• Jamoa muzokaralarini olib borishga hamda jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishga bo‘lgan huquq.
  • Bandlikka ko‘maklashish sohasidagi huquqlar.
  • Normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish




    Download 3,31 Mb.
    bet5/8
    Sana05.02.2024
    Hajmi3,31 Mb.
    #151912
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    11-mavzu

    Normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish
    sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda
    ishtirok etishga bo‘lgan huquq. Kasaba uyushmalari xodimlarning
    ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativhuquqiy
    hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
    normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga
    ega.
    Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor
    bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga
    solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari majburiy tartibda
    tegishli kasaba uyushmasi yoki kasaba uyushmalari birlashmasi bilan
    kelishib olinishi shart.
    Jamoa muzokaralarini olib borishga hamda jamoa
    shartnomalari va kelishuvlarini tuzishga bo‘lgan huquq.
    Kasaba uyushmalari manfaatlari ular tomonidan ifoda etilayotgan xodimlar nomidan jamoa muzokaralarini olib borishga, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishga bo‘lgan ustuvor huquqqa egadir.
    Ish beruvchining vakili bo‘lgan shaxslarning xodimlar nomidan
    jamoa muzokaralarini olib borishi hamda jamoa shartnomalari va
    kelishuvlarini tuzishi taqiqlanadi.
    Bandlikka ko‘maklashish sohasidagi huquqlar.
    Kasaba uyushmalari davlat bandlik dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, bandlikni ta’minlash, shu jumladan yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish
    va mavjudlarini saqlab qolish, tashkilotlarning faoliyatini yaxshilash,
    xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod etilishining oldini olish
    bo‘yicha chora-tadbirlarni taklif etish huquqiga ega.
    Ish beruvchi xodimlarning manfaatlarini ifoda etuvchi tegishli
    kasaba uyushmasiga xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod
    etilishi ehtimoli to‘g‘risida o‘z vaqtida, kamida ikki oy oldin axborot
    taqdim etadi va ishdan ozod etish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan
    maslahatlashuvlar o‘tkazadi.

    Download 3,31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 3,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish

    Download 3,31 Mb.