Kasaba uyushmalari va xodimlar bilan ishlash




Download 3,31 Mb.
bet1/8
Sana05.02.2024
Hajmi3,31 Mb.
#151912
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-mavzu

Kasaba uyushmalari va xodimlar bilan ishlash

1.Biznesni yuritishda kasaba uyushmalarning ahamiyati va roli..

2. Kasaba uyushmalari tuzilmasining zamonaviy tamoyillari

3. Kasaba uyushmalarning huquq va vazifalari

4. Kasaba uyushmalarning jamoatchilik nazoratidagi o‘rni


1.Biznesni yuritishda kasaba uyushmalarning
ahamiyati va roli
Kasaba uyushmasi – bu fuqarolarning ijtimoiy va mehnat
huquqlari va manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish maqsadida
yaratiladigan, faoliyatiga ko‘ra ishlab chiqarish, kasbiy manfaatlar
bilan bog‘liq bo‘lgan ixtiyoriy jamoft birlashmasidir. Kasaba
uyushmalari xodimlarning mahalliy muammolarini muvofiqlashtiradi
va ularni hal qilish yo‘llarini bevosita rahbariyat bilan muhokama
qiladi.
Kasaba uyushmasi nizolarni hal qilishda va ijtimoiy sheriklik
tizimi orqali mehnat munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi.
Uning asosiy maqsadi – o‘zaro manfaatli muloqot orqali xodimlar va
ish beruvchining manfaatlarini muvozanatiga erishishdir.
Kasaba uyushmalarning biznesni yuritishdagi roli
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
— Kompaniya xodimlarining huquqlari va manfaatlarini himoya
qiladi;
— Xodimlarga mehnat qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha bepul
huquqiy maslahat beradi. Ular ma’lum bir xodimning yoki katta jamoa
manfaatlarini himoya qilishi mumkin. Dastlab kasaba uyushmasi
bo‘lgan kompaniyalarga ko‘proq ishonch hosil bo‘ladi;
— Kasaba uyushmasi ishtirokida ko‘pgina mehnat nizolari paydo
bo‘lish bosqichida hal qilinishi mumkin, chunki uning asosiy maqsadi
xodimlar va ish beruvchi zrtasidagi konstruktiq o‘zaro bog‘liqlikdir;
— Kasaba uyushma mutaxassislari yanada samarali hamkorlik
qilish uchun mehnat qonunchiligi va ish beruvchiga malakali huquqiy
yordam ko‘rsatishlari mumkin;
— Kasaba uyushmalarning mavjudligi xodimlar o‘zini
himoyalanganligini his etish natijasida kompaniyaga bo‘gan sodiqligi
va mehnat unumdorligi oshadi;
— Huquqiy himoya, ishlab chiqarish xavfsizligi va mehnatni
muhofaza qilish xodimga uning huquqlari va manfaatlari kompaniya
uchun muhim o‘rin tutishini tushunishga imkon beradi;
— Koprorativ tadbirlar xodimlar o‘rtasida hamjihatlik hissini
shakllantiradi. Bu xodimlarning kompaniyaga sodiqligini oshiradi,
moddiy bo‘lmagan motivatsiya usullaridan biri sifatida ishlaydi;
— Sport, ko‘ngilochar tadbirlar kompaniya xodimiga g‘amxo‘rlik
qilish va uning jismoniy sog‘ligini saqlash imkonini beradi.
Xodimlarning sog‘lom turmush tarzi, o‘z navbatida, ularning
samaradorligiga ta’sir qiladi.

Download 3,31 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 3,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasaba uyushmalari va xodimlar bilan ishlash

Download 3,31 Mb.