Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»




Download 39,77 Kb.
bet9/17
Sana21.05.2024
Hajmi39,77 Kb.
#249306
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Umumiy pedogogika fani

9.Tarbiya metodi va tasnifi
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga
erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining
kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir
tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq
Shart-Sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida
umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy
takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya metodlari tasnifi
Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari
faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish
va tanbeh berishga bo‘linadi (N.I. Boldыrev, N.K. Goncharov, F.F. korolev va
boshqalar). Mazkur holatda metodning Umumiy xarakterli belgisi uo‘zida
yo‘nalganlikni, o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga
metodlarning ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy
metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish,
o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S.
Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi:
tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari,
rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash.
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga
bo‘lish mumkin:
1. Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha,
g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.
2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga
ta’sir etuvchi.


Download 39,77 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 39,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»

Download 39,77 Kb.