|
Didaktik o‘yinlar va ta’lim jarayonida ularni qo‘llashga qo‘yilgan talablar
|
bet | 6/11 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 71,23 Kb. | | #250983 |
Bog'liq Шахсга йуналтрилган ТТ куллаш4. Didaktik o‘yinlar va ta’lim jarayonida ularni qo‘llashga qo‘yilgan talablar
Pedagogik o‘yinlardan ta’limning turli tizimlarida, bosqichlarida pedagoglar tomonidan foydalanilayotgan bo‘lsada, ammo shu vaqtgacha ularning aniq bir tizimi ishlab chiqilmagan.
O‘qitish jarayonida o‘yin texnologiyasining o‘rni va ahamiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchining pedagogik o‘yinlar vazifasini tushunishiga bog‘liq. Pedagogik o‘yinning vazifasi – uning turli xil foydaliligidadir. SHuning uchun biz avvalom bor “o‘yin” tushunchasini tahlil qilamiz.
O‘yinlar hayotdagi turli xil holatlarni modellashtirishga, hayotda mavjud narsalarni idrok qilishda his-tuyg‘ularning xilma-xil bo‘lishiga o‘rgatadi. Bu o‘yinning asosiy vazifalaridan biridir. Odam uchun o‘yin o‘zini shaxs sifatida namoyon qilish sohasi sifatida ham juda muhimdir.
O‘yinning mohiyati, uning aniq ma’nosi bo‘yicha turli xil adabiyotlarda unga nisbatan turlicha fikrlar va qarashlar mavjud. Ushbu fikr yoki qarashlarning turlicha bo‘lish sabablaridan biri sifatida insonning barcha harakatlari o‘yin elementlarida ko‘rinishini hisobga olsak, ikkinchidan esa jamiyatning va inson hayot faoliyatining barcha pog‘onalari o‘yin, uning mantig‘i hamda falsafasi bilan qoplanganligidadir. O‘yin ta’lim olish vositasidan tashqari, hordiq chiqarish, o‘yin-kulgu, san’at va boshqa ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘ladi.
O‘yin – bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan jarayon emas. U faqat ma’lum sharoitlardagina yuzaga kelishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi hamda ma’lum darajada o‘quv materialining muammoli bo‘lishligini nazarda tutadi deb hisoblaydi C.M. Tyunnikova.
L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi va ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
L.P. Borzova o‘zining izlanishlarida “O‘yin - bu o‘quvchi uchun tabiiy o‘qish usuli” hamda “Didaktik o‘yin esa - bu sub’ekt uchun ma’lum bir holatdagi o‘quv mashg‘ullik faoliyatidir” – deya e’tirof etadi.
O‘yin ilmiy adabiyotlarda borliq fenomeni (yun.phainomenon - yuz beruvchi noyob hodisa) sifatida ko‘rilib, mehnat faoliyati va o‘rganish bilan bir qatorda turadi. O‘yin nafaqat bolalar va kattalarni, balki insoniyat turmushida muayyan hodisa sifatida hamda psixologiya va pedagogikada esa maxsus o‘rganilayotgan muhim muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi.
O‘yin tushunchasi mohiyatini yo‘nalganlik va mazmundorlik tomonidan ko‘rib chiqib “Psixologiya” lug‘atida u quyidagicha ta’riflanadi: “...o‘yin – ilm va madaniyat predmetida, predmetli harakatlarni keltirib chiqarish, ijtimoiy usullarda belgilangan, jamoat tajribasini keltirib chiqarishga va o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyatning shartli vaziyatdagi shakli. O‘yinda jamoat tajribasining o‘ziga xos tarixiy kelib chiqqan shakli sifatida, predmetli va ijtimoiy borliqni (voqelik), shaxsiy intellektual, emotsional, ahloqiy rivojlanishini bilishni va o‘zlashtirishni ta’minlaydigan inson hayoti va faoliyati me’yorlari aks ettiriladi” [11, 127-128 b].
Keyingi vaqtlarda pedagogik adabiyotlarda o‘yinga berilgan ta’riflarni ko‘plab uchratish mumkin. Masalan: J.S. Haydarov, P.I. Pidkasistыy o‘yinni quyidagicha ta’riflagan. "O‘yin – bu oldindan rejalashtirilgan va bajariladigan mavjud narsa hisoblanib, qatnashuvchi nimani fikrlashi va nima haqida o‘ylashi, u haqiqatdan ham shu faoliyat bilan qiziqqan yoki uning ishtirokchisiga aylangan paytida hammaga ma’lum bo‘lgan samarali natijaga erishishi belgilangan faoliyat turi" !?.
G.K. Selevkoning o‘yinga bergan ta’rifi ham juda qiziq: "O‘yin - bu inson faoliyati turlaridan biri bo‘lib, jamoa tajribalarini o‘zlashtirishga, hulqni shakllantirishga yordam beradi".
Turli xil ilmiy adabiyotlar va manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘yin ta’lim-tarbiyada, mehnatda hamda inson hayoti faoliyati davomida insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilgan qimmatli bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni o‘rganishga imkon yaratadi.
YUqoridagi fikrlarga asoslanib o‘yinga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin bo‘ladi:
O‘yin – tarbiyalash va hordiq chiqarish vositalaridan biri. U insoniyatning butun tarixi mobaynida diniy marosim, sport, harbiy va boshqa mashqlar, shuningdek, san’at ayniqsa uning ijro shakllari bilan qo‘shilib kelgan.
Bugungi kunda turli manbalarda ta’lim jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan o‘yinlarni turlicha nomlash hollari uchraydi. Masalan, “pedagogik o‘yinlar”, “o‘yinli pedagogik texnologiyalar”, “didaktik o‘yinlar”, “ta’limiy o‘yinlar”, “tarbiyaviy o‘yinlar” va hakozo.
|
| |