• Ta’limda o‘quvchi shaxsiga faoliyatli yondashuv
  • Shaxsga yo’naltirilgan ta`lim texnologiyalari va uni zamonaviy sharoitda qo’llash




    Download 71,23 Kb.
    bet1/11
    Sana23.05.2024
    Hajmi71,23 Kb.
    #250983
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Шахсга йуналтрилган ТТ куллаш


    SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA`LIM TEXNOLOGIYALARI VA UNI ZAMONAVIY SHAROITDA QO’LLASH

    Reja:
    1. Ta’limda o‘quvchi shaxsiga faoliyatli yondashuv


    2. Hamkorlik pedagogikasi texnologiyasi.
    3. Amonashvilining inson shaxs texnologiyasi.
    4. O‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi.
    5. O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi.


    1. Ta’limda o‘quvchi shaxsiga faoliyatli yondashuv

    Ta’limni modernizatsiyalashtirish ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish bilangina hal bo‘lib qolmaydi. O‘quvchi shaxsni mustaqillk, tashabbuskorlik, javobgarlikni xis his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlar bilan bog‘liq funksiyalarni ta’limni shaxsga yo‘naltirilgan tizimi- vositasida amalga oshiriladi.
    Ta’limda o‘quvchi shaxsiga faoliyatli yondashuv bu ta’lim tizimi kotsepsiyasini tashkil etib, bunda shaxs “ sub’ekti” kategoriyasi erkinlikka intilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, yaxlitlik, mustaqil o‘qish, o‘zligini namoyon etish va faollashtirish xususiyatlari asosida anglaniladi, o‘quv jarayoni hamda uning tarkibiy qismlari-maqsad, mazmun, metod,shakl, usul, vositalar uquvchi uchun shaxsan ahamiyatga ega bo‘lgach, uning shaxsiy tajribasi mahsuli sifatada tatbiq etiladi. Agar o‘quvchi o‘quv faoliyatini mohiyatini anglay olmasa, o‘quv maqsadini tan olmaydi, o‘qituvchi qo‘ygan vazifani tushunmaydi va qabul qilmaydi, u tomonidan sodir etilgan barcha hatti-harakatlar majburiyat ostida bo‘lib, uning bilimlari rasmiy xarakterga, pedagogning faoliyati esa rasmiyatchilik mazmuniga ega bo‘ladi. Bilim ularni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan faoliyat natijasidagina shakllanadi. O‘quvchining ruhiy hususiyatlari o‘rganish, o‘zlashtirilayotgan bilimlarning o‘quvchiga shaxsan qiziqarli va kerakli bo‘lishi zarurligi, aks holda ular shubxasiz rad etilishini ko‘rsatadi. Bu holat obrazli ifodalansa, individual tafakkurda bilimlar sub’ektivlashadi, o‘ziga xos individual tasavvur va shaxsiy fikrlar ob’ektiv ahamiyat kasb etar ekan, bilimlar turli nuqtai nazarlarning to‘qnashuvi, bahs-munozara, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat natijasida o‘zlashtiriladi, bu esa o‘quv jarayonini noan’anaviy usulda tashkil etishning muhim shakllari (bahs-munozara, o‘zaro hamkorlik)ni talab etadi. O‘qituvchi o‘z darsida shunday shart-sharoitlar yaratish lozimki, natijada o‘quvchi uchun dastlab neytral bo‘lgan ob’ekt kutilmaganda sub’ektiv xususiyat kasb etsin. Buning natijasida o‘quvchi o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi, izlanadi va o‘qituvchi o‘quv maqsadlariga erisha boradi.
    Shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv vaziyatlari o‘quvchi bilim faoliyatini tashkil etishi uchun va metodlari bilan uzviy bog‘liq. Bu usullar: muammoli izlanish, tadqiqot, dialogik, munosabat metodlari (dialog, evrestik suhbat, munozara, guruhli ish turlari va boshqalar). Ta’limni shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyasi an’anaviy ta’lim texnologiyalaridan quyidagilarga ko‘ra farq qiladi:
    Mashg‘ulotning asosiy maqsadi - tafakkur jarayonini tashkil etishdir, bilim, ko‘nikma, malaklar - o‘quvchi faoliyatini mahsuli sifatida vujudga keladi. Tafakkur jarayonining quvvati bilimlar quvvatdan yuqori turib, u shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish unsuri tarzida namoyon bo‘ladi, ijodiy izlanishning natijasi kabi mazkur jarayonning o‘zi ham o‘ta muhim bo‘lib, aynan u o‘quvchi va o‘qituvchining ijodkorlik quvonchiga, yangilik yaratishga ilhomlantiradi, mustaqil izlanish va ijodiy faoltyatni tashkil etishga undaydi. O‘quvchini sub’ektivligini amalga oshiradi: bilim usulini mustaqil belgilash , muammo yechimini topishda o‘z dunyo qarashi, tafakkur tarzidan kelib chiqish, xato qilish huquqi ta’minlanadi. Bunday mashg‘ulotlarning qoidasi: o‘zing bilgancha bajar, o‘z layoqating, qiziqishlaring va shaxsiy tajribangga asoslan, o‘z xatoingni o‘zing tuzat kabi ko‘rsatmalarda o‘z ifodasini topadi.

    Download 71,23 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 71,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxsga yo’naltirilgan ta`lim texnologiyalari va uni zamonaviy sharoitda qo’llash

    Download 71,23 Kb.