|
Shaxsga yo’naltirilgan ta`lim texnologiyalari va uni zamonaviy sharoitda qo’llash
|
bet | 8/11 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 71,23 Kb. | | #250983 |
Bog'liq Шахсга йуналтрилган ТТ куллаш - didaktik (o‘quv) vazifa (ma’lum ko‘nikmalarni shakllantirish, biror mavzu yoki tushunchaga oid bilimlarni o‘zlashtirish, aniqlashtirish va tizimlashtirish, fikrlashni rivojlantirish, shaxsni tarbiyalash);
- o‘quv-ishlab chiqarish vazifasi (o‘yin ishtirokchilarining mutaxassis sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishi va kasbiy amallarni bajarishi, ta’lim oluvchilarning rahbar, bosh mutaxassis, o‘qituvchi, katta usta vazifasida faoliyat ko‘rsatishi);
- rolning mavjudligi (o‘yinda ishtirok etgan har bir ta’lim oluvchining albatta biror kasb egasi yoki mutaxassis vazifasini bajarishi);
- o‘yin ishtirokchilari uchun vazifalarning har xil bo‘lishi (har bir ishtirokchiga ma’lum majburiyat yuklanishi, ulardan birining maqsadi va majburiyati ikkinchisinikiga o‘xshamasligi, mos kelmasligi kerak, aks holda ular faoliyatini baholash qiyin bo‘ladi);
- o‘yindagi vaziyatlar (ziddiyatli vaziyatlar) o‘yin sharti va ssenariyasida tavsiflanadi, shuningdek u rivojlanuvchi faoliyat mazmuni sifatida ifodalanishi mumkin; kutilmaganda yuzaga kelgan vaziyatlar o‘yinda ziddiyatni yanada kuchaytiradi va bu o‘quv jarayonini faollashtiradi).
- o‘yin qoidalari, ya’ni o‘yin ishtirokchilari rioya qiladigan tartib-qoidalar, cheklovlar (o‘yin tartibiga amal qilish, topshiriqlarni belgilangan vaqtda bajarish, shartnomadagi majburiyatlar), shuningdek, o‘yin qoidalariga amal qilmaganlarni “jazolash tartiblari” (masalan, jarima belgilash, dastlabki holatga qaytarish va boshqalar);
- o‘yinning jamoaviy xarakteri O‘yin – ta’lim oluvchini ijtimoiylashtirishning kuchli vositasi bo‘lib, u o‘z ichiga shaxsning qaror topishi uchun maqsadga yo‘naltirilgan holda ta’sir qiluvchi ijtimoiy-nazorat qilinuvchi jarayonlarni, bilimlarni, jamiyatga yoki tengdoshlar guruhiga xos bo‘lgan ma’naviy qadriyatlarni va me’yorlarni o‘zlashtirishga, odamning shakllanishiga ta’sir qiluvchi o‘z-o‘zidan vujudga keladigan jarayonlarni oladi.
- o‘yinda ishtirokchilarning musabaqalashishi. Bunda o‘yin ishtirokchilarining faoliyatini individual yoki guruh bo‘lib baholanadi. O‘yin ishtirokchilari o‘zlarini g‘olib yoki mag‘lub his qilishlari kerak. Natija o‘quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish muddati, to‘g‘ri (samarali) qarorlar qabul qilish, jarima ochkolari va boshqalar bo‘yicha farq qilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish ustida ish olib borayotgan olimlar tomonidan pedagogik o‘yinlarni bir necha xillari ishlab chiqilib nazariy jihatdan asoslab berilgan.
Pedagogik o‘yin – bu faoliyat turi o‘quv vaziyatida, o‘qitishni aniq maqsad qilib qo‘ygan jamoatchilik tajribasini qayta tiklash va o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z-o‘zini boshqarishni takomillashtiradi va pedagogik natijalarni ro‘yobga chiqaradi.
G.K. Selevko tomonidan pedagogik o‘yinlar tasnifi faoliyat turi bo‘yicha jismoniy (xarakatli), intellektual (aqliy), ijtimoiy, psixologik o‘yinlar hamda mehnat o‘yinlariga ajratilgan. SHuningdek, u o‘yinlarni pedagogik jarayon xususiyati, o‘yin metodikasi, predmet sohasi (o‘yin mazmuni), o‘yin muhiti bo‘yicha ham alohida turlarga ajratgan hamda uni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
Pedagogik o‘yinlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarga ega bo‘ladi:
- didaktik maqsad o‘yinli vazifa shaklida qo‘yiladi;
- o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi;
- o‘quv materialidan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi;
- o‘quv jarayoniga didaktik vazifa o‘yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi;
- didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o‘yin natijalari bilan bog‘lanadi.
Didaktik o‘yin darslari –bu fanning didaktik vazifalarini amalga oshirishda o‘quvchilarda ta’lim maqsadiga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun ishlab chiqarish sharoitiga mos ravishda imitatsion o‘yinlarining ssenariylarini tuzish va amaliyotga tadbiq qilishdir.
Hozirgi paytda ta’lim va tarbiya vositasi sifatida ko‘pgina pedagoglarning e’tiborini o‘ziga tortib borayotgan bu didaktik- ishbilarmonlik o‘yinlari ham o‘qituvchi, ham o‘quvchida katta qiziqish uyg‘otmoqda, chunki hamma ham o‘yinga qiziqadi, bu esa o‘yin jarayonida kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga va rivojlantirishga, o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini o‘stirishga, jamoani uyg‘unlashtirishga yordam beradi.
Ta’lim berish nuqtai-nazaridan o‘yin kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar bilan bir qatorda jamoa bo‘lib masalalarni hal qilish yo‘llari to‘g‘risidagi bilimlarni, turli xildagi topshiriqlarni echish yo‘llarini qidirish jarayonida o‘zaro muloqot qilish shakllari va usullarini shakllantiradi. O‘yin ish o‘rnini mustaqil rejalashtirish, ishlab chiqarish texnologik me’yorlarini muvaffaqiyatli bajarish ko‘nikmalarini, o‘quv- ishlab chiqarish ishlarini bajarishning ilg‘or usullarini o‘rganishni ham shakllantiradi.
Tarbiyalash nuqtai-nazaridan esa o‘yin hamrohlar fikrini hurmat qilish, uni ishda qo‘llab-quvvatlashga intilish, o‘zining o‘quv-bilish imkoniyatlariga ishonch kabi insoniy sifatlarni shakllantiradi.
O‘yinning rivojlantiruvchi tomoni o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Osongina o‘ynaladigan o‘yinlar orqali o‘quvchilar o‘z kasblariga qiziqib, o‘tilgan mavzularni takrorlab mustahkamlaydilar, olgan bilim va ko‘nikmalarining darajasini tekshirishni hal qiladilar, ish jarayonining qanday bajarilganligi o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan kuzatiladi va baholanadi, o‘yin jarayonida o‘zaro nazorat tizimi tuziladiki, u ishlab chiqarish jarayonining yuksalishi uchun juda kerakdir.
O‘yin-darslarining ta’lim-tarbiya berishdan boshqa tomonlari ham bor: o‘yin davomida har bir o‘quvchining ichki qobiliyati va layoqati, faolligi bevosita ko‘rinadi. Ishbilarmonlik o‘yinlari
Ta’lim jarayonidagi tahsil oluvchining faolligi didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Tahsil oluvchining faolligi maqsadli yo‘naltirilgan boshqaruvchi pedagogik ta’sirlar va pedagogik muhitning tashkil etilishi natijasidir. Tahsil oluvchilarning faolligini ta’minlovchi o‘qitish texnologiyalaridan biri pedagogik ishbilarmonlik o‘yini hisoblanadi. O‘yin faoliyatiga qiziqish tahsil oluvchilarning o‘z-o‘zini ifoda etish, ro‘yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini qondiruvchi musobaqalashish elementlari orqali ta’minlanadi.
O‘yinning ajoyib xususiyati shundaki, u bir vaqtning o‘zida ham rivojlanish ham o‘rganish hisoblanadi. Pedagogik o‘yin o‘qitishning aniq qo‘yilgan maqsadi va unga tegishli pedagogik natija bilan belgilanadi. Bu natijalar asoslangan va o‘quv tayyorgarlik faoliyatiga ega bo‘ladilar.
Pedagogik o‘yinlar o‘yin uslubiga ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi: fanlar bo‘yicha; sohalar bo‘yicha; ishbilarmonlik, imitatsion, dramalashgan o‘yinlar. Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimidagi foydalanadigan barcha pedagogik o‘yinlar o‘z mazmuniga ko‘ra ishbilarmonlik o‘yini hisoblanadi. CHunki ular odatda ma’lum o‘quv fani doirasida ishlab chiqiladi: rollar va syujetlar mavjud bo‘ladi, turli vaziyatlar imitatsiya qilinadi. YA’ni, oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimida qo‘llaniladigan ishbilarmonlik o‘yinlari pedagogik o‘yinlarning barcha tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi.
Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimidagi pedagogik o‘yinlar yangi o‘quv materialini o‘zlashtirishga va mustahkamlashga, tahsil oluvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantiruvchi, umumilmiy uquvlarini shakllantiruvchi masalalar majmualarini echishga qaratiladi, tahsil oluvchilarga turli holatlardan o‘quv materialini tushunib etish va o‘rganish imkonini beradi. O‘quv jarayonida ishbilarmonlik o‘yinlarining turli xil shakllari ishlatiladi: imitatsion, operatsion, rolli o‘yinlar, ishchi teatr, psixo va sotsiodramalar.
|
| |