• Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi.
  • 2. O‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi.
  • Hamkorlik pedagogikasi texnologiyalari




    Download 71,23 Kb.
    bet2/11
    Sana23.05.2024
    Hajmi71,23 Kb.
    #250983
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Шахсга йуналтрилган ТТ куллаш

    Hamkorlik pedagogikasi texnologiyalari


    O‘qitish texnologiyasi pedagogik strategiya sifatida talaba va o‘qituvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish vositalariga ega bo‘ladi. Bunday texnologiyalarga quyidagilarni keltirish mumkin:

    • Pedagogik jarayonda shaxsni ko‘zda tutishga asoslangan pedagogik texnologiya (Sh.A.Amonashvili texnologiyasi);

    • O‘quv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov texnologiyasi);

    • O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil etish asosiga qurilgan texnologiya (S.N.Lisenkova texnologiyasi, N.P.Guzikning o‘qitish tizimini rejalashtirish texnologiyasi);

    • O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi (Inge Unt, A.S.Graniskaya, V.D.Shadrikov texnologiyasi);

    • O‘qitishni dasturlash texnologiyasi (B.P. Bespalko).

    Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta’limdagi ko‘pgina innovatsion jarayonlarni hayotga chorladi. Bu texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shaskiy, V.A.Suxomlinskiy va boshqalardir.
    Hamkorlik pedagogikasi 4ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

    Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi.
    Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim va amaliyotchidir. U o‘zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika o‘qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi.
    Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

    • bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug‘dirmoq;

    • bolaning qalbi va yuragini ulug‘lamoq;

    • boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;

    • keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq;

    • ideal tarbiya – bu o‘z-o‘zini tarbiyalamoq.

    Sh.A. Amonashvili o‘zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan foydalandi:

    • insonparvarlik;

    • shaxsiy yondashuv;

    • muloqot mahorati;

    • oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati;

    • o‘quv faoliyati.

    Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o‘ta cheklangan.
    Miqdoriy baholashdan ko‘ra sifatli baholashga urg‘u beriladi, ya’ni tavsif, natijalar paketi, o‘z-o‘zini baholash. Bu texnologiyani Viktor Fedorovich Shatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali ochilmagan katta imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.

    2. O‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi.

    Download 71,23 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 71,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hamkorlik pedagogikasi texnologiyalari

    Download 71,23 Kb.