‘lish uchun intilishi;

    • dars berish metodlarini yaxshi o‘rganib, ularni fanning yo‘nalishi va mavzusi bo‘yicha qo‘llay oladigan bo‘lishi;

    • o‘zbek xalqining tarixini bilish, milliy g‘urur, madaniyatga ega bo‘lishi;

    • mutaxassislik fani bilan bog‘liq yangiliklarni o‘rganishga intiluvchan bo‘lishi;

    • fan-texnika yutuqlariga qiziquvchan bo‘lishi;

    • o‘quvchi-talabalarga fanni o‘rgatishda tasdiqlangan dastur asosida fanga qiziqish uyg‘ota olish, har bir o‘quvchi, talabaning saviyasi, individual xususiyatiga ko‘ra vazifa, topshiriq berish va talab qilish san’atiga ega bo‘lishi lozim.

    Shunday qilib, metodika o‘quv jarayonini tashkil qilish shakllari, metodlari, qonunqoidalarini o‘rganadi. Metodika, bir tomondan o‘rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar, ikkinchi tomondan, pedagogika fanining rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi.
    Fanning rivojlana borishi bilan o‘rganish metodlarining roli ortib boradi. Metodlarsiz qo‘yilgan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. O‘qituvchining metodik mahorati, dars o‘tishning yangi metodlarini o‘zlashtirishiga yetarli e’tibor berilmas ekan, ta’limga, inson kapitaliga investisiyalarning qanchalik ko‘payishidan qat’iy nazar ta’lim sifati oshmaydi. O‘qituvchilarning metodik mahoratini oshirishga qilingan xarajatlar, ularni bunga rag‘batlantirish «minimal xarajat qilib, maksimal samara» olish imkonini beradi.


    1.2. Dars o‘tish metodlari va unga turli jihatdan yondashish

    O‘qitish metodlarining serqirraligi, murakkab tuzilishga ega ekanligi unga turli jihatdan yondashuvlarda o‘z ifodasini topadi.
    Didaktik tadqiqotlar mashg‘ulot o‘tkazishni dialektik jarayon sifatida o‘rganadi. Unga ko‘ra:

    • O‘qitish metodlari tizimi dinamikada, harakatda, ta’lim tizimida yuz berayotgan barcha o‘zgarishlarni hisobga olgan holda o‘zgaradi, rivojlanadi, deb qaraladi.

    • Barcha metodlar bir-biri bilan aloqador. Biri ikkinchisini to‘ldiradi, biri ikkinchisiga bog‘liq.

    1. Dastlab, dars berish metodlarini tasniflashga an’anaviy jihatdan yondashilib, o‘rganiladigan bilim manbalariga ko‘ra guruhlarga ajratilgan. Bunday guruhlanishning ijrosi qadimgi falsafiy va pedagogik qarashlarga borib taqaladi. Bunday manbalar, qadimda uchta: amalda sinash, ya’ni praktika (tajriba), ko‘rgazmali, og‘zaki (so‘z orqali) ifodalangan. Jamiyat taraqqiyoti tufayli keyinchalik unga kitob bilan ishlash qo‘shildi. So‘nggi 20 yil mobaynida hayotga, shuningdek, ta’limga shiddat bilan yangi metodlar, qog‘ozsiz axborot manbai: videokompyuter tizimi kirib keldi.
    2. Shunday qilib, hozirgi paytda o‘rganiladigan bilim manbalariga ko‘ra, metodlar 5 guruhga bo‘linadi, hamda qator usullarni o‘z ichiga oladi:
    1. Amalda sinash, tajriba metodi:

    • tajriba o‘tkazish, amaliyot o‘tkazish;

    • mashq qilish jarayonida qatnashish, mehnat, ishlab chiqarish.
    • Ko‘rgazmali namoyish qilish metodi:

    • o‘quvchi, talabalar tomonidan kuzatish, amaliyot o‘tkazish.
    1. Og‘zaki so‘z orqali ifodalanadigan metod:

    • tushuntirish, ongiga yetkazish;

    • hikoya qilish;

    • o‘zaro fikr almashuv;

    • suhbat o‘tkazish;

    • yo‘l – yo‘riq, ko‘rsatma berish;

    • ma’ruza;

    • munozara, mubohasa, bahs va boshqalar
    1. Kitob bilan ishlash:

    • o‘qish, o‘rganish, tezda ko‘rib chiqish;

    • sitata keltirish va uning ustida ishlash, bayon yozish;

    • referat yozish, konspekt tuzish.
    1. Video metod:

    • kompyuterda mashq, test yechish;

    • nazorat o‘tkazish;

    • internetda ishlash;

    • o‘quv filmlarini tayyorlash va namoyish etish;

    • axborot texnologiyalariga asoslanib, ishlab chiqilgan dasturlar asosida kompyuterda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, ularga omillar ta’sirini o‘rganish;

    • multimedia asosida taqdimot tayyorlash, namoyish etish va boshqa shu kabilarni qamrab oladi.
    1. Pedagog olimlar (M.A. Danilov, B.P. Yesipov) o‘quv jarayonini tashkil qilish maqsadlari va uni amalga oshirish bosqichlariga ko‘ra dars o‘tish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratadi:

    • bilimni egallash;

    • malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish;

    • olingan bilimni amalda qo‘llash;

    • ijodiy faoliyat;

    • olingan bilimni mustahkamlash;

    • bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish metodlari

    Guruhlashdan ko‘rinib turibdiki, u dars jarayonini tashkil qilishning klassik sxemasi asosiga qurilgan. Bunda asosiy maqsad, pedagoglarga o‘quv–tarbiya jarayonini amalga oshirish va metodlar majmuini soddalashtirishga qaratilgan.
    1. Psixologik nuqtai nazardan, bilimlarni o‘zlashtirish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:




    Download 398,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




    Download 398,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

    Download 398,43 Kb.