|
Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»
|
bet | 13/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 39,77 Kb. | | #249306 |
Bog'liq Umumiy pedogogika fani"Davolash pedagogikasi" atamasi XIX-asrning ikkinchi yarmida ilmiy muomalaga kiritilgan. (1861) nemis o‗qituvchilari Jan-Daniyel Georgens va Heinrich Deinhardt tomonidan. Ular o‗zlarining ―Umumiy tibbiyot va pedagogika fanining kiritilishi va asoslanishi‖ nomli kitoblarida bu atamaning birinchi bo‗lib qo‗llagan va asoslab bergan. Davolash pedagogikasi (heilpaedagogik – nem., la pédagogie curative – fr.) - pedagogika, psixologiya, defektologiya, tibbiyot fanlari va amaliyotning boshqa sohalari vakillari o‗zaro hamkorlik qiladigan, ta‘lim sohasida alohida shaxsni tayyorlash va qo‗llab-quvvatlashni ta‘minlovchi kasbiy yordam tizimidir. Shuningdek, integrativ yondashuvga asoslangan va uning insoniy qadr-qimmatini so‗zsiz hurmat qilish jarayoni. Davolash pedagogika turli yoshdagi maxsus insonlar bilan bevosita ishlashni, shuningdek, butun ta‘lim tizimining holatini, insonning jamiyatni tiklanish sari harakat qilish qobiliyatini yaxshilashga g‗amxo‗rlik qilishni o‗z ichiga oladi. Tibbiy pedagogika va tibbiyot o‗rtasidagi fanlararo aloqalarga asoslangan, bolalarga yordam berish zarurligini ta‘minlaydigan va ta‘lim, tarbiya va o‗qitishning an‘anaviy yondashuvlarini qayta ko‗rib chiqadigan integratsiyalashgan tibbiy va pedagogik bilimlar tizimi sifatida ko‗rib chiqishni taklif qilsh mumkin. Davolash pedagogikasini o‗qitishdan maqsad - talabalarni keng qamrovli pedagogik jarayon doirasida bolaning ―o‗ziga xos‖ organik rivojlanishi, turli yoshdagi alohida toifadagi o‗quvchilar bilan samarali ishlashga va umuman butun ta‘lim tizimining holatini yaxshilash, uning jamiyatni tiklashga ko‗maklashish qobiliyatini shakllantirishga o‗rgatish va olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish ko‗nikmasini hosil qilishdan iborat. Bolaning yangi ko‗nikma va bilimlarni o‗zlashtirishi o‗z-o‗zidan emas, balki uning amaliy faoliyati, ularning real hayotdagi talabi bilan bog‗liq holda muhimdir. Ruhiy nuqsonlari bo‗lgan bolalarning munosib hayot kechirishini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tibbiy-pedagogik bilimlardan foydalanish bolaga nisbatan insonparvarlik munosabati bilan uyg‗unlashgan tizimda shakllana boshladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»
|