Tarbiya mazmuni, mohiyati va uning shaxs kamolatidagi roli. Tarbiya turlari va metodlari




Download 39,77 Kb.
bet6/17
Sana21.05.2024
Hajmi39,77 Kb.
#249306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Umumiy pedogogika fani

6. Tarbiya mazmuni, mohiyati va uning shaxs kamolatidagi roli. Tarbiya turlari va metodlari.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Pedagogik adabiyotlarda "tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi.
Xalq pedagogikasida qo’llanilgan juda xilma-xil tarbiya usullari quyidagi tarzda umumlashtirilgan.
1. Tushuntirish (maslahat berish, uzr so’rash, yaxshiliklar haqida so’zlash, o’rnak bo’lish).
2. Nasihat berish (o’git, undash, ko’ndirish, iltimos qilish, oq yo’l tilash, yaxshiliklar haqida so’zlash, rahmat aytish,duo-qilish).3.Namuna bo’lish(maslahat so’rash,o’rnak bo’lish).4.Jazo(ta’kidlash, ta’na - gina, tanbeh berish va h.k.)
Tarbiya usullarini o’rganish, tahlil qilish bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish ko’nikma va malakalarni egallashni osonlashtiradi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1) ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar, 2) faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajriblarni shakllantirish usullari, 3) o’z - o’zini tarbiyalash usullari, 4) rag’batlantirish usuli va jazolash usullari.
Tanbeh berish - eng yengil jazo chorasi bo’lib hisoblanadi.
Ogohlantirish - noma’qul xatti - harakatlarning oldini olish uchun ishlatiladi.
Hayfsan berish - tanbeh va ogohlantirish kutilgan natija bermasa, o’quvchi intizomni buzaversa, hayfsan beriladi.
Uyaltirish - odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or - nomus sharmu hayodir.
Odamda izzat - nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, o’zini - o’zi avvalo hurmat qilsa unda or - nomus kuchli bo’ladi.
Xalqimiz uyat - o’limdan qattiq deb bejiz aytmagan. Shu sababli bolani ha deb uyaltirmasdan boshqa vositalarni ham qo’llash kerak.
Jazo haqqoniy me’yorda qo’llanilsa samarali bo’ladi.


Download 39,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 39,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiya mazmuni, mohiyati va uning shaxs kamolatidagi roli. Tarbiya turlari va metodlari

Download 39,77 Kb.