|
Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»
|
bet | 1/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 39,77 Kb. | | #249306 |
Bog'liq Umumiy pedogogika fani
Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi.
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike - «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan. Pedagogika – ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o’rganadigan fan sohasi. Pedagogika tarbiya haqidagi fan; pedagogika o 'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan; pedagogika umum an insonni tarbiyalash haqidagi fan va hokazo. Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning m ohiyatini tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson maanfaatlari uchun tarbiya jarayoniga ta’sir etishni nazarda tutadi. Pedagogika fanining predmeti – ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari. Pedagogika fanining vazifalari - Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo’shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. Pedagogika fanining ob’yekti – yaxlit pedagogik jarayon. Pedagogika fanining predmeti – ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qo nuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari. Umumiy pedagogika – pedagogikaning kontseptual masalalari va amaliy jihatlarini tadqiq etadi. Pedagogika tarixi – pedagogik fikrlarning taraqqiy etishi, maktab va ta’lim turlarining davriy xususiyatlari, o’ziga xoj jihatlari va ahamiyatini tadqiq etadi. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi. Pedagogika metodologiyasi o‘zida pedagogikaning nazariya soslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishga doir yondashuvlarini, pedagogik voqelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish usullarini, shuningdek, mazkur bilimlar tizimini qo‘lga kiritishga doir faoliyat tizimini o’zida mujassamlashtiradi. Pedagogika fani metodologiyasi – jamiyatning rivojlanishi sharoitida uzluksiz taraqqiy etib boruvchi pedagogik muhit holatini haqqoniy aks ettiruvchi, pedagogika nazariyasi hamda amaliyoti, ta’lim olish hamda unga yondashuv mezonlari haqidagi bilimlar tizimi. Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo’nalishda, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 1) Pedagogik kuzatish metodi. 2) Suhbat metodi. 3) Anketa metodi. 4) Intervyu metodi. 5) Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 6) Test metodi. 7) Pedagogik tahlil metodi. 8) Bolalar ijodini o’rganish metodi. 9) Pedagogik tajriba metodi. 10) Matematik-statistik metod.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»
|