|
Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»
|
bet | 12/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 39,77 Kb. | | #249306 |
Bog'liq Umumiy pedogogika faniTarbiya tamoyillari - yo‘l - yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad- har tomonlama ma'naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol mutaxassis shaxsini shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma'lum maqsadni ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganligi bo‘lajak mutaxassislarning axloqiy, ma'naviy tarbiyalanganlik istiqbollarini ko‘ra bilishda yordam beradi. Inson paydo bo‘libdiki, tarbiya jarayoni va tamoyillari mavjud. Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkoniyatini beradi.
Pedagogik tajriba keng ma’noda ta’lim-tarbiya amaliyoti, tor ma’noda pedagoglarning innovatsion faoliyati. Ilg‘or pedagogik tajriba pedagogika nazariyasiga doir ta’lim-tarbiya borasidagi samarali metodlar, vositalar texnologiyalarda ifodalanadi. Pedagogik jarayon ijodiy jarayon, malakali, tashabbuskor, o‘qituvchi, murabbiylar tajribalari, ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish faoliyatidir. Ta’limtarbiya jarayonini demokratlashtirish uzluksiz ta’lim pedagoglarining ijodkorligiga sharoit yaratadi. Shuningdek, mamlakat miqyosida o‘tkazilayotgan olimpiada, yil o‘qituvchisi tanlovlari ommaviy ijodkorlikni rag‘batlantirishga imkon bermoqda. Iig‘or pedagogik tajribalarni tadqiqotchilar tomonidan o'rganilishio‘ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim-tarbiya natijalarini pedagogic qonunivatlar tamoyillar asosida, samaradorlik mezoni, innovatsiyani dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyatini tahlil qilisb, baholash tadqiqotchidan yuksak metodologik bilim talab qiladi. Pedagogik tajriba maxsus tashkil etilgan eksperiment asosida ham bo'lishi mumkin. Ijodkor pedagog erishgan natijalari tajribalari tahlilida metodologik tamoyil alohida o ‘rin tutadi. Pedagogik tajribaning yangiligi, dolzarbligi, ilmiy amaliy ahamiyati asoslanadi, oldingi an’ana, tizimga qiyoslanadi. Ilg‘or pedagogik tajribaning asosiy ko‘rsatkichi innovatsion natijasidir. Masalan, o‘quvchi laming bilim darajasi, mustaqil o ‘zlashtirishi, olingan bilimlami erkin qo‘llay olishi, tarbiyalanganlik darajasi, bilish motivi, ezgu maqsadi shakllanganligi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Umumiy pedogogika fani predmeti. Tadqiqot metodlari. Pedogogika tadqiqotlar tarixi. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike «yetaklayman»
|