|
Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»
|
bet | 4/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 39,77 Kb. | | #249306 |
Bog'liq Umumiy pedogogika fani4.Oliy talim tizimini isloh qilish.
O‘z navbatida, mazkur islohotlarning salmoqli qismini ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tashkil etmoqda. So‘nggi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ta’lim tizimidagi islohotlar va amaliy chora-tadbirlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilmoqda:
1) maktabgacha ta’lim sohasida;
2) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3) oliy ta’lim;
4) oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
5) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizasiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari ilm-fanning yirik o‘choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Bugungi kunda yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so‘nggi 4 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni 125 taga yetdi. Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Aholi fikrini o‘rgangan holda, sirtqi va kechki ta’lim shakllarini qayta tikladik, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga yetgan bo‘lsa-da, biz-bu ishlarni yanada kengaytirishimiz zarur. Professor-o‘qituvchilarning xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini ta’minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori2018 yilga nisbatan o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta’lim muassasasi o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi.Demak, yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish davr talabidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»
|