• Axborot olishga bo‘lgan huquq.
  • Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi huquqlar




    Download 3,31 Mb.
    bet6/8
    Sana05.02.2024
    Hajmi3,31 Mb.
    #151912
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    11-mavzu

    Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi huquqlar.
    Kasaba uyushmalari insonning munosib hayot kechirishini va erkin
    rivojlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan
    ijtimoiy dasturlarni shakllantirishda, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish
    bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, turmush darajasining
    asosiy mezonlarini va tirikchilik uchun zarur bo‘lgan narsalarning eng
    kam miqdorini belgilashda ishtirok etish huquqiga ega.
    Kasaba uyushmalari qayta tashkil etish yoki tugatish chog‘ida
    tugatish komissiyalarining ishida ishtirok etishga haqli.
    Axborot olishga bo‘lgan huquq.
    Kasaba uyushmalari o‘z ustav faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlaridan, ularning mansabdor shaxslaridan, ish beruvchilardan xodimlarning ijtimoiyiqtisodiy huquq va manfaatlari masalalari yuzasidan bepul axborot olish huquqiga ega.
    Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlar.
    Kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha davlat
    dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish huquqiga ega. Kasaba
    uyushmalari mehnatni muhofaza qilish sohasida:
    — tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor
    shaxslaridan mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish
    to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz hodisalar
    va kasb kasalliklari haqida axborot olish;
    — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini
    tekshirishda ishtirok etish;
    — xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan hollarda
    ishlarni to‘xtatib turish to‘g‘risida, shuningdek mehnatni muhofaza
    qilish talablarining buzilishlarini bartaraf etish haqida ish beruvchiga
    takliflar kiritish;
    — mehnatni muhofaza qilishning holatini o‘rganish, ish
    beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda
    tutilgan mehnatni muhofaza qilishga doir majburiyatlarining
    bajarilishini nazorat qilish;
    — loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan, rekonstruktsiya qilinayotgan
    va foydalanilayotgan ishlab chiqarish obyektlarida mehnat
    sharoitlarining xavfsizligi ekspertizasida, shuningdek loyihalashtirilayotgan
    va foydalanilayotgan ishlab chiqarish vositalarining
    xavfsizligi ekspertizasida ishtirok etish;
    — ishlab chiqarish ob’ektlarini va ishlab chiqarish vositalarini
    sinovlardan o‘tkazish hamda foydalanishga qabul qilish bo‘yicha
    komissiyalarning ishida mustaqil ekspertlar sifatida ishtirok etish;
    — tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish;
    — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va
    mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy
    hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
    — mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda, ishlab
    chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor
    bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi talablar bilan
    tegishli organlarga murojaat etish;
    — xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq
    holda mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast
    yetkazilishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda
    xodimlarning sog‘lig‘i va mehnatini muhofaza qilishga bo‘lgan
    huquqlari kamsitilgan boshqa hollarda xodimning huquqini himoya
    qilib sudga murojaat qilish huquqiga ega.

    Download 3,31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 3,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi huquqlar

    Download 3,31 Mb.