Xalq ta`limi tizimini islox qilish




Download 39,77 Kb.
bet5/17
Sana21.05.2024
Hajmi39,77 Kb.
#249306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Umumiy pedogogika fani

5.Xalq ta`limi tizimini islox qilish
Joriy yilning 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan masalalarni hal qilish, mas’ul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida mazkur yo‘nalishda quyidagilar tashkil etiladi:

  • Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha milliy kengash;

  • xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy kengashlar);

  • xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) kengashlari).

Milliy kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida optimallashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

  • o‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini ko‘tarish, ularning moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;

  • Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, boy madaniy-tarixiy meros, milliy urf-odat, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar g‘oyalari asosida ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashning samarali pedagogik shakl va metodlari tatbiq etilishini tashkillashtirish;

  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, joriy va mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish, mazkur ishlarda zamonaviy texnologiyalar va energiya tejamkor materiallar qo‘llanilishini ta’minlash;

  • xalq ta’limi sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish, mas’ul vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining bu borada qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlarini tinglash, shu asosda ularni rag‘batlantirish yoki javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘rish;

  • xalq ta’limi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, mazkur sohadagi qonunchilik hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish va boshqalar.



Download 39,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 39,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalq ta`limi tizimini islox qilish

Download 39,77 Kb.