• Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatida tabiatan ijtimoiy yo‘naltirilgan ko‘plab tashkilotlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi
  • Kasaba uyushmasi kompaniyaning ijtimoiy jihatdan obro‘sini oshiradi.
  • Kasaba uyushmalarning biznesni yuritishdagi roli




    Download 3,31 Mb.
    bet2/8
    Sana05.02.2024
    Hajmi3,31 Mb.
    #151912
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    11-mavzu

    Kasaba uyushmalarning biznesni yuritishdagi roli
    quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
    — Moddiy yordam – xodimlarga modiy yordam, og‘ir moliyaviy
    ahvolga yoki boshidan musibat tushganda to‘laniladigan to‘lov, uni
    kompaniyaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi;
    — O‘zlarini kompaniya uchun ahamiyatini his qilish unga
    nisbatan yaxshi tunosabatda bo‘lishga, faoliyatini unumli olib
    borishga, kompaniya tamoyillariga rioya qilishga kompaniya
    maqsadlariga erishishda so‘zsiz katta ahamiyatga ega;
    — Kasaba uyushmalari kompaniyaning ijtimoiy javobgarligini
    amalga oshirishdagi resurslarni minimallashtiradi;
    — Tadbirlar o‘tkazishda, moddiy yordam ko‘rsatishda kasaba
    uyushmalari harajatlarining katta qismini a’zolik badallari orqali to‘lab
    boriladi;
    — Kasaba uyushmasi a’zolari turli xil ko‘ngilli loyihalarda bepul
    ishtirok etadilar. Bu erda kasaba uyushmasining asosiy vazifasi bunday
    ishtirokni rag‘batlantirishdir.
    Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatida tabiatan ijtimoiy yo‘naltirilgan
    ko‘plab tashkilotlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Shu bilan birga, ular
    tajriba almashish, turli xil loyixalarda ishtirok etish va bir-birlarining
    resurslaridan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.
    Kasaba uyushmasi kompaniyaning ijtimoiy jihatdan obro‘sini
    oshiradi. Ijtimoiy faoliyat kompaniya imidjining muhim tarkibiy
    qismidir. Xodimlarga munosabat, kompaniyaning korporativ
    madaniyati, xodimlarning huquqlari va manfaatlari himoya qilinishi,
    xayriya va ko‘ngilli tadbirlar kasaba uyushmasining bevosita ta’siri
    doirasiga kiradigan faoliyatlardir. Ushbu sohalarga bo‘lgan munosabati
    ham tashqi muhit uchun, ham xodimlar uchun bevosita kompaniyaning
    imidji yaratiladi.
    Kasaba uyushmasi ijtimoiy dasturlar, loyihalarni ishlab chiqish va
    amalga oshirishda muhim sherikdir. Kasaba uyushmalarining
    aksariyatijtimoiy loyihalari va dasturlari kompaniya xodimlari
    muammolarini hal qilishga qaratilgan bo‘ladi. Ularning asosiy maqsadi
    – xodimlarning hayot sifatini yaxshilash, muvafaqqiyatli ishlash uchun sharoit yaratish.
    Shu o‘rinda ish beruvchilar ham kasaba uyushmalari o‘z
    faoliyatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratishlari zarur.
    Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining,
    bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining
    ish beruvchilar birlashmalariga (ittifoqlariga, uyushmalariga) va
    siyosiy partiyalarga biror-bir moliyaviy yordam ko‘rsatishi taqiqlanadi.

    Download 3,31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 3,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kasaba uyushmalarning biznesni yuritishdagi roli

    Download 3,31 Mb.