|
Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»
|
bet | 7/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 39,77 Kb. | | #249306 |
Bog'liq Umumiy pedogogika fani7.Ta’lim jarayoning mohiyati.
Ta’lim jarayonining mazmun – mohiyati.
Ta’lim berish g‘oyatda murakkab va mas’uliyatli ish, buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, pedagogning ta’lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta’minlashga urinish va harakatlarini saqlashga intilishi o‘rtasidagi ta’limga xos dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbaidir.
Ta’lim maqsad, mazmun, o‘qituvchining shaxsi, talabalardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o‘qitishning moddiy – texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgiladani. Bunda o‘qituvchi talabalar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o‘zining ko‘rsatmalari, yo‘naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirishlari va hakozalar bilan ularning o‘quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko‘ra ta’lim birinchidan, o‘qitish, ikkinchidan, o‘qitishni, ya’ni o‘qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
“Ta’lim ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysinadi va umumfalsafiy metodologiyaga muvofiq bu qonunlar ta’lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar o‘rtasidagi umumiy, muhim zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta’limning alohida komponentlari, ya’ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usullari va uslublari o‘rtasidagi ichki bog‘lanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan qator asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish o‘qituvchining sifatli va samarali amalga oshiruvini ta’minlaydi. Ta’lim jarayoni – yagona dinamik tizim sifatida.
Ta’lim jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tashkil etuvchilar (ko‘rsatkichlar) – ning o‘zaro uzviy bog‘liqligi asosida tuzilgan yagona dinamik tizimni tashkil etadi. Dinamik tizim deyishiga sabab, ta’limni va ta’lim jarayonini tashkil etuvchilari jamiyat taraqqiyotiga mos holda muntazam rivojlanishda bo‘lib, takomillashtirilib boriladi.
Bunda tashkil etuvchilar quyidagilardir: maqsad; mazmun; shakl, usul; uslub; o‘qituvchi shaxsi; talabalardagi dastlabki bilim; o‘qitishning moddiy – texnik bazasi va shu kabilar. Bu ta’lim jarayonlarini bir butunlikda, ya’ni yagona yaxlit dinamik tizim sifatida qarash lozimligini taqozo etadi va bunday qarash ta’lim jarayonini boshqarish va boshqarishning optimal variantini topishga ham imkoniyat yaratadi.
Qayd etilgan ta’lim jarayonini tizim ko‘rinishida quyidagicha ifodalash mumkin
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»
|