|
Mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish printsipi
|
bet | 4/8 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 3,31 Mb. | | #151912 |
Bog'liq 11-mavzuMustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish printsipi. Kasaba
uyushmalari o‘z faoliyatida, shu jumladan moliyaviy faoliyatida davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqildir, ular oldida
hisobdor emas hamda ular tomonidan nazorat qilinmaydi, bundan
qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda o‘z ustavlarini ishlab
chiqadi va tasdiqlaydi, tashkiliy tuzilmasini belgilaydi, kasaba
uyushmasi organlarini saylaydi, o‘z faoliyatini tashkil etadi,
yig‘ilishlar, shuningdek boshqa tadbirlar o‘tkazadi.
Teng huquqlilik printsipi. Kasaba uyushmalarining barcha
a’zolari ushbu Qonunda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, kasaba
uyushmalarining ustavlarida yoki lokal hujjatlarida belgilangan o‘z
huquq va majburiyatlari borasida tengdir.
Kasaba uyushmalari tarmoqqa mansubligidan, hududiy
joylashuvidan, kasaba uyushmalari birlashmasidagi ishtirokidan yoki
boshqa belgisidan qat’iy nazar teng huquqlarga ega.
Oshkoralik va ochiqlik printsipi. Kasaba uyushmalarining, ular
birlashmalarining faoliyati oshkora va ochiqdir. Kasaba uyushmalari tomonidan qabul qilinadigan ustavlar va nizomlar ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmog‘ida, shu jumladan kasaba uyushmalarining rasmiy veb-saytlarida albatta e’lon qilinishi lozim.
3. Kasaba uyushmalarning huquq va vazifalari
Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini
himoya qilish masalalarini hal qilishda ishtirok etishga bo‘lgan
huquq. Kasaba uyushmalari aholi bandligini ta’minlash, ishdan ozod
etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya
qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga
ega.
Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnat huquqlarini himoya
qilib sudga da’vo arizasi, shuningdek sud buyrug‘ini chiqarish
to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
|
| |