• Pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
  • Metododologik tadqiqot va maxsus ilmiy tadqiqot
  • Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari tasnifí va tavsifi
  • Pedagogikaning obyekti va predmeti




    Download 39,77 Kb.
    bet11/17
    Sana21.05.2024
    Hajmi39,77 Kb.
    #249306
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
    Bog'liq
    Umumiy pedogogika fani

    Pedagogikaning obyekti va predmeti. Ilm-fan obyekti – mazkur fan tadqiq etuvchi voqelik sohasidir. Masalan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning obyekti inson bilan bog‘liq madaniy hodisalardir. Pedagogika fanining obyekti yaxlit pedagogik jarayon bo’lib, u zamonaviy bosqichda faqat bilimlaming shakllanish bosqichi, insonning intellektual salohiyatining rivojlanishi bilan belgilanmaydi. Pedagogika voqelikning mazmun-mohiyatini o‘rganadi, qonuniyatlarini aniqlaydi, pedagogik o‘zaro ta’sirning mohiyati, pedagogik jarayonni loyihalashtirish va amalga oshirish shakl, metod, vositalari va texnologiyalari, uning sifat va samaradorligi mezonlarini ishlab chiqadi.
    Pedagogika fanining maqsad va vazifalari. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida to‘rt asosiy funksiyani bajaradi: analitik, prognostik, tashkiliy va metodologik. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
    Metododologik tadqiqot va maxsus ilmiy tadqiqot. Metodologiya tushunchasi o‘zida ikki jihatni aks ettiradi: birinchisi bilish faoliyati natijalari bilan bog‘liq bo’lsa, ikkinchisi mazkur faoliyatning o‘zi hisoblanadi. Har bir fanning o‘ziga xos kategoriyalari, tushunchalari, tadqiqot predmeti, obyekti va fanshunoslikning umumiy qoidalari, ilmiylik mezoni ifodalanishidir. Globallashuv jarayonida fanning rivojlanishi, ilmiy tadqiqot tili, kategoriyalari uning umumiy jahonshumul va xususiy muayanligi muxim o‘rin tutadi.

    Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari tasnifí va tavsifi. Ilmiytadqiqot metodlari 3 turga bolinadi: emperik, emperik va nazariy va nazariy. Emperik tadqiqot metodlari. Emperik tadqiqot metodlari: kuzatish, qiyoslash, hisoblash, o’lchash va eksperiment kiradi. Kuzatish deb - rna’lum bir obyektni muntazam ravishda bir maqsad yo‘lida o‘rganish yoki ochish bilan amalga oshiriladigan bilish metodigaaytiladi. Ilmiy kuzatish quyidagi koponentlami o‘z ichiga oladi: obyeki tanlash, maqsad qo‘yish, uni tavsiflash, xulosa chiqarish. Qiyoslash metodi bilishning keng tarqaigan metodiga kiradi va “hamma narsa qiyoslanganda bilinadi” tamoyiliga tayanadi. Qiyoslash natijasida bir qancha obyektlar uchun umumiy bo‘lgan va fáqat o'ziga xos jixatlar aniqlanadi. Qiyoslash qonuniyatlar va qonunlarni bilishda bir qadamdir. 0‘lchash deb - ma’Ium bir kattalikni o‘Ichov birligidagi etalonga nisbatan raqam sonidagi qiymatini aniqlashdan iborat bo‘lgan fizik jarayonga aytiladi. 0 ‘lchashda quyidagi komponentlaming bo‘lishi talab etiladi: o ‘lchash obyekti; etalon; olchov asbobi; 0‘lchash metodi. Eksperement deb - aniq belgilangan sharoitda ma’Ium bir xodisani aniq maqsad yolida o‘rganish uchun qo‘yilgan tajribaga aytiladi. Emperik tadqiqot metodlari farazni dalillash uchun asos bo‘lib qolmay, balki yangi iimiy kashfiyotlar, qonunlar va boshqalarni ochish manbai xisoblanadi. Emperik-nazariy tadqiqot metodlari. Ushbu metodlarga tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, modellashtirish metodlari kiradi.

    Download 39,77 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




    Download 39,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogikaning obyekti va predmeti

    Download 39,77 Kb.