|
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sohasidagi huquqlar
|
bet | 7/8 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 3,31 Mb. | | #151912 |
Bog'liq 11-mavzuJamoatchilik nazoratini amalga oshirish sohasidagi huquqlar.
Kasaba uyushmalari ish beruvchilar tomonidan xodimlarning ijtimoiyiqtisodiy
huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy
hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ
hujjatlar, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlari talablariga
rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ish o‘rinlarida amalga
oshirish huquqiga ega.
Mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda xodimlarning
manfaatlarini himoya qilishga bo‘lgan huquq.
Kasaba uyushmalari qonun hujjatlarida tashkil etilishi hamda faoliyat ko‘rsatishi tartibi belgilanadigan mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalarning ishida ishtirok etish huquqiga ega. Kasaba uyushmalari jamoaviy mehnat
nizolarini tartibga solishda ishtirok etish huquqiga ega. Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yuridik hamda boshqa xizmatlarni tashkil etishi, shuningdek shartnoma asosida tegishli mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini
tuzishda va ularning ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga
bo‘lgan huquq.
Kasaba uyushmalari O‘zbekiston Respublikasining
xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan
xalqaro shartnomalarini tuzishda hamda ularning ijrosini monitoring
qilishda ishtirok etishi mumkin. Kasaba uyushmalari tegishli davlat
organlarining, ular mansabdor shaxslarining, ish beruvchilarning
xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ijro etilishi
to‘g‘risidagi axborotini eshitishga haqli.
Kasaba uyushmalari boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari
bilan hamkorlik qilish, xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari
birlashmalariga, tashkilotlariga a’zo bo‘lish huquqiga ega.
4. Kasaba uyushmalarning jamoatchilik nazoratidagi o‘rni
|
| |