|
Jamoatchilik nazoratining obyekti
|
bet | 8/8 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 3,31 Mb. | | #151912 |
Bog'liq 11-mavzuJamoatchilik nazoratining obyekti bo‘lib, xodimlarning
ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativhuquqiy
hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar hamda jamoa shartnomalari va kelishuvlarini
bajarishga, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan loyihalar
hamda dasturlarni ro‘yobga chiqarishga doir faoliyatidir.
Kasaba uyushmalari davlat organlariga, ish beruvchilarga arizalar,
shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, ularga so‘rovlar
yuborishga haqli. Kasaba uyushmalari olingan axborotni davlat
organlarining, ish beruvchilarning, tashkilotlarning kollegial
boshqaruv organlarining vakillari ishtirokida muhokama qilishga haqli.
Kasaba uyushmalarining inspektorlari o‘z faoliyatini amalga
oshirish chog‘ida:
— davlat organlaridan, tashkilotlardan, ish beruvchilardan, o‘z
vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnomalarni va
boshqa hujjatlarni, statistik ma’lumotlarni hamda boshqa axborotni
so‘rash va bepul olish;
— sudlarda va mehnat nizolarini ko‘rib chiqadigan boshqa
organlarda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini
himoya qilish uchun o‘z tashabbusiga ko‘ra yohud xodimlarning
iltimosiga binoan vakillar sifatida ishtirok etish;
— xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga
taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida, shuningdek kasaba
uyushmasi a’zolarining murojaatlari asosida tashkilotlarga, ish
joylariga borish;
— xodimlarning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq
bo‘lgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va ularning sog‘lig‘iga
boshqacha tarzda shikast yetganligini hamda kasb kasalliklarini
tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
|
| |