• 2.Personal boshqarish xizmatlari
  • 1. Kirish Personal boshqarish xizmatlari Personalni boshqarish xizmati funktsiyalari Personalni boshqarishning chet el tajribalari




    Download 22.15 Kb.
    bet1/4
    Sana19.10.2022
    Hajmi22.15 Kb.
    #27496
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Personalni boshqarishning Yaqin SHarq mamlakatlari tajribasi 2
    transformatsiya-jarayonida-davlat-va-jamiyat-munosabatlari-va-ularning-o-zaro-ta-siri, maqsud qoriyev spitamen roman, aralash RLC na\'muna, kurs ishi

    Personalni boshqarishning Yaqin SHarq mamlakatlari tajribasi
    Reja :
    1.Kirish
    2.Personal boshqarish xizmatlari
    3.Personalni boshqarish xizmati funktsiyalari
    4.Personalni boshqarishning chet el tajribalari
    5.Xulosa
    6.Foydalanilgan adabiyotlar

    1.Kirish
    Personalni boshqarish xizmatlari korxonada personal bilan ish olib boruvchi asosiy bo’g’indir. Ishlab chiqarishda inson omilining ortishi, hozirgi bozor sharoitida raqobatning kuchayishi, moliyaviy muvaffaqiyatga erishish zarurati personalni boshqarish xizmat-larining roli va ahamiyatini kuchaytirib yuboradi.Samarali faoliyat ko’rsatayotgan kompaniya va firmalar bugungi kunda innovatsiya strategiyalari, yangi mahsulot turlari, tashkiliy tuzilmalar yaratish bilan inson resurslarini boshqarish, mehnat salohiyatini rivojlantirish uslublari o’rtasidagi mavjud uzilishlarni bartaraf etishga eng asosiy masala sifatida qaramoqdalar. Muammoni ijobiy hal etish ko’p jihatdan personalni boshqarish xizmatiga bog’liq bo’lib qoladi.Iqtisodiyotda ro’y berayotgan o’zgarishlar an’anaviy kadrlar bo’limlarining funktsiyalari yo’q bo’lib ketadi, degan ma’noni bermaydi. Ishga qabul qilish, kadrlarni tayyorlash, ish haqi, ijtimoiy imtiyozlarni taqsimlash masalalari bundan buyon ham personalni boshqarish xizmati funktsiyalarida asosiy o’rinlarni egallashi aniq. Shu bilan bir qatorda, bu funktsiyalarni amalga oshirish shakl va uslublarida sifat jihatidan o’zgarishlar qilish ham hayotiy zaruratga aylanmoqda.
    2.Personal boshqarish xizmatlari
    Personalni boshqarish xizmatlari jahondagi etakchi kompaniyalar va firmalarda korxonaning asosiy bo’linmasi hisoblanadi. Amaliyotda ular zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
    kompaniya yoki firmani yuqori malakali va manfaatdor xodimlar bilan ta’minlash;
    personalni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillashtirish
    personalning barcha toifalarini o’z mehnatidan qoniqish hosil qilish darajasini oshirish;
    personal malakasini oshirish va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va yuksak darajada ushlab turish;
    qulay ma’naviy muhitni saqlash;
    xodimlar va rahbariyat uchun o’zaro foyda keltirishini ko’zlagan holda personalni korxona ichida almashinuvlarini boshqarish;
    martabani rejalashtirish;
    personal ijodiy faolligini oshirish, kompaniya yoki firma innovatsiya rejalarini amalga oshirishda ko’maklashish;
    personal faoliyatini baholash va boshqaruv personalini attestatsiyadan o’tkazish uslublarini takomillashtirish.
    Personalni boshqarish xizmati va menejerlar korxona (firma) uchun kadrlar tanlar ekan, ularda ro’y berayotgan o’zgarishlarni (oilaviy ahvol, funktsiyalari o’zgartirilgan holda xizmat vazifalarining o’zgartirilishi va hokazolarni) ham hisobga olishni talab etadi.
    Personalni o’qitish, malakasini oshirish yoki qayta tayyorlashda xodimlarni chet ellarda stajirovkadan o’tkazishni ko’zda tutish, faoliyat yo’nalishi bo’yicha zarur maxsus adabiyotlar, video va audio materiallar bilan ta’minlashni ham talab etadi.
    Personalni samarali mehnat qilishi, ularga yaratilgan qulay sharoitlar (psixologik muhit, qulay ish joyi, transport, ovqatlanish va hokazolar)ga bog’liqligini hisobga olgan holda rahbariyatga ishchi, xizmatchilarning maishiy sharoitini yaxshilash yuza-sidan tegishli tavsiyalar tayyorlashi kerak bo’ladi. Ijtimoiy masalalarga e’tibor katta bo’lgan kompaniya va firmalarda personalning sihat-salomatligi, uy-joy sharoitlari haqida g’am-xo’rlik qilinadi, xodimlarni tug’ilgan kuni bilan tabriklash, bayramlarda sovg’a berish, turli imtiyozlar (masalan, nufuzli kurortlarga imtiyozli yo’llanmalar) berish ham an’anaga aylanadi.
    Personalni boshqarish xizmaty xodimlarga ma’muriyat bilan shartnomalar tuzishda yordam beradi. Shuningdek, tashqi tashkilotlar — mehnat inspektsiyalari, huquq-tartibot idoralari, yuqori tashkilotlar, tarmoq kasaba uyushmalari, ta’lim muassasalari, mahalliy hokimiyat idoralari va boshqatar bilan aloqada bo’lishi ham xizmat vazifalari hisoblanadi.

    Ko’pgina kichik xususiy va oilaviy korxonalar personalni boshqarish xizmatiga ega emas, bu vazifani ushbu korxona egasi bajaradi. Kichik firmalar ish hajmi ortgandan so’ng hisob-kitob va idora ishlarini olib borish uchun xodim yoki mutaxassis yollaydi.


    Bugungi amaliyotda personalni boshqarish bo’yicha mutaxassisga ehtiyoj xodimlar soni 100 — 150 taga etganda tug’ilishini ko’rsatadi. Korxona faoliyatiga qarab undagy jamoa a’zolari soni 200—500 kishiga etganda, odatda, personal xizmati tashkil qilinadi.
    Uncha katta bo’lmagan firmalarda (100 — 200 kishi) kadrlar xizmati tarkibi 1 — 2 mutaxassis (shu jumladan, xizmat rahbari), 1 — 2 yordamchi xodimdan iborat bo’ladi. Personal mikdori 201 — 300 bo’lganda 2 — 3 mutaxassis va 2 ta yordamchi xodimni tashkil etadi. Personal soni 500 tagacha kompaniyalarda xizmat rahbari 1 — 4 mutaxassis va 2 — 3 yordamchi xodim bilan ishlaydi. Ishlab chiqarishda band bo’lganlar 1000 kishini tashkil etsa, kadrlar xizmati 10—13 kishidan, shu jumladan, rahbar, 5 — 6 mutaxassis va deyarli shuncha yordamchi xodimlardan iborat bo’ladi. Personal 2,5 ming kishiga etganda esa kadrlar xizmati 17—18 mutaxassis va rahbar, 15 taga yaqin texnik xodimni tashkil qiladi.
    Hozirgi vaqtda amalda bo’lgan me’yorlar 1 ming kishilik mehnat jamoasiga 10 nafar personalni boshqarish xodimining to’g’ri kelishini ko’rsatmoqda. Odatda, ularning 6 tasi maxsus oliy ma’lumotga, 4 tasi to’liqsiz oliy ma’lumotga ega bo’lishi talab qilinadi.

    Download 22.15 Kb.
      1   2   3   4




    Download 22.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Kirish Personal boshqarish xizmatlari Personalni boshqarish xizmati funktsiyalari Personalni boshqarishning chet el tajribalari

    Download 22.15 Kb.