|
Kasaba uyushmalarining mol-mulkini shakllantirish manbalari
|
bet | 3/8 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 3,31 Mb. | | #151912 |
Bog'liq 11-mavzuKasaba uyushmalarining mol-mulkini shakllantirish manbalari
quyidagilar bo‘lishi mumkin:
— a’zolik badallari;
— ixtiyoriy mulkiy badallar va xayriyalar;
— tadbirkorlik faoliyatidan tushgan tushumlar;
— qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Kasaba uyushmalari mol-mulkining manbalari, ularni
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi ularning ta’sis hujjatlarida
belgilanadi.
Kasaba uyushmalarining mol-mulkini shakllantirish manbalaridan
olingan mablag‘lardan ularning ta’sis hujjatlarida belgilangan
maqsadlarga erishish va vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
2. Kasaba uyushmalari tuzilmasining zamonaviy tamoyillari.
Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy printsiplari
quyidagilardan iborat:
— qonuniylik;
— ixtiyoriylik;
— kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
— mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish;
— teng huquqlilik;
— oshkoralik va ochiqlik.
Qonuniylik printsipi. Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatida
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va
boshqa qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi hamda ularni bajarishi
shart.
Ixtiyoriylik printsipi. Fuqarolar o‘z qonuniy manfaatlarini
himoya qilish uchun o‘z tanloviga ko‘ra ixtiyoriy ravishda kasaba
uyushmalarini tuzish, ularga a’zo bo‘lish, kasaba uyushmasi faoliyati
bilan shug‘ullanish va kasaba uyushmalariga a’zolikdan chiqish
huquqiga ega.
Kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik printsipi. Kasaba uyushmalariga
mansublik yoki mansub emaslik fuqarolarning qonun hujjatlarida
kafolatlanadigan mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,
shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini biror-bir
tarzda cheklashga sabab bo‘lmaydi. Ishga qabul qilishni, ishda
ko‘tarilishni, shuningdek xodim bilan mehnat shartnomasini bekor
qilishni muayyan kasaba uyushmasiga mansublik, unga a’zo bo‘lish
yoki a’zolikdan chiqish bilan bog‘liq qilib qo‘yish taqiqlanadi.
Xodimning kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmasligiga yoki
a’zolikdan chiqishiga doir yozma yoki og‘zaki majburiyatlari haqiqiy
emas.
O‘zini kasaba uyushmasiga mansubligi yoki mansub emasligi
belgisiga qarab kamsitilgan deb hisoblovchi shaxs kamsitishni bartaraf
etish, etkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy
ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat
qilishi mumkin.
|
| |